Tasdiqlayman” Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo’limi metodisti


Download 27.3 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi27.3 Kb.
#1206755
Bog'liq
Tarbiyachi



Tasdiqlayman”
Samarqand shahar
maktabgacha ta’lim
bo’limi metodisti
____________ N.Tursunova


Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi
20-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori
Jonnazarova Jamila Rustamovaning
Samarqand viloyat Pastdarg’om tumanidagi
20- Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o’tkazgan
OCHIQ MASHG’ULOT ISHLANMASI


Mavzu : “Matematika Olamiga Sayohat”
Katta guruh uchun


Samarqand – 2023yil

MATEMATIKA OLAMIGA SAYOHAT
(katta guruhlar uchun)
O’tilgan mavzuni takrorlash
Yangi mavzu bilan tanishtirish
Mashg‘ulotning maqsadi:
Ta’limiy: Matematika faniga nisbatan qiziqish uyg‘otish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish
Tarbiyaviy: Reja asosida ishlashni o‘rgatish, jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, bolada hamdardlik tuyg‘usini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Bolaning son haqidagi bilimlarini boyitish.
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: – Assalomu alaykum, bolajonlar, bugun bizning guruhimizga notanish qizchadan maktub kelibdi. Qizchaning yozishicha, uning ukasi yalmog‘iz kampir qo‘lida ekan. Xat egasi bizga yalmog‘izning yoniga boradigan yo‘l xaritasini ham qo‘shib jo‘natibdi. Xo‘sh, kichik do‘stlarim qizchaning ukasiga yordam beramizmi?
Bolalar: – Ha.
Tarbiyachi: –Bolajonlar hozir biz matematika va qurish yasash markazidan foydalanib poezd yasab olaylik.
(Poezd yasash uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan karton qog‘ozlari bir-biriga ulanadi. Poezd yasash chog‘ida eng qisqa vagondan uzuniga qarab tanlanadi.)
Tarbiyachi: – Bolalar, yo‘l-yo‘lakay o‘yin o‘ynab ketamiz. Xo‘sh, poezdimizning nechta vagoni bor ekan?
Bolalar: – 5 ta
Tarbiyachi: – Qizil vagon nechanchi bo‘lib joylashgan? Uchinchi vagonning rangi qanaqa? Sariq va yashil vagonning o‘rtasida qaysi rangdagi vagon joylashgan?
(Bolalarning javoblari tinglanadi. )
Tarbiyachi: – Bolajonlar, poezd to‘xtadi, biz orolchasiga tushib qoldik.
Ushbu orolcha bizning tabiat markazimizga juda o’xshar ekan
Ertaklar orolchasida raqamlar yo‘qolib qolgan ekan. Qani ko‘ringlar-chi, qaysi raqamlar kam. Sizning vazifangiz ana o‘sha raqamlarni topib o‘rniga qo‘yish.
(Bolalar, daraxtga yopishtirib qo‘yilgan raqamlarga qarab yo‘qolgan raqamlarni yerdan, qidirib daraxtga kerak joyiga iladilar. )
Tarbiyachi: – Qoyil bolajonlar
Olma daraxtini ko‘rdik, qani u yerda qanday shart yozilgan ekan. Daraxtda ko‘rsatilgan bo‘sh qog‘ozlarga kim yerdan nechta olma topib olsa, ana o‘shani men yozishga yordamlashaman. Ana o‘shanda sirli daraxt bolalarning ketishiga yo‘l beradi.
(Bolalar yerda sochilib yotgan olmalarni terishadi va kim nechta tersa, o‘sha sonni daraxtga yozadi)
Tarbiyachi: – Bolajonlar, endi qayerga boramiz?
Qaranglar, ko‘prikda ham xat yozilgan ekan. Faqat, to‘g‘ri to‘rtburchakning ustidan yurganlargina ko‘prikdan o‘ta oladilar. Bolalar qani, to‘g‘ri to‘rtburchakdan boshqa shakllarni yo‘ldan olib tashlaymiz. Ana shunda bizning ko‘prikdan o‘tishimiz oson bo‘ladi.
(Bolalar uchburchak, oltiburchak, aylana kvadrat shakldagi kartonlarni yo‘ldan yig‘ib bir chekkaga olib tashlaydilar. Keyin to‘g‘ri to‘rtburchak shakli ustidan yurib o‘tiladi)
Tarbiyachi: – Bolajonlar, endi yalmog‘iz kampirning uyiga yaqinlashib qoldik. U yerda biz bir bolakayni yalmog‘izning tuzog‘idan qutqarib qolishimiz kerak. Faqat, u yerda ham o‘ziga yarasha shart-sharoit bor. Qani, endi uy yonidagi xatni o‘qib ko‘raylik-chi.
“2,4, 6, 8, 10” raqamlari qadam bosolmas,
1,3,5,7,9 rangli raqami yo‘lini hech kim to‘solmas deb yozilgan ekan.
Tarbiyachi: – Bolajonlar, endi biz rangsiz raqamlarimizni turli xil ranglar bilan ranglab olamiz bunung uchun biz san’at markazidan foydalanamiz. Bolajonlar biz bu xatda yozilgan shartni bajardik
Hordiq daqiqasi
Tarbiyachi; - Bolajonlar sizlar ham ancha toliqdingiz endi sizlar bilan hordiq daqiqasini o’tkazamiz. Biz sizlar bilan ingliz tilida raqam haqidagi sherimizni takrorlaymiz
Yalmog'iz kampir uyidan bolakayni olib chiqayotganda, ehtiyot bo‘linglar, kimni ko‘rsangiz ham salom berishni unutmanglar. Chunki, Assalomu alaykum so‘zi sehrli, siz uni aytganingizda hech kim sizning yo‘lingizni to'solmaydi va sizga zarar yetkazolmaydi.
(Bolalar yalmog'izning uyidan bir zumda bolakayni olib chiqishadi)Tarbiyachi: - Bolajonlar, mana, sizlarning ahilligingiz, mashaqqatdan qo‘rqmasligingiz sababli bir bolakayni ozod qiloldik. Yana sizlarning raqamlar haqidagi bilganlaringiz ham bu yerda katta yordam berdi. Har doim yangi bilimlar olishdan erinmang.
Tarbiyachi : - Bolajonlar sizlar mashg’ulotga juda yaxshi qatnashdinglar men xursandman. Bolalarni rahbatlantiramiz.
Download 27.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling