Tatbiq etish


Download 33.65 Kb.
Sana10.09.2020
Hajmi33.65 Kb.
#129087
Bog'liq
texnologia


Ta'lim  texnologiyalarining  fan-texnika  amaliyotidagi  o’rni.  Pedagogikaga  oid 

adabiyotlar  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  hozirgi  davrda  ta'lim  texnologiyasi  tushunchasi 

ta'lim amaliyoti va nazariyasi ilmdan mustahkam o’rin egalladi, lekin uni pedagogikaning 

mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali noma'lumligicha bo’lmay qolmoqda.  

XX  asrning  20-yillarida  "ta'lim  texnologiyasi"  termini  birinchi  bor  pedagogika 

bo’yicha adabiyotlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa  - "pedagogik 

texnika"  termini  ham  tarqaldi.  U  pedagogik  ensiklopediyada  30-yillarda  o’quv 

mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar sifatida 

ifodalangan. Pedagogik texnologiyalarga o’quv va laboratoriya uskunalari bilan ishlash, 

ko’rgazmali qo’llanmalardan foydalanishlar mahoratlari ham kiritilgan. 

O’tgan  asrning  40-50-yillarida,  o’qitish  -  o’quv  jarayonlarisha  texnik  vositalarni 

tatbiq etish  

boshlanganida,  "ta'lim  texnologiyasi"  termini  ommalashdi,  va    u  keyingi  yillar 

davomida "pedagogik texnologiyaga" aylantirildi. 

 

 



 

Ta'lim texnologiyasi nazariyasini rivojlanish bosqichlari: 

                                   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



      

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ta'lim 

texnolo-

giyasi 

nazariya-

sining 

rivojla-

nish 

bosqich-

lari          

1-bosqich  

 

XX asrnig 30 yillari. 

T T-o'quv mashg'ulotlarini aniq va 

samarali tashkil etishda 

ko'maklashuvchi usul va vositalar 

yig'indisi  

(pedagogik texnika) 

2-bosqich   

XX asrnig 50 yillari. 

Ta'lim jarayonida texnik vositalarni 

(TV) qo'llash, ularning 

imkoniyatlarini takomillashtirish,  

axborot siqimini kengaytirish, 

axborotlarni uzatish xizmatini 

sifatli tashkil etish, o'quvchi  

faoliyatini individuallashtirish 

 

  3-bosqich  



XX asrnig 60 yillari  

Ta'lim maqsadlarining aniqlanishi, 

ta'lim jarayonini umumiy loyihalash 

hamda uni  

samaradorligini oshirish, ta'lim 

maqsadining natijalanganligini 

o’rganish, faoliyat natijalarini  

ta?lil etish. 

 

25 


60-yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda 

va  xalqaro  konferensiyalarda  keng  muhokama  etildi,  natijada  ushbu  sohada  turli 

mamlakatlarda  (AQSh,  Angliya,  Yaponiya,  Fransiya,  Italiya,  Vengriya)  va  darajasiga 

qarab uni talqin qilish ikki yo’nalishi belgilandi. 

Birinchi  yo’nalish    tarafdorlari  texnik  vositalar  va  dasturlashtirilgan  o’qitish 

vositalarini qo’llash zarurligini ta'kidladilar (technology in education). 

Ikkinchi  yo’nalish  tarafdorlari  esa  o’quv  jarayonini  tashkil  etish  samaradorligini 

oshirish  va  pedagogik  g’oyalarning  texnikaning  keskin  rivojlanishidan  ortda  qolishini 

yo’qotish muhim deb hisobladilar. Shunday qilib 1-yo’nalish "o’qitishda texnik vositalar" 

sifatida belgilandi, biz biroz keyinroq yuzaga kelgan 2-yo’nalish "o’qitish texnologiyasi" 

yoki "o’quv jarayoni texnologiyasi" sifatida belgilandi. 

70-yillarning  boshlarida  turli  xildagi  o’quv  uskunalarini  va  o’quv    vositalarini  

modernizasiyalashtirish  zarurligi  anglab  yetildi.  Bularsiz  o’qitishning  sifatliligi  va 

samaradorligiga erishib bo’lmas edi. 

60-yillar  o’rtalari  va  70-yillarning  boshlarida  AQSh,  Angliya,  Yaponiya,  Italiya 

kabi  yuksak  rivojlangan  davlatlarda  pedagogik  texnologiyalar  masalalari  bilan 

shug’ullanuvi jurnallar nashr etilar edi, keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan 

tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshlaydi.  

Xususan,  Yaponiyada    pedagogik  texnologiyalar  muammolari  bilan  4  ta  ilmiy 

tashkilotlar  shug’ullanadi.  1967  yilda  "Pedagogik  texnologiyalar  bo’yicha  Milliy 

kengash"  tashkil  etildi,  uning  filiallari  22  ta  davlat  universitetlarida  joylashtirilgan.  

Vengriya    -  1973  yili  o’qitish  texnologiyasi  Davlat  Markazi  tashkil  etildi.  Shu  o’rinda 

Vengriya olimi L. Salai "o’qitish texnologiyasi" tushunchasiga rejalashtirish, maqsadlarni 

taxlil  qilish,  o’quv-tarbiyaviy  ishlar  jarayonini  ilmiy  tashkil  etish,  samaradorligini 

oshirish  maqsadida  eng  muhim    vosita  va  materiallarni  tanlashni  kiritib,    o’qitish 

jarayonini  tashkil  etuvchilarni  doirasini  ancha  kengaytirdi.  E.  Bisterski  va  J.  Sellerlar 

(AqSh) to’plagan ma'lumotlar bo’yicha  o’qitish texnikasi faqatgina yordamchi vosita va 

yangi  sistemadan  iborat  bo’libgina  qolmay,  balki  o’qish  jarayoni  tashkiliy  shaklini, 

metodi  va  mazmunini  o’zgartirib  uning  rivojlanishida  katta  rol  o’ynaydi.  Bu  esa  o’z 

navbatida o’qituvchilar va o’quvchilar pedagogik fikrlashlariga katta ta'sir ko’rsatdi. 

 


 

26 

    Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli 

qarashlar  mavjud  bo’lib:  u  texnik  vositalar  haqidagi  ta'limot  deb  hamda  o’qitish 

jarayonini  loyiqalashtirilgan  holda  izchil  va  muntazam  tashkil  etish  deb  talqin  qilingan. 

Ayrim  mualliflar  esa  o’qitish  texnologiyalariga  fan  va  san'at  oralig’idagi  fan  deb 

qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.  

Shunday qilib, ba'zi yondashuvlarda pedagogik texnologiyalar o’qitishning barcha 

vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya 

o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. 

Boshqa  yondashuvda  esa  texnologiyaga  ta'lim  amaliyotini  yangi  yoki 

zamonaviylashtirilgan  bilimlar  bilan  ta'minlashning  usuli  sifatida  qarashga  imkoniyat 

beradi.  Bunda  texnologiyaga  ta'limning  ilmiy  tamoyillari  va  amaliyotini  tatbiq  etish 

sifatida qaraladi. 

Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va qarbiy Yevropada ta'limni isloh 

qilinishi  bilan  bog’liq  ravishda  kirib  keldi.  B.  Blum,  J.  Keroll,  P.Ya.  Galperin,  V.I. 

Davidov,  N.A.  Menchinskaya,  Z.I.  Kalmikova,  L.I.  Zankov  texnologiyalari  mashxur. 

O’qitishni  tashkil  qilishning  texnologik  yondashuvlari  V.P.  Bespalko,  N.F.  Talizina, 

L.M. Fridman, Yu.N. Kulyutkina, G.S. Suxobskoy, T.V. Kudryavsev, A.M. Matyushkin, 

M.I. Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir. 

Texnologik  yondashuvlar  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  aksariyat  o’qitish 

texnologiyalari  bo’sh  texnologiyalanganligi  bo’yicha  qolib  ketmoqda.  Bir  qator 

texnologiyalarda 

nazariy 

asoslar 

kuchaytirilgan, 

amaliy 

tomoni 



qadar 

oydinlashtirilmagan. 

T.  Ballo  texnologiyaning  bir  tomonini,  ya'ni  o’qitishda  topshiriqli  yondashuvni 

yoritadi.  Boshqalarida  yo  kompyuter  orqali  dasturlashtirilgan  o’qitish  yoki  o’qitishning 

muammoli tuzilmasi ajralib turadi. 

L.V.  Zankov,  T.Ya.  Galperin,  V.I.  Davidov  tadqiqotlarida  bosqichli  o’qitishning 

yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi. 

1. Pedagogik texnologiyada hali ko’p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni 

tadqiq etish o’qitish texnologiyasining tushunchasi va  metodologik  mohiyatini  aniqlash 

bilan bog’liq. 

 

27 


Pedagogik texnologiya o’ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogik natijalarga 

erishish  uchun  pedagogik  tizimning  barcha  tashkiliy  tomonlariga  aloqador  nazariy  va 

amaliy (ta'lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. 

 Hozir  kungacha  "pedagogik  texnologiya"  tushunchasiga  pedagog-psixolog, 

didaktik  olimlar  tomonidan    bir  qancha  ta'riflar  shakllantirilgan  bo’lib,  quyida  ularning 

ba'zilarini keltirib o’tamiz. 

Pedagog olimlar tomonidan pedagogik texnologiyaga berilgan ta'riflar: 

 

Pedagog olimlar    PTga berilgan ta'riflar 



V.P. Bespalko: 

"PT  -  bu    o'qituvchi  mahoratiga  bog'liq  bo'lmagan  holda 

pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shaxsini 

shakllantirish jarayoni loyihasidir" 

V.M. Monaxov: 

 

"PT  -  avvaldan  rejalashtirilgan  natijalarga  olib  boruvchi    va 



bajarilishi shart bo’lgan tartibli amallar tizimidir" 

V.M. Klarin: 

 

"PT  -o'quv  jarayoniga  texnologik  yondashgan  holda,  oldindan 



belgilab  olingan  maqsad  ko'rsatkichlardan  kelib  chiqib,  o'quv 

jarayonini loyihalashdir" 

N.Sayidahmedo

v va 

 M. Ochilovlar 

 

"PT  -  bu  o'qituvchi  (tarbiyachi)ning  o'qitish  (tarbiya)  vositalari 



yordamida  o'quvchi  (talaba)larga  muayyan  sharoitda  ta'sir 

ko’rsatishi  va  bu  faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan 

belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllan-tirish jarayonidir" 

I.Y. Larner: 

 

"PT - o'quvchilar xarakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali 



ishonchli 

anglab 

olinadigan, 

aniqlanadigan 

maqsadni 

ifodalaydi" 

B.L. Farberman: 

 

"PT 



ta'lim 

jarayoniga 

yangicha 

yondashuv 

bo'lib, 

pedagogikada ijtimoiy-muhandislik ongi ifodasidir U pedagogik 

jarayonni  texnika  imkoniyatlari  va  insonning  texnikaviy 

tafakkuri  asosida  standart  holga  solib,  uning  optimal  loyihasini 

tuzib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy xodisadir" 

YNESKO 

"PT  -  ta'lim  shakllarini  optimallashtirish  maqsadida  iqitish  va 


 

28 


olimlari: 

 

bilimlarni  o’zlashtirish jarayonining inson saloqiyati va texnik 



resurslarni  qo’llash,  ularning  o’zaro  ta'sirini  aniqlashga  imkon 

beradigan tizimli metodlar majmuasidir" 

 

Bu  ta'riflar  tahlilidan  pedagogik  texnologiya    natijani  qo'lga  kiritish  uchun  ta'lim 



doirasida  zarur  bo’lgan  vositalar  tizimini  rejalashtirish  va  tatbiq  etish  degan  xulosaga 

kelish mumkin. 

Ta'lim  texnologiyasi  deganda  ta'limning  belgilangan  maqsadi  va  talabaning  bilim 

darajasiga ko’ra o'quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning 

amalda bo’lishini ta'minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi. 

Ta'lim  texnologiyali  muammolari,  mualliflik  maktablari  va  o'qituvchi-

novatorlarning ulkan tajribalari doimiy ravishda umumlashtirishni va sistemalashtirishni 

talab  etadi.  Sistemani  tashkil  etuvchi  poydevor  asosi  sifatida  pedagogika  uchun  yangi 

bo’lgan  tushunchadan  foydalanish  maqsadga  muvofiq bo'ladi  -    pedagogik  jarayonlarni 

taxlil  qilish  va  loyihalashtirishga  yangicha  "texnologik"  yondoshish  va  "texnologiya". 

Pedagogik  texnologiya  tushunchasi  pedagogik  leksikaga  mustahkam  kirib  keldi.Ammo 

uni  tushunish  va  ishlatishda  turlicha  o'qishlar  katta  farqi  bor.  Bugungi  kunga  kelib 

pedagogik  texnologiya  tushunchasini  300  dan  ortiq  ifodalanishi  mavjud.Pedagogik 

texnologiya mezonlari, aspektlari va qo'llanilish darajalari. 

"Pedagogik texnologiya" lar  uchta aspektlar bilan taqdim etiladi:  

(3-chizma) 

 

     Pedagogik texnologiyalar 

darajalari 

   Umumpeda-gogik 

texnologiya yaxlit 

ta'lim jarayonini 

ifoda qiladi 

  Lokal yoki modul - 

texnologiya o'quv-tarbiya 

jarayoni-ning maxsus 

bo’limlariga texnologiyani 

tadbiq qilishni ifoda qiladi.  

Bu xususiy didaktik va 

tarbiyaviy vazifalarni hal 

qilishga qaratilgan 

  Xususiy metodik - 

texnologiya bir fan 

doirasidagi o'quv-tarbiya 

jarayonini amalga oshirish 

metodlari va vositalaridan 

iborat bo’ladi 

 

 

 

 

29 


 

  Mazkur 



darajalarga  to’liq  izoh  beriladigan  bo’lsa,  umumpedagogik 

(umumdidaktik) daraja:  

umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ta'limning ma'lum 

bosqichida  ushbu  region,  o’quv  yurtida  yaxlit  ta'lim  jarayonini  ifoda  etadi.  Bu  yerda 

pedagogik  texnologiya  pedagogik  tizimga  o’xshashdir:  unga  o’qitishning  maqsadlari, 

mazmuni, vosita va metodlari to’plami, faoliyat ob'ekti va sub'ekti algoritmi kiradi. 

 Xususiy metodik (fan) darajasi: xususiy metodik pedagogik texnologiya "xususiy 

metodik"  ko’rinishida  qo’llaniladi,  ya'ni  bir  fan,  sinf,  o’qituvchi  doirasida  o’qitish  va 

tarbiyalash  ma'lum  mazmunini  amalga  oshirish  uchun  metodlar  va  vositalar  to’plami 

sifatida ishlatiladi. 

  Lokal (modulli) darajasi: lokal texnologiya o’quv-tarbiyaviy jarayonning alohida 

qismlari,  xususiy  didaktik  va  tarbiyaviy  masalalarni  hal  etish  texnologiyasidan  iborat 

(alohida  turdagi  faoliyat,  tushunchalar  shakllantirish,  alohida  shaxsiy  sifatlarni 

tarbiyalash,  dars  texnologiyasi,  materiallarni  takrorlash  va  tekshirish  texnologiyasi, 

mustaqil ishlar texnologiyasi va boshqalar). 

Pedagogik texnologiyaning tuzilishi va mezonlari. 

Dastlabki  ma'ruzalarda    pedagogik  texnologiya  haqidagi  tushunchalardan 

texnologiya  o’quv  jarayoni  -  o’qituvchi  va  o’quvchining  faoliyati,  uning  tuzilishi, 

vositasi, metodlari va shakllari bilan yaqin bog’liqligini ta'kidlab o’tilgan edi.  

Shu nuqtai-nazardan  pedagogik texnologiya tuzilishiga quyidagilar kiradi: 

  1.   Konseptual asosi. 

  2.   O’qitishning mazmunli qismi: 

"o’qitish maqsadlari - umumiy va xususiy, aniq; 

"o’quv materiali mazmuni. 

  3.  Prosessual qismi - texnologik jarayon: 

"o’quv jarayonini tashkil etish; 

"o’quvchilar o’quv faoliyati metodlari va shakllari; 

"materiallarni o’zlashtirish jarayonini boshqarish bo’yicha o’qituvchining faoliyati; 


 

30 


"o’quv  jarayoni  diagnostikasi.har  qanday  pedagogik  texnologiya  ba'zi  bir 

metodologik  talablarga  yoki  texnologiklik  mezonlariga  javob  bera  olishi  kerak. 

Pedagogik texnologiyalarning asosiy sifatlari quyidagilarda ifoda etiladi: 

 

Konsetuallik.  har  bir  pedagogik  texnologiyaga  ta'lim  maqsadlariga  erishish 



falsafiy,  psixologik,  didaktik  va  ijtimoiy-pedagogik  asoslarini  ichiga  oluvchi  ma'lum 

ilmiy konsepsiyaga tayanish xos bo’lishi kerak. 

Tizimlilik.  Pedagogik  texnologiya  sistemalilik  belgilariga  ega  bo’lishi  kerak: 

jarayonning mantiqi, uning hamma qismlari bog’liqligi, yaxlitligi. 

Boshqariluvchanligi o’qitish jarayoni diagnostik maqsadni ko’zlash, rejalashtirish, 

lohalashtirish,  bosqichma-bosqich  diagnostika  qilish,  natijalarni  tuzatish  maqsadida 

vosita va metodlarni o’zlashtirish mumkinligini ko’zda tutadi. 

Samaraliligi.  Zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  aniq  sharoitlarda  mavjud  va 

natijalar  bo’yicha  samarali,  harajatlar  bo’yicha  optimal  bo’lishi,  o’qitishning  ma'lum 

standartiga  erishishni  kafolatlashi  kerak  (ya'ni,  70%  foizdan  ortiq  o’quvchilar  "yaxshi" 

bahoga  va  "a'lo"  bahoga  o’qishlari  kerak,  bu  esa  agarda  sinfda  25  ta  o’quvchi  bo’lsa  - 

shundan  19 tasi deganidir). 

Qayta  yangilanishi  pedagogik  texnologiyani  boshqa  bir  turdagi  ta'lim 

muassasalarida, boshqa sub'ektlar bilan qo’llanilishini (takrorlanishini, qayta tiklanishini) 

nazarda tutadi. 

Tekshirish uchun savollar: 

1.Pedagogik texnologiyalar asosiy darajalarini aytib bering. 

Pedagogik texnologiyalar 

mezonlari 

 

Texnologik sxema  



  Ilmiy asos 

Qaytuvchan aloqa 

Tizimlilik  

Samaradorlilik 

 

Boshqaruvchanlik  


 

31 


2.Pedagogik texnologiya tuzilishiga nimalar kiradi. 

3.Pedagogik texnologiyalarga talablar (texnologikligi mezonlarini) ifodalab bering. 

4.Ta'limning  falsafiy  asosi  va  mazmunli  konteksti  o’rtasidagi  o’zaro  bog’liqlik 

nimadan iborat. 

5.Umumpedagogik  texnologiyalardagi  asosiy  falsafiy  konsepsiyalar  bo’  shva 

kuchli tomonlarini taxlil qiling. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

32 



4-mavzu: Kasbiy fanlarni o`qitishda ta’lim metodlari  

Reja: 

1.

 



Kasbiy fanlarni o`qitishda ta’lim metodlarining o`rni 

2.

 



Kasbiy fanlarni o`qitishda ta’lim metodlarining mazmun va mohiyati 

3.

 



Kasbiy fanlarni o`qitishda ta’lim metodlarini tanlash 

 

Ta’lim  metodlari:  tushuncha,  funksiya,  tasnif.  «Metod»  so’zining  yunoncha 

tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo’li» kabi ma’nolarni anglatadi.  Filofosiya 

lug‘atida  ushbu  tushuncha  umumiy  tarzda  «maqsadga  erishish  usullari»

1

  deya 



sharhlangan. 

«Ta’lim  metodlari  dastlab  pedagog  ongida,  muayyan  yo’nalishdagi  faoliyatning 

umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo’ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o’qituvchi va 

o’quvchilar faoliyatining o’zaro tutashuvi, o’qitish va o’qishga qaratilgan aniq harakatlar, 

amallar  yoki  usullar  majmuasi  sifatida  joriy  etiladi.  Metod  boshqa  shakllarda  namoyon 

bo’lmaydi,  buning  boisi  ta’lim  metodi  o’zida,  umumiy  holda  faoliyatning  didaktik 

modelini  ifoda  etadi»

1

.Qayd  etilayotgan  tushuncha  mohiyatini  to’laqonli  yorituvchi 



ta’rifni aniqlashga bo’lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari 

surilmoqda.  Biroq,  «ta’lim  metodi»  tushunchasi  mohiyatini  yoritishga  nisbatan  turlcha 

qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o’zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. 

Aksariyat  mualliflar  «ta’lim  metodlari  o’quvchilarning  o’quv-bilish  faoliyatini  tashkil 

etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida 

qo’llanilib,  uning  samarasini  ta’minlovchi  usullar  majmuidir.  Ta’lim  metodlari  ta’lim 

maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o’zlashtirish yo’llari 

ifoda  etiladi,  o’qituvchi  va  o’quvchilarning  o’zaro  harakati,  xususiyati  aks  ettiriladi. 

Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo’lsa, boshqa 

tomondan,  boshqariluvchan  o’qish  faoliyatini  amalga  oshirish  sharti  hisoblanadi.Ta’lim 

metodlari  doimo  u  yoki  bu  o’qish  vositalari  yordamida  joriy  etiladi,  shu  bois  ularning 

o’zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim 

ham  o’qituvchining  dars  boshida  belgilagan  maqsadiga  mos  kelavermaydi.  Ta’lim 

maqsadi  o’qituvchi  va  o’quvchilar  faoliyati  asosida,  shuningdek,  ta’lim  vositalari 

yordamida  natijalanadi,  ushbu  jarayonda aniq  maqsadga  yo’naltirilgan  mexanizm  ishga 

tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi 

mexanizm  asosida  hamda  mavjud  tarkibiy  unsurlarni  qanday  ishga  solish  mumkinligini 

ifodalashga xizmat qiladi. 

Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi: 

 

 



 

 

 



 

 

 



                                                 

1

 Философский словарь. 5-изд. //Под ред. П.Т.Фролова. – Москва, 1987. – с. 278. 



1

 Ларнер И.Я. Дидактические основў методов обҳения. – Москва, Педагогика, 1981. – с. 35. 

Ta’lim metodlari 

Motivatsiyali 

Rivojlantiruvchi 

Tashkiliy 

Tarbiyaviy 

Ta’limiy 

7 - чизма. Тарбия методларининг асосий функциялари 

 

33 


 

 



 

 

Bu funksiyalar ta’lim metodini qo’llash jarayonida, bir-biridan ajratilgan holda yoki 



ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o’zaro singib ketadi. Misol uchun, 

tashxisli funksiya o’qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga 

bajariladi.«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko’p hollarda «metodik usul» 

(sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasi ham qo’llaniladi. U ta’lim 

metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida 

qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini 

chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga 

imkon bermaydi, biroq o’qituvchi faoliyatida tez-tez qo’llaniladigan usullarni ajratib 

ko’rsatish mumkin: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Har  bir  metod  ma’lum  ta’limiy  vazifani muvaffaqiyatli  hal  etish,  qolganlari  esa 

birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois 

darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin. 

Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi: 

-

 



didaktik maqsad asosida; 

-

 



ta’lim mazmuni asosida; 

-

 



o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida

-

 



o’qituvchining tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasi asosida. 

O’qituvchi  tomonidan  qo’llanilayotgan  ta’lim  metodlari  majmuasi  boshlang‘ch 

sinflardan  yuqori  sinflarga  o’tish  asosida  o’zgarib  hamda  murakkab  xususiyat  kasb  eta 

boradi.  Ushbu  jarayonda  ayrim  metodlarni  qo’llash  chastotasi  oshsa,  ayrim  metodlarni 

qo’llashga  bo’lgan  ehtiyoj  kamayadi.  Ta’lim  metodlaridan  foydalanish  ko’lami,  holati 

o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasiga bog‘liq holda o’zgaradi. 

Didaktikada  munozaralarga  sabab  bo’layotgan  yana  bir  muhim  ob’ekt  ta’lim 

metodlarining  tasnifidir.  «Ta’lim  metodlari  tasnifi  ularning  ma’lum  belgilari  bo’ycha 

tartibini  ifodalovchi  tizimdir.  Hozirgi  vaqtda  o’nlab  ta’lim  metodlari  ma’lum»,  - 

ekanligini  ta’kidlagan  holda  I.P.Podlaso’y  fikrini  quyidagcha  davom  ettiradi,  -  «Biroq 

bugungi  kunda  yetakchi  sanaluvchi  didaktik  g‘oya  yagona  va  o’zgarmas  metodlar 

majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish  – 

Metodik usullar 

Masalani o´rganish 

Namoyish (ko`rgazmali, ob’ektiv – 

tajriba, amaliy va aqliy harakatni 

namoyish etish, hokazolar) 

Yo`l-yo`riq ko`rsatish 

Topshiriq berish 

Metodik usullarning turlari 


 

34 


favqulodda  harakatchan,  dialektik  jarayon.  Metodlar  tizimi  ham  bu  harakatlanishni  aks 

ettiradigan  darajada  jo’shqin  bo’lishi,  metodlarni  qo’llash  amaliyotidagi  doimiy 

o’zgarishlarni hisobga olishi kerak»

1

.   


Ta’lim  metodlarini  tanlash  muammosi  uzoq  davrdan  buyon  tadqiq  qilib 

kelinmoqda.  Biroq  tadqiqotlar  soni  ko’p  bo’lsada,  bu  borada  yagona  to’xtamgan 

kelinmagan.  Ushbu  o’rinda,  ta’lim  amaliyotida  qo’llanilib  kelayotgan  metodlar  tizimi 

(tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz. 

Mualliflar  tavsiya  etilayotgan  metodlarni  quyidagi  chizma  bo’ycha  qo’llash 

maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydilar: 

1.

 

Materialni  og‘zaki  bayon  qilish  (hikoya,  tushuntirish,  maktab  ma’ruzasi). 



O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish o’qituvchining tushuntirishini faol qabul 

qilish  va  puxta  o’ylash  evaziga  amalga  oshiriladi.  Bilimlarni  uzatish  vositasi  sifatida 

o’qituvchi  nutqi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bu  o’rinda  o’qituvchining  o’quvchilar 

faoliyatiga  rahbarligi  mavzuni  qo’yish,  rejani  e’lon  qilish,  o’quvchilar  faoliyatini 

boshqarishdan iborat bo’ladi. 

2.

 



Suhbat.  O’quvchilar  tomonidan  bilimlarni  o’zlashtirish  jarayoni:  ular 

e’tiboriga havola etilayotgan savolning mohiyatini anglash, mavjud bilimlar va tajribani 

safarbar  qilish,  savolga  oid  ob’ektlarni  o’zaro  taqqoslash,  puxta  o’ylash  va  savollarga 

to’g‘ri javob tayyorlashdan iborat. 

O’qituvchining rahbarligi: mavzuni qo’yish, savollarni ifodalash, berilgan javoblarni 

tuzatish, to’ldirish va umumlashtirish kabi holatlarda namoyon bo’ladi. 

Suhbat metodi yordamida bilimlarni o’zlashtirishda o’quvchilar mavjud bilimlari va 

tajribalariga tayanadilar. 

3.

 

Darslik  (umuman,  kitob)  bilan  ishlash  (umumlashma  va  xulosalarni 



anglash, ularni xotirada saqlashga xizmat qiladi). 

Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib bosma matn xizmai qiladi. O’qituvchining 

rahbarligi esa topshiriqni ifodalash, faoliyat maqsadini belgilash, o’quvchilarga darslik 

bilan ishlashning yangi usullarini o’rgatish, o’zlashtirilgan bilimlarning tushunilish va 

mustahkamlik darajasini tekshirish kabi ko’rinishlarda aks etadi.  

4.

 



O’qituvchilarning  kuzatuvi  (sinfda  va  sinfdan  tashqari  (shu  jumladan, 

sayohat va ekskursiyalar) jarayonlarda). 

O’quvchilarning o’quv predmetlari bo’ycha o’zlashtirish holati va hodisalarni kuzata 

borib, turli fan o’qituvchilarining ko’rsatmalari bo’ycha ularni qismlarga taqsimlab har 

bir o’quvchining o’ziga xos, o’xshash va muhim jihatlarini aniqlashga yo’naltiriladi. 

Bilimlarni o’zlashtirish manbai bo’lib muayyan predmet (yoki jarayon), tajriba, model, 

xaritalar xizmat qiladi. O’qituvchining rahbarligi kuzatish vazifasini belgilash, uni 

ma’lum shaxs zimmasiga yuklash, ob’ektni belgilash, umumiy rahbarlikni olib borish, 

qismlarga ajratish, asosiylarini aniqlash va umumlashtirishdan iboratdir. 

5.

 



Laboratoriya ishlari. Mazkur jarayonda aniq vazifa, ya’ni, ma’lum sharoitda 

muayyan  hodisalarni  kuzatish  yuklanadi.  O’quvchilar  hodisalarni  kechish  jarayonini 

kuzatadilar va tahlil qiladilar. 

                                                 

1

 

Подласый И.П. Педагогика, Кн. 1. – Москва, ВЛАДОС, 1999. – с. 475-476.  


 

35 


Bilimlar manbai kuzatilayotgan hodisalar va ularning kechish jarayonidir. O’qituvchi 

vazifa mohiyatini ifodalaydi, o’quvchilarni nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, 

umumiy jarayon va bosqchlarni kuzatish yo’llari hamda yakuniy xulosa chiqarishni 

o’rgatadi. 

6. Mashq (aqliy va faoliyatli mashqlar). O’quvchilar tomonidan bilimlarni o’zlashtirish 

jarayonining o’ziga xosligi, nazariy asoslar o’zlashtirilgach, ayrim materiallardagi 

o’xshash harakatlarning ko’p bora takrorlanishi kuzatiladi. 

Bilimlar manbai: o’zlashtirilgan bilimlar va xususiy tajriba sanaladi. 

O’qituvchi mashqni bajarish uchun joy hamda vaqtni belgilaydi, topshiriqni ifodalaydi, 

uni bajarish bosqchlarining borishini nazorat qiladi, boshqaradi, shuningdek, yakuniy 

natijalarni tekshiradi. 

7.  Ijodiy  mashq.  Ushbu  metod  o’ziga  xos  xususiyatga  ega  bo’lib,  o’ziga  xoslik 

masalaning  mohiyatini  chuqur  anglash,  uni  bajarishga  nisbatan  mustaqil  yondashish, 

dalillarni saralash va o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni ijodiy bajarish jarayonida 

bilimlarni qo’llash va kengaytirish kabi holatlar bilan tavsiflanadi. 

Bilimlar  manbai  va  materiali  sifatida  avval  egallangan  ijodiy  ishlar  tajribasi, 

mavjud  bilimlar,  kuzatuvlar,  shaxsiy  tajriba,  o’qilgan  hikoya,  ijtimoiy-foydali  ishlarni 

boshqarish kabilar qayd etiladi. 

O’qituvchining  rahbarligi:  nazariy  materiallarni  o’zlashtirilishini  ta’minlash, 

mavzuni  ifodalash,  ijodiy  ishlar  xarakterini  belgilash,  ularning  bajarilishini  nazorat  va 

tahlil qilish, sintezlash, xatoni ko’rsatish hamda to’g‘rilashdan kabi holatlarda namoyon 

bo’ladi

1



Keltirilgan tasnif «bilimlar manbai» bo’ycha tizimlashtirilgan metodlar – og‘zaki, 

ko’rgazmali va amaliy metodlarni u yoki bu darajada o’zida mujassamlashtiradi. Biroq, 

M.A.Danilov  va  B.P.Esipovlar  asosiy  e’tiborni  «ta’lim  metodini  to’g‘ri  tanlash»ga 

qaratishadi.  Gap  shundaki,  sobiq  SHo’ro  umumta’lim  maktablarining  o’quv  jarayonida 

metodlarning  cheksiz  ko’pligi,  xatto  ularni  bir  necha  tasnif  bilan  ham  qamrab  olish 

mumkin emasligi, shu boisdan ham o’quv-tarbiyaviy ishlar muvaffaqiyatining bosh omili 

va  eng  muhimi  to’g‘ri,  asoslangan  metodni  tanlash  hisoblangan,  Ana  shu  «g‘oya» 

mohiyat jihatidan noto’g‘ri bo’lishiga qaramay, o’n yillar davomida didaktika «rivoji»da 

muhim o’rin tutib keldi. Nihoyat, har ikki tasnif bilimlar manbai bo’ycha ham, didaktik 

maqsadlar  bo’ycha  aniqlangan  ta’lim  metodlari  tizimi  maktab  amaliyotining  asosiy 

muammosini  hal  eta  olmasligiga  tanqidiy  yondashildi,  ularni  qo’llash  ta’lim  sifatining 

yuqori darajasini ta’minlaganligi anglab yetildi va bu boradagi izlanishlar davom ettirildi. 

O’tgan  asrning  80-yillaridan  boshlab  o’quvchilarning  bilish  faoliyati  xarakteriga  mos 

ta’lim tasnifi yaratildi. 

Ushbu  metodlar,  mualliflarning  ta’kidlashlarcha,  bir-biridan  o’quvchilarning 

ta’lim mazmuni turlarini o’zlashtirishda amalga oshadigan bilish faoliyatlari xarakteri va 

o’quvchilarning  xilma-xil  faoliyatlarini  tashkil  etuvchi  o’qituvchi  holati  ...  bo’ycha 

farqlanadi

1



Izohli-tasvirli  ta’lim  metodlari  (boshqa  nomlanishi  axborotli-repsepsiya)ning 



mohiyati:  odatda  nazariy  bilimlar  tayyor  holda  uzatiladi,  o’quvchilar  esa  ularni  qabul 

                                                 

1

 Данилов М.А., Есипов Б.П. Дидактика. – Москва, Изд-во АПН РСФСР, 1957. 



1

 Дидактика средней школў //Под ред. М.Н.Скаткина. – Москва, Просвеҳение, 1982. – с. 207. 


 

36 


qiladilar  (repsepsiya).  Bu  yo’lda  turli  ta’lim  vositalari  (shu  jumladan,  ko’rgazmali 

vositalar)dan foydalaniladi. O’qituvchi faoliyati bunda nafaqat axborotlarni uzatish, balki 

ularning o’quvchilar tomonidan qabul qilinishini ham tashkil etishdan iborat bo’ladi. 

Izohli-tasvirli  metoddan  ta’lim  jarayonlarida  foydalanishda  quyidagi  holatlar 

yuzaga keladi: 

 

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi 



O’quvchi faoliyatining tuzilmasi 

-

 



tushuntirish; 

-

 



ќarakatni ko’rsatish; 

-

 



dalillardan xabardor qilish; 

-

 



o’quvchining 

materialni 

anglab 

yetishini 



rag‘batlantirishga 

yo’naltiruvchi usullar; 

-

 

turli 



didaktik 

materiallardan 

foydalanish 

-

 



axborotlarni qabul qilish; 

-

 



o’quv materialini tushunib olishga 

intilish 

va 

dastlabki 



ma’lumotlarni yodda saqlash; 

-

 



o’quv materialini tushunish 

  

Reproduktiv  ta’lim  metodlari  yuqorida  keltirilgan  metodlardan  quyidagi 



unsurlarning  mavjudligi  bilan  farqlanadi:  o’qituvchining  bilimlarni  tushuntirishi,  ularni 

o’quvchilarning yodida saqlanishini ta’minlashi  va qayta ishlab chiqishi (reproduksiya). 

O’zlashtirilgan bilimlarning  mustahkam  bo’lishiga  ularni  ko’a  marta  takrorlash  evaziga 

erishiladi.  Mazkur  metod  ta’limning  barcha  bosqchlari,  asosan,  boshlang‘ch  sinflarda 

o’qish  va  yozish,  arifmetik  harakatlarni  amalga  oshirish  ko’nikmalarini  o’zlashtirishda 

muhim o’rin tutadi. 

Reproduktiv  metoddan  foydalanishda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  tomonidan 

quyidagi harakatlar tashkil etiladi: 

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi 

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi 

-

 

avval  o’zlashtirilgan  mavzu,  paragraf 



yoki bob bo’ycha so’rov; 

-

 



o’quvchilar  uchun  turli  mashqlarni 

saralash va taklif qilish

-

 

masalalarni 



yechishdagi 

o’quv 

harakatlarining  namunasi  va  algoritmini 

namoyish qilish; 

-o’quv 

harakatlari 



ko’nikmasi 

va 

malakasini shakllantirish 

-

 



turli  konteksda  bilimlarni  qayta 

ishlash; 

-

 

namuna  bo’ycha  topshiriqlarni 



bajarish; 

-

 



mashqlarni bajarish; 

-

 



namunaviy  masalalarni  yechish 

usullarini egallash; 

-

 

namunaviy  masalalarni  yechish 



algortmini egallash 

  

Evristik  ta’lim  metodini  qo’llashda  o’qituvchi  tomonidan  turli  vositalar 



yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini 

o’quvchilarga  ma’lum  qiladi,  qolganini  esa  o’quvchilar  bilish  topshiriqlarini  yechish 

jarayonida  savollarga  javoblar  topish  asosida  o’zlashtiradi,  o’zlari  bilimlarni  mustaqil 

egallashadi.  O’qituvchi  tomonidan  qo’yilgan  masalani  bir  necha  qarashlarga  ajratilishi, 

ularni  bajarishda  o’quvchilarning  ketma-ketlikka  rioya  etishlari  muhim  metodik  jihat 

sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi. 


 

37 


Evristik  metodni  qo’llashda  o’qituvchi  va  o’quvchilar  tomonidan  quyidagi 

harakatlar amalga oshiriladi:  

  

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi 



O’quvchi faoliyatining tuzilmasi 

-

 



o’quvchilarni  masalaning  mohiyatini 

o’rganishga jalb etish; 

-

 

yechim  rejasini  aniqlashda  mulohaza 



yuritish  namunasini ko’rsatish; 

-

 



masalani bosqchlarga ajratish; 

-evristik suhbat 

-

 

evristik suhbatda qatnashish; 



-

 

masalani  yechish  rejasini  olg‘a 



surish; 

-

 



izlanuvchan  harakat  usullarini 

egallash; 

-

 

masalalar  yechish  yo’llarini 



izlab topish 

 

Muammoli metodning mohiyati  mashg‘ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni 



yaratish  va  yechishdan  iborat  bo’lib,  uning  asosida  didaktik  ziddiyatlar  yotadi. 

Ziddiyatlarni  bartaraf  etish  nafaqat  ilmiy  bilish  yo’li  balki,  shu  bilan  birga  o’quv  yo’li 

hamdir. Bu metodni quyidagi chizma yordamida ifodalash mumkin: 

 

 



 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



Muammoli  ta’lim  konsepsiyasining  asosiy  tushunchalari  «muammoli  vaziyat», 

«muammo»,  «muammoni  topish»    kabilar  hisoblanadi.  CHizmadan  anglanadiki, 

muammoli  vaziyat  bu  metodning  dastlabki  ko’rinishi  hisoblanib,  o’zida  sub’ektning 

aniq  yoki  qisman  tushunib  yetilgan  muammoni  ifodalaydi,  uni  bartaraf  etish  yangi 

bilimlar,  usullar  va  harakat  ko’nikmalarini  o’zlashtirishni  taqozo  etadi.  Agar 

o’quvchida  qiyinchiliklarni  yo’qotish  yo’llarini  izlab  topish  uchun  boshlang‘ch 

ma’lumotlar  bo’lmasa,  shubhasiz,  muammoli  vaziyat  yechimini  u  qabul  qilmaydi, 

ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini 

tushunib  yetilishi,  ifodalanishi,  mavjud  bilim  va  ko’nikmalar  majmuasi  va  izlanish 

tajribasi  asosida  muammoli  vaziyatni  qabul  qilish  bilanoq  boshlanadi.  Bu  holda 

muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida 

namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.Mazkur 

metoddan  foydalanish  jarayonida  muammo  yechimini  topishga  yordam  beruvchi 

yo’nalishlar  ko’rsatilmaydi  va  chegaralanmaydi.  Bu  xususiyat  muammoli  masalaga 

Muammoli tizim 

Ziddiyatlar  

Vaziyat  

Usullar  

Muammoli vaziyat 

 


 

38 

xosdir.  Muammoda  yechimning  qandaydir  parametrlari  ko’rsatilsa,  u  muammoli 

masala  hisoblanadi.  Har  qanday  muammoli  topshiriq  ma’lum  muammoni,  demak, 

muammoli  vaziyatni  ham  qamrab  oladi.  Biroq,  yuqorida  ta’kidlanganidek,  barcha 

muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal 

yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, 

ya’ni,  uning  yechimi  uchun  o’zidagi  bilimlar  tizimiga  tayanadi  va  ma’lum 

ko’rsatishlarni  belgilab  oladi.  Muvaffaqiyatsizlikka  uchragan  taqdirda  u  boshqa 

ko’rsatkchlarni  qidiradi  va  shu  muammo  bo’ycha  yangi  variantlardagi  masalalarni 

loyihalaydi. 

Ta’lim  jarayonida  muammoli  metodni  qo’llashda  o’qituvchi  va  o’quvchilar 

tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:  

 O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi 

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi 

-

 



o’quv  materialiga  oid  tafovutlarni 

taklif etilishi

-

 

muammoli vaziyatlarni tuzish; 



-

 

muammoning mavjudligini aniqlab 



berish; 

- muammoli topshiriqlarni loyihalash 

-

 

o’quv  materiali  mohiyatining  anglab 



yetilishi; 

-

 



muammoli vaziyat yuzasidan fikrlash; 

-

 



mavjud  bilimlar  va  tajribani  qayta 

tiklash; 

-

 

muammoli masalaga o’tkazish; 



-

 

topshiriqni bajarish 



     

Tadqiqotchilik  o’qitish  metodini  qo’llashda,  o’qituvchi  o’quvchilar  bilan 

hamkorlikda  hal  etilishi  zarur  bo’lgan  masalani  aniqlab  oladi,  o’quvchilar  esa  mustaqil 

ravishda  taklif  etilgan  masalani  tadqiq  etish  jarayonida  zaruriy  bilimlarni  o’zlashtirib 

oladilar  va  uning  yechimi  bo’ycha  boshqa  vaziyatlar  bilan  taqqoslaydi.  O’rnatilgan 

masalani  yechish  davomida  o’quvchilar  ilmiy  bilish  metodlarini  o’zlashtirib 

tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko’nikmasi, tajribasini egallaydilar. 

Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o’qitish metodini qo’llashda o’qituvchi va 

o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:  

  

O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi 



O’quvchi faoliyatining tuzilmasi 

-

 



o’quvchilarga 

o’quv 

muammosini taklif etish; 

-

 



o’quvchilar  bilan  hamkorlikda 

tadqiqot masalasini o’rnatish; 

o’quvchilarning  ilmiy  faoliyatini 

tashkil etish 

-

 

o’quv  muammolari  mohiyatini  anglab 



olish; 

-

 



tadqiqot  muammosini  o’qituvchi  va 

o’quvchilar  bilan  birgalikda  o’rnatishda 

faollik ko’rsatish; 

-

 



ularni yechish usullarini topish; 

-

 



tadqiqiy  masalalarni  yechish  usullarini 

o’zlashtirish  

  

Evristik va tadqiqotchilik metodlari o’quvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi 



yuqori  darajadagi  bilish  faoliyatini  tashkil  eta  olish  ko’nikma  va  malakalariga  ega 

bo’lishni taqozo etadi. Buning natijasida o’quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni 


 

39 


o’zlashtira  oladilar.  Ular  odatda  yuqori  sinf  o’quvchilarining  o’zlashtirish  darajalarini 

hisobga  olgan  holda  ma’lum  holatlarda  qo’llaniladi.  Ushbu  metodlardan  boshlang‘ch 

sinflarda  foydalanish  amaliyotchi-o’qituvchilarning  fikrlariga  ko’ra  bir  muncha 

murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo’naltirilgan ta’limni faol 

joriy  etishga  yo’naltirilgan  ijtimoiy  harakat  amalga  oshirilayotgan  mavjud  sharoitda 

ushbu  yo’nalishdagi  loyihalarni  tayyorlash  o’ziga  xos  dolzarb  ahamiyatga  ega  bo’lib 

bormoqda. 

SHunga  qaramasdan  bu  tasnif  maktab  amaliyotida  birmuncha  keng  tarqalgan  va 

pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner 

asarlari asosida ilmiy tadqiqot

1

 ham amalga oshirilgan. SHuningdek, V.F.Palamarchuk va 



V.I.Palamarchuklar  ta’lim  metodlarining  uch  o’lchovli  modelini  taklif  qilishgan.  Unda 

bilimlar  manbai,  o’quvchilarning  bilish  faolligi  va  mustaqillik  darajasi  hamda  o’quv-

bilishning mantiqiy yo’li yaxlit tarzda chog‘ishtiriladi. 

S.G.SHopavalenko  ta’lim  metodlari  tasnifini  to’rt  belgi  asosida  asoslovchi 

quyidagi tetroeddik yondashuvni taklif etadi: 

1)

 



mantiqiy-mazmunli; 

2)

 



manbali; 

3)

 



mazmunli; 

4)

 



tashkiliy boshqaruvchi. 

I.P.Podlaso’y  birmuncha  keng  tarqalgan  ta’lim  metodlari  tasnifiga  yaqinlashar 

ekan, quyidagi fikrni ta’kidlaydi: «Boshqa bir qator ta’lim metodlari tasnifi ham mavjud. 

Masalan,  nemis  didakti  L.Klinberg  ta’lim  jarayonida  metodlarni  hamkorlik  shakllari 



bilan uyg‘unlashtirishga alohida urg‘u beradi»
Download 33.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling