Tashkiliy hujjat turlari


Download 451.77 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi451.77 Kb.
#1539713
Bog'liq
Isamiddinova


Тoshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘zbek tili ta’limi fakulteti 105-guruh talabasi Isamiddinova Maftuna ning davlat tilidan ish yuritish fanidan ’’ Tashkiliy hujjat turlari ” mavzusida tayyorlagan mustaqil ishi.
Tekshiruvchi:Elova D.
Tashkiliy hujjat turlari
Bunday hujjatlarda korxona va tashqilotlarning huquqiy tomonlari, xodimlari, boshqaruv jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlari bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Bu hujjatlar guruhiga nizomlar,yo'riqnoma, majlis bayonlari, shartnomalar kiradi
Guvohnoma
Guvohnoma-muayyan shaxsning xizmat va boshqa holat va vakolatlarin tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U bajaradigan vazifasiga qarab bir necha turga bo‘linadi. 1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini ko‘rsatadi. Masalan, har bir kishi ishga yoki o'qishga qabul qilinganida unga guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma o‘z egasining aynan shu yerda ishlashi yoki o'qishini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi bilan birga, unga shu muassasaning turli bo‘linmalarida erkin kirib-chiqish huquqini beradi. 2. Muayyan shaxsning biron ishga (masalan, taftish o'tkazishga) oid vakolatini ko'rsatadi. Bunday guvohnomalar, odatda rahbar tomonidan beriladi. Guvohnomalarning bu turi yonda olib yurishga moslashtirilib, qattiq muqovali daftarcha shaklida tayyorlanadi.
Guvohnomaning zaruriy qismlari
Hujjat nomi («Guvohnoma»)- bu so'z muqova ustiga yoziladi; guvohnoma beruvchi tashkilot nomi; guvohnoma egasining ismi-sharifi (to‘liq yoziladi); lavozimi; guvohnomaning amal qiiish muddati (odatda har bir yil muddat ko'rsatiladi, so‘ng uning cho‘zilgani haqida beigi(muhr) qo‘yiladi; tashkilot rahbarining imzosi; shaxsiy imzo; guvohnoma egasining surati; tashkilot muhri (uning bir qismi surat ustiga bosilishi kerak);
Yo’riqnoma
Yo‘riqnoma- Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari: Eng yuqorida tasdiqlash ustxati. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi). Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi
Nizom
Nizom - huquqiy akt, bu korxona, tashkilot, muassasaning shakllanish tartibi, vakolatlari, tuzilishi, funktsiyalari, vazifalari, huquqlarini belgilaydi. Ustav mulkchilik shaklidan va ko'lamidan qat'i nazar, tashkilotlar, korxonalar, muassasalar faoliyatini tartibga soladi.
Nizom ma'lum bir sohani ham tartibga solishi mumkin davlat faoliyati, ichki suv transporti, harbiy xizmat va boshqalar
Nizom matni quyidagi bo'limlarning mavjudligini nazarda tutadi:
1. Umumiy qoidalar.
2. Korxonaning asosiy vazifalari.
3. Huquq va majburiyatlar.
4. Etakchilik.
5. Aloqalar va aloqalar.
6. Sanoat-iqtisodiy, tijorat faoliyati.
7. Mulk va mablag'lar.
8. Nazorat, tekshirish va qayta ko'rib chiqish.
9. Qayta tashkil etish yoki tugatish.
10. Mulkni (yoki ustav kapitalini, aksiyalarni chiqarish va taqsimlashni) shakllantirish tartibi.
11. Foydani taqsimlash tartibi.
12. Tashkilotni shakllantirish tartibi, faoliyatini boshqarish va tugatish tartibi.
13. Boshqaruv elementlari (ichki tashkiliy tuzilma).
Shartnoma
Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bеlgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kеlishuvi shartnomadir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kеlishuvi (bitim)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdеk fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mеhnat bitimi dеb ataladi. Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi. Shartnoma muassasalarga tеgishli bo‘lganda, tomonlar imzolanga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik bеlgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Download 451.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling