"Tasdiqlayman" Maktab direktori B. Primov


Download 18.91 Kb.
Sana26.12.2022
Hajmi18.91 Kb.
#1066495
Bog'liq
16-maktab. 27.09.2022


"Tasdiqlayman"
Maktab direktori_______ B.Primov

Buxoro viloyat Peshku tuman Xalq ta’limi bo’limiga qarashli


12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida oʻtkazilgan ma’rifat soati
Bayonnomasi
27.09.2022 yil “Chibog`oni” MFY
Yigʻilishda qatnashdilar : Maktab direktori B.Primov, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.Ne`matov, Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targʻibotchi . G.Uzoqova va maktab pedagogik jamoasi
Kun tartibida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-marifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda hiloyat hokimining 2022-yil 29-yanvardagi 1/654-6-sonli “Viloyat Ma’naviyat va ma'rifat kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha boshqarma, korxona va tashkilot hamda ta’lim muassasalarida har hafta seshanba kuni “Ma’rifat soati” o‘tkazish rejasiga asosan hamda “1-Oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 2022-yil 27-sentabr kuni “Ustozimga ehtirom” mavzusida ma’rifat soati o‘tkazish
Eshitildi:
2022-yilning 20-sentabr sanasida 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi maʼrifat soati oʻtkazildi. Mavzu yuzasidan ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sh.G‘aybullayev ma’ruza qildi.
O‘z hayotini ta’lim-tarbiyaga baxshida etgan fidoyi insonda olam-olam ma’no mujassam: barchaning ma’naviy ota-onasi; ilmu ma’rifatga yo‘llovchi, ziyo tarqatuvchi; eng yaqin do‘st va yo‘l ko‘rsatuvchi; mehr va odamiylik bulog‘i; o‘z sohasining zukko bilimdoni; adolat va haqiqat mezoni. Ustozlarning o‘zlari yuksak hurmatga, qilgan xizmatlari esa tahsinga sazovordir.
Mustaqillik sharofati tufayli mamlakatimizda ustoz-murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Vatanimiz ma’rifiy tizimini shaklan va mazmunan boyitdi, o‘qituvchining Vatan ravnaqida tutgan o‘rnini alohida belgilab berdi.
Davlatimiz rahbarining tashabbusi va rahnamoligida o‘qituvchi va murabbiylarning mehnati munosib qadrlanmoqda: 1997-yildan buyon 1 oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanadi. Qalblarga ezgulik urug‘ini qadash faqat mashaqqatli mehnat evazigagina amalga oshadi. Bunday mas’uliyatli ishni ado etuvchilar o‘qituvchi-murabbiylardir! Muallim — kamolot ichra ko‘zgudir, deyilishi ham bejiz emas, albatta.
Ustoz bizga hayotning mashaqqatlarini, egri-bugri so‘qmoqlarini, xursandchiliklarini, umuman, hayotning mazmunini o‘rgatuvchi zotdir. Shuning uchun ham muallim ko‘ngillarni yorituvchi, hayotga ziyo bag‘ishlovchi, ma’rifatparvar inson sifatida qadrlanadi. Agar dunyodagi barcha boyliklarni yig‘sak ham, ustozlar oldidagi qarzlarni uzishga yetmaydi. Navoiy hazratlari ta’kidlaganidek, Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, Aylamak bo‘lmas ado oning haqqin yuz ganj ila. Zotan, chin ustozga boylik va boshqa shaxsiy manfaatlar kerak emas. Unga shogirdlarining e’tibori, ularning biror martabaga erishgani va xalqi uchun kerakli inson bo‘lib yetishishining o‘zi kifoya.
Abdulla Avloniy “Har bir millatning saodati, davlatning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog‘liq” deganda ustozlar zimmasida juda buyuk mas’uliyat turganini nazarda tutgan bo‘lsa, ajab emas. Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama yetuk va barkamol, ma’nan va axloqan pok, vatanparvar va insonparvar avlodlarni tarbiyalab yetkazish uchun ulkan jasorat va jur’at kerak. Ayniqsa, bugun ustozlarga talablar yanada oshgan pallada. Chunki ular oldiga ta’lim tizimimizni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quvchilarga zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishdek ulkan vazifalar ham qo‘yilgan.
Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targʻibotchi G.Uzoqova soʻzni davom ettirib, quyidagilarni qo‘shimcha qildi.
Ilm ruhning ozuqasidir. Insoniyat ilm bilangina Allohni taniydi, haqiqiy saodatni qo‘lga kiritadi, uning sharofati bilan yuksaladi. Ilm esa ustozning sa'y-harakati, tinimsiz mehnati, g‘ayrati va matonati bilan egallanadi. Xalqimiz “Ustoz otadek ulug‘” degan purma'no naqlni kundalik hayotida ko‘p bora ishlatadi. Ustoz va ota iboralarini bir-biriga bog‘liqligini turlicha ta'riflash mumkin. Shulardan biri sifatida “ota farzandni ko‘kdan yerga olib tushgan bo‘lsa, ustoz ushbu farzandni o‘zining ta'lim-tarbiyasi bilan yerdan ko‘kka olib chiqadi” desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ustoz hayot tushunchasi paydo bo‘lganidan buyon yashab kelayotgan siymo. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo‘lgan ishonch, hurmat-izzat o‘zgacha. Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab va ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Inson, avvalo, unga bilim va ma’rifat dunyosi sari yo‘l ochib bergan, uning qalbiga yuksak insoniy fazilatlar hissini singdirish yo‘lida zahmat chekkan ustoz va murabbiylariga nisbatan ko‘nglida hamisha minnatdorlik tuyg‘usi bilan yashaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yilning 27-sentabr kunida Buxoro viloyat Olot tuman XTBga qarashli 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida oʻtkazilgan yig‘ilish
Qaror qiladi:
1. MMIBDOʻ Sh.Ne`matov hamda IMMBT G.Uzoqova ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2. Maktabda “Ustozimga ehtirom” mavzusida ma’naviyat soati oʻtkazilganligi belgilab qoʻyilsin;
3. Aytib o‘tilgan fikr-mulohazalarni sinf rahbarlari tomonidan o‘quvchi-yoshlarga yetkazish topshirig‘i yuklatilsin;
4. Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini nazorat qilish MMIBDO‘ Sh.Ne`matov zimmasiga yuklatilsin.
MMIBDO‘ : Sh.Ne`matov
IMMBT : G.Uzoqova
Download 18.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling