Tasdiqlayman” Kuzatuv kengash raisi


Download 22.77 Kb.
Sana01.04.2023
Hajmi22.77 Kb.
#1315091
Bog'liq
kuzatuv bayonnoma


Tasdiqlayman”
Kuzatuv kengash raisi:
________N. Toshmatova
Guliston tumani 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengashining yig’ilish
BAYONNOMASI____-sonli
06.09.2022 yil Guliston tumani

Kuzatuv kengash raisi: N.Toshmatova
Qatnashdilar: Kuzatuv kengash a’zolarining 79% i
Kun tartibi:

  1. Tashkilotdagi Kuzatuv kengash maqsad va vazifalari.

  2. Kuzatuv kengash ish rejasini tasdiqlash

(N.Toshmatova, Sh.Isoqova)
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish raisi N.Toahmatova so’zga chiqib, birinchi masala yuzasidan 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining Kuzatuv kengash a’zolari va ota-onalar bilan birgalikda Kuzatuv kengash maqsad va vazifalari bilan tanishtirib o`tamiz.
Tanishtirishdan oldin sizlarga savol beraman shu Kuzatuv kengashi nima uchun kerak? Nega nazoratsiz ish ketmayaptimi? Kuzatuv kengashsiz tashkilot direktori eplay olmaydimi?
Shundan so`ng barcha yig`ilganlar o`z fikirlarini birin ketin bildira boshladilar.
Hammalaringni fikirlaringni eshitdik, endi birinchi masaladagi mavzuga o`tsak ham bo`ladi.
Kuzatuv kengash maqsadi:
Kengashning ustivor vazifalarni belgilash;
Maktabgacha ta’lim tuman (shahar) bo`linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan nomzodlar tarkibidan MTT direktorini saylash;
Tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
Tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning va maqsadli ko`rsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish;
Kuzatuv kengash vazifalari:
Tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash
Hududiy bo'lim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
Tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, ko'rsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlang'ich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
Tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko'rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo'jalik holati, daromadlar va xarajatlar, byudjet mablag'laridan, byudjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag'lardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlarini eshitish.
Shundan so`ng keying masalaga o`tildi. Kuzatuv kengashi ish rejasini tuzish va tasdiqlashdan iborat. Hammalaringizni qo`lingizga bir nushadan ish reja tarqatildi. Ko`rib chiqib o`z talab va takliflaringni kiritishlaring mumkin.
Kuzatuv kengash a’zolari ish rejani ko`rib chiqib ma’qul kelganligini aytishib, bir ovozdan ma’qulladilar. Unga ko`ra Kuzatuv kengash ish rejasi uch bosqichda bo`lib, ularning har biriga sinchiklab kirib borildi.
1.Tashkiliy ishlar
2. Moddiy texnik bazasini mustahkamlash
3. Muxakamasiga kiritilgan masalalar
Yuqoridagi masalalar yuzasidan kengash
QAROR QILADI:
1.Kuzatuv kengash raisining birinchi masala yuzasidan qilgan ma’ruzasi qoniqarli deb topilsin.
2.Kuzatuv kengash ish rejasi tasdiqlansin va reja asosida ish olib borilsin.
3.Ushbu qaror ijrosini o`z zimmamda qoldiraman.
QAROR QILDI:
1.Maktabgacha .

  1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktab filialidagi qisqa muddatli guruh tarbiyachisi, yordamchi tarbiyachisiga o’z hisobidan ta’til berilsin.

  2. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilishni o’z zimmamda qoldiraman.

Kotib: Sh. Isoqova
Download 22.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling