"tasdiqlayman" samarqand veterinariya meditsinasi instituti rektori
Download 1.78 Mb.
|
Otajonova Dilobar. Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Payariq tumani tuproq-iqlim sharoiti
- Akobir saxovati” fermer xo’jaligi haqida
- Akobir saxovati“ fermer xo’jaligida amaliyot jarayoni
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS KASB TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” SAMARQAND VETERINARIYA MEDITSINASI INSTITUTI REKTORI _________ X.B. YUNUSOV 2020-YIL “Biotexnologiya, Ch M.Q.I.T” fakulteti talabasi Otajonova Dilobarning Samarqand viloyati Payariq tumanidagi “Akobir saxovati” fermer xo’jaligida o’tagan malakaviy amaliyot “Biotexnologiya, Ch.M.Q.I.T” fakulteti 406-guruh talabasi: Axrorov N “Biotexnologiya, Ch.M.Q.I.T” fakulteti dekani: Elmurodov A Ushbu hisobotda talaba Otajonova Dilobarning Samarqand viloyati, Payariq tumanida joylashgan “Akobir saxovati” fermer xo’jaligida 2020-yilning 24-fevralidan 24-martga qadar qilgan malakaviy amaliyoti bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan MUNDARIJA I.Kirish II.Asosiy qism 1. Payariq tumanining tuproq- iqlim sharoiti 2. “Akobir saxovati” fermer xo’jaligi haqida 3.”Akobir saxovati” fermer xo’jaligida amaliyot jarayoni III.Xulosa Kirish Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin barcha sohalar singari qishloq xo’jaligida ham juda ko’plab islohotlar o’tkazildi. Paxta monokulturasiga barham berilib boshoqli don va sabzavot ekinlarining mazdoni kengaydi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini qondirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligi va mahsulot sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 24- yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida “Agrar tarmoqda fermerlik harakatini qo’llab-quvvatlash bilan birga, paxta va g’alla yetishtirishni klaster shakliga bosqichma-bosqich o’tkazish bo’yicha izlanishlarimizni davom ettiramiz, meva-sabzavot, sholichilik, chorvachilik, ipakchilik va boshqa tarmoqlarda ham bugungi kun talabiga javob beradigan klasterlarni tashkil qilish ishlarini amalga oshiramiz.” deb ta’kidladi. Paxta va g’allachilik yo’nalishidagi klasterlar, kooperatsiyalar hamda fermer xo’jaliklarining manfaatdorligini oshirish maqsadida g’alladan qo’shimcha 20 sentner, paxtadan qo’shimcha 10 sentner hosil olish bo’yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. Payariq tumani tuproq-iqlim sharoiti Payariq tumani tuproqlari asosan och bo’z, tog’ etaklarida to’q bo’z, jigarrang va qo’ng’ir tog’-o’rmon tuproqlari xos. Iqlimi keskin continental. Yillik o’rtacha harorat 13,4⁰, yanvarning o’rtacha harorati -1,2⁰, iyulda 27⁰. Eng yuqori harorat 45⁰, eng past harorat -28⁰. Vegetatsiya davri 196 kun. Yillik o’rtacha yog’in 312 mm, asosan qishda va bahorda yog’adi. “Akobir saxovati” fermer xo’jaligi haqida “Akobir saxovati” fermer xo’jaligi V. Botirov ga qarashli bo’lib, Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan.2016-yilda tashkil topgan fermer xo’jaligi 58 gektar yer maydoniga ega bo’lib, paxta va g’alla yetishtirishga ixtisoslashgan. Umumiy maydonning 31 gektariga kuzgi bug’doy ekilgan, qolgan 27 gektari chigit (g’o’zaning “Omad” navi) ekish uchun mo’ljallangan. “Akobir saxovati“ fermer xo’jaligida
“Akobir saxovati” fermer xo’jaligida amaliyotning dastlabki 3 kunida foydalaniladigan qishloq xo’jaligi texnikalari, ularning vazifasi to’g’risida ma’lumotlar bilan tanishdim va ish boshqaruvchi texnika xavfsizligi qoidalari va mehnat muhofazasi haqida tushuntirdi. Shu bilan birgalikda fermer xo’jaligida dalalar joylashuvi, tuproq muhiti va dalaga 2019-yil oktabr oyining ikkinchi o’n kunligida ekilgan bug’doyning “ Sanzar 8” navi bilan tanishdim. Bu vaqtda bug’doyda tuplanish fazasi tugayotgan bo’lib, bunda azotli o’g’it berildi. 24-fevraldagi bug’doy dalasining ko’rinishi Amaliyotning ikkinchi haftasi (02.03.2020-07.03.2020)da bug’doy ekilgan dalada kuzatish ishlarini olib bordik va tuproq yuzasi zichligini yo’qotish uchun boronalash ishlarini o’tkazdik. Sariq, qo’ng’ir zang, un shudring va boshqa zamburug’ kasalliklarini oldini olish uchun Follikyur fungitsidi bilan gektariga 500g me’yorda qo’lladik Begona o’tlarga qarshi Granstar gerbitsidi bilan gektariga 15g me’yorida purkash ishlarini olib bordik. Amaliyot jarayoninig uchinchi haftasi (09.03.2020-14.03.2020)da bug’doy dalasiga 70 kg / ga miqdorda azotli o’g’it bilan oziqlantirish ishlarini olib bordik. Amaliyotning oxirgi haftasi (16.03.2020-24.03.2020)da bug’doy dalasida begona o’tlarga qarshi Granstar gerbitsidi bilan gektariga 15g me’yorida purkash va sug’orish ishlarini olib bordik. Bu vaqtga kelib bug’doyda naychalash fazasi boshlangan edi. Paxta ekish uchun mo’ljallangan dalani chigit ekish uchun tayyorladik. Bug’doyda naychalash fazasi Xulosa Ishlab chiqarishda bug’doy va paxtadan yuqori va sifatli hosil olish uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish, muddatidan kechiktirilmagan holda urug’larni ekish va butun o’suv davrida o’g’it, gerbitsid va fungitsidlarni me’yorida qo’llash talab qilinadi. Sug’orish ishlarida suvning tanqisligini hisobga olgan holda yangi sug’orish usullaridan hisoblangan tomchilatib sug’orishni keng joriy qilish yuqori samara beradi. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling