Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari


Download 15.87 Kb.
bet1/2
Sana27.02.2023
Hajmi15.87 Kb.
#1234317
  1   2
Bog'liq
Konspekt


Konspekt
Pedagogik psixologiyada umumiy va Yosh psixologiyada foydalanilgan metodlar qo‘llaniladi. Ular: kuzatish, yozma va og‘zaki savolnomalar, eksperiment va boshqalar. Lekin ular bolalarning Yoshi va psixologik va pedagogik muammolariga bog‘liq ravishda qo‘llaniladi.
Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus psixologik-pedagogik testlar kiradi.Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u yoki bu pedagogik ta’sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus rivojlantiruvchi maqsadni ko‘zlab o‘tkaziladi.Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:

  1. Aniqlovchi eksperiment.

  2. SHakllantiruvchi eksperiment.

  3. Nazorat eksperimentlari.

Pedagogik psixologiyada qo‘llaniladigan barcha metodlar quyidagilarga bo‘linadi:

  1. Tashkiliy metodlar.

  2. SHarhlash metodlari.

  3. Baholash metodlari.

  4. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari.

Tashkiliy metodlar o‘tkaziladigan tadqiqotning maqsadi, mazmuni, tuzilishi, tashkil etilishi, tayyorgarlik shakllarini o‘z ichiga oladi. Sharhlash metodlari o‘tkaziladigan tadqiqotning barchasi yoki uning ayrim qismlarini amalga oshirish shakllariga tegishli bo‘ladi. Baholash metodlari tadqiqot natijalarini, jumladan tadqiqotda ishtirok etgan bolalarning psixologik va xulq-atvor xarakteristikalarini aniqlash psixologik-pedagogik baholash usullarini qamrab oladi. Natijalarni yig‘ish va qayta ishlash metodlari deganda tadqiqotda sinaluvchilar haqida zarur ma’lumotlarni to‘plash nazarda tutiladi.
Yuqorida keltirilgan tadqiqot metodlaridan tashqari yana bolaga amaliy psixologik-pedagogik ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq ikki guruh metodlar mavjud.Bu psixologik maslahat va korreksiyadir. Psixologik masalahat bolaning rivojlanishi davomida duch kelgan muammolarni o‘rganish va tanishish asosida unga og‘zaki tavsiyalar va nasihatlar turida yordam ko‘rsatishdir. Korreksiya psixologning qiziqtirayotgan shaxsga bevosita pedagogik ta’sir ko‘rsatishidir.
Xususan, pedagogik psixologiya “bilim, ko‘nikma, malakalarni egallashning qonuniyatlarini; bu jarayonda namoyon bo‘ladigan individual farqlarni; o‘quvchilarda faol mustaqil ijodiy tafakkur shakllanishi qonuniyatlarini; ta’lim va tarbiya ta’siri ostida psixikada yuzaga keladigan o‘zgarishlarni, ya’ni yangi psixik tuzilmalar shakllanishini o‘rganadi. ”
Pedagogika bilan pedagogik psixologiya o‘rtasida yana ham mustahkam va ajralmas aloqa bordir. Bolalar va yoshlarning maktabdagi hamda boshqa ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va xatti-harakatlarining qonkret turlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanning, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin olgandir. Pedagogik psixologiya maktabda bilimlarni, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini o‘rganadi, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni tekshiradi, o‘quvchilarda aktiv, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya ta’siri bilan o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni ham o‘rganadi. Bundan tashqari, o‘quv materiallarining o‘quvchilarga mos kelishi, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligi, darslik, o‘quv qurollari, asbob- uskunalar va maktab ishlarining rejimiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarning hammasini ham pedagogik psixologiya o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyaning eng muhim vazifalaridan biri maktabdagi ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lib, bu narsa yangi ta’lim dasturiga o‘tish munosabati bilan ta’limning mazmunida yuzaga kelgan jiddiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Pedagogik psixologiya shu bilan birga o‘quvchilar shaxsining tarkib topish jarayonini, bu jarayonning umumiy qonuniyatlarini va individual farqlarini, turli tarbiyaviy tadbirlarning o‘quvchilarga ko‘rsatadigan ta’sirini o‘rganadi hamda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalashni psixologik asoslarini tekshiradi. Nihoyat, pedagogik psixologiya ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi bo‘lgan o‘quvchi shaxsini va o‘quvchi mehnatining xususiyatlarini o‘rganadi. Bunda o‘quvchining ta’lim-tarbiya ishlaridagi yutuqlarni ta’minlovchi sifatlarini ajratib ko‘rsatish bilan birga uning pedagogik bilimlari, ko‘nikma, malaka va qobiliyatlarining tarkib topishi hamda taraqqiyotning psixologik sharoitlari aniqlanadi.

Download 15.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling