Tashqi qarz, fiskal konsolidatsiya va hukumat ta'lim xarajatlari


Download 16.38 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi16.38 Kb.
#1048753
Bog'liq
Mannonov Nabiddin (DMB esse)


Tashqi qarz, fiskal konsolidatsiya va hukumat ta'lim xarajatlari
Hozirgi kunga kelib, mamlakatimizning tashqi qarzi va ta’lim xarajatlari ortib borayotganini ko’rishimiz mumki. Tashqi qarzimizning o’sishiga yaqqol isbot sifatida pandemiya davrini oladigan bo’lsak, hozirgi kunga kelib, yoshlarning til bilish hamda IT sohalarida bilim darajasini oshirish maqsadida ko’plab moddiy tomonlama imkoniyatlar yaratilayotganligini va imtihon xarajatlarini dalat byudjetidan to’lab berilayotganini hukumatimizning ta’lim xarajatlariga misol sifatida ayta olamiz.
Mamlakatning umumiy tashqi qarzi – mahalliy iqtisodiyotning xorijliklar (xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy institutlar va boshqalar) oldidagi amaldagi, (ya'ni hali to'lovlari amalga oshirilmagan) kelajakda ma'lum bir muddatda qaytarilishi talab qilinadigan majburiyatlarini o'zida aks ettiradi.
Tashqi qarz, davlat tashqi qarzi hamda xususiy sektor tashqi qarziga bo'linadi. Davlat tashqi qarzi, hukumat tomonidan jalb qilingan yoki uning kafolati ostida olingan tashqi qarzlarni o'z ichiga olsa, xususiy sektor tashqi qarzi, o'z navbatida, davlat majburiyat olmagan qarzlardan iborat.
Qarz beruvchi tomonidan taqdim qilingan moliyaviy mablag' qarzning asosiy miqdori deb atalib, unga ma'lum foizda ustama hisoblab boriladi. Qarzning asosiy miqdoridan foydalanish evaziga qarz shartnomasiga amal qilish davrida qarz oluvchi tomonidan qarz beruvchiga hisoblangan ustama ko'rinishida foiz to'lovlari hamda qarzni qaytarish jadvaliga muvofiq asosiy miqdor to'lovlarini amalga oshiradi. Bunda tahliliy maqsadlarda tashqi qarzlar muddatlari bo'yicha qisqa (so'ndirilish muddati 1 yilgacha bo'lgan) hamda uzoq muddatli qarzlarga (so'ndirilish muddati 1 yildan uzoq bo'lgan) tasniflanishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi bo'yicha jadvallar va tahliliy ma'lumotlar har chorakda Markaziy bank tomonidan foydalanuvchilarga taqdim qilinadi. Bunda O'zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzi bo'yicha jamlangan ma'lumotlar Moliya vazirligi tomonidan, xususiy sektor tashqi qarzlari bo'yicha ma'lumotlar esa Markaziy bank tomonidan shakllantiriladi.
Xususan, Jahon banki (JB) prognozlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot o‘sishi 2022 yilda 5,3 foizgacha sekinlashadi, 2023 yilda esa 4,9 foizni tashkil etadi. Rossiyaga qarshi sanksiyalar bilan bog‘liq logistika (ta’minot) qiyinchiliklarining kuchayishi xususiy iste’molning o‘sishini sekinlashtiradi.
Shu bilan birga, xususiy investitsiyalar va eksportning barqaror o‘sishi kutilmoqda, joriy to‘lov balansi esa O‘zbekistonning jahon bozoridagi xomashyo yuqori narxlari (oltin, mis, tabiiy gaz) va migrantlar pul o‘tkazmalarining ko‘payishidan ko‘proq foyda olishda davom etishi natijasida yaxshilanishi kutilmoqda. 2022 yilda to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar o‘sishi kutilmaydi va savdo taqchilligi birinchi navbatda davlat qarzlari hisobidan qoplanadi. 
Tovar eksporti tushumlarining oshishi va davlat investitsiyalarining sekin sarflanishi budjet taqchilligini 2021 yildagi YaIMning 6,2 foizidan 2022 yilda 4,4 foizgacha kamaytiradi. Shu bilan birga, taqchillik 2022 yilga mo‘ljallangan 3 foizlik budjetdan yuqori bo‘ladi, chunki davlatning ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilmani rivojlantirishga xarajatlari ko‘payadi. 
2023 yilga mo‘ljallangan fiskal konsolidatsiya oziq-ovqat narxlarining oshishi va Ukrainadagi urush oqibatlarini yumshatish munosabati bilan aholining manzilli ijtimoiy himoyasini kuchaytirish tufayli kechiktirilishi kutilmoqda. Iqtisodiyotning yuksalishi, aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarining kengayishi mamlakatda qashshoqlikni yanada kamaytiradi. Qashshoqlik darajasi 2023 yilda 14,5 foizga, 2024 yilda esa 12,2 foizga tushishi prognoz qilinmoqda. Biroq, kelgusi yillarda daromadlarni safarbar qilish va xarajatlar samaradorligini oshirish nuqtayi nazaridan davlat xarajatlarining konsolidatsiyasi yana kuchayishi kutilmoqda. 
Hukumat o‘zining qarz olish cheklovlariga rioya qilishda davom etishi kutilmoqda. Shunday qilib, davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxiriga kelib YaIMning mos ravishda 32 va 55 foizigacha bosqichma-bosqich kamayadi. 
Ushbu istiqbol uchun salbiy xavflar orasida Ukrainadagi uzoq davom etadigan urush va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar, shuningdek, kutilganidan ham qattiqroq global moliyaviy sharoit mavjud. Iqtisodiy o‘zgarishlarning murakkab xalqaro muhit ta’sirida kuchayib borayotgan ushbu bosqichida islohotlarni amalga oshirishning sekinlashishi xavfi mavjud. 
Iqtisodiyot uchun potensial ijobiy tendensiyalar qatoriga oltin, tabiiy gaz va misga jahon narxlarining oshishi, shuningdek, hukumatning tarkibiy islohotlari natijasida tarmoqlar bo‘yicha natijalarning tezroq o‘sishi kiradi. 
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, mamlakatning tashqi qarzlarining oshishi mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi va natijada iqtisodiyotning zaiflashishiga olib keladi.
Download 16.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling