Tavorix ul-xavonin
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
10-amaliy
BADIIY-TARIXIY QOʻLYOZMA ASARLAR Reja: 1. Badiiy-tarixiy asarlari matniy tadqiqi 2.“Tavorix ul-xavonin”ning matniy qiyosi Muallif biror davr voqealarni yoritish uchun mazkur mualliflarning asarlaridagi tarixiy voqealar bayonidan foydalangan bo‘lsa ham, ularni to‘lig’icha keltirmay, faqat asosiy mazmunini berish, zarur hollarda mavjud nazmiy misralarni olish bilan kifoyalangan. Komyob asarini u foydalangan asar bilan qiyoslaganimizda “Tavorix ulxavonin” mundarijasi salaflari asarlari mundarijasini takrorlashi bilan birga asar tili va bayon uslubida ham o‘xshashlik mavjudligi seziladi. Xususan, Munisning “Firdavs ul-iqbol” asari besh bob va xotimadan iborat bo‘lishi nazarda tutilgan. Asar Sharq tarixnavislarining an’anaviy tarzda hamd, na’tdan keyin muallifning o‘zi va kitobning yozilish sabablari haqidagi ma’lumotlardan so‘ng asosiy qismga kirishilgan. Birinchi bob-Odam atodan Nuh payg’ambar avlodigacha bo‘lgan hodisalar haqida, ikkinchi bob - Yofasdan Qo‘ng’irot sho‘basigacha bo‘lgan mo‘g’ul hukmdorlari haqida, uchinchi bob - Qurlos avlodiga mansub podshohlar davrida sodir bo‘lgan voqealar haqida, to‘rtinchi bobda Eltuzarxonning ota-bobolari haqida va beshinchi bobda Eltuzarxonning tug’ilishidan to asar yozilib tamom bo‘lishiga qadar bo‘lgan voqealar qalamga olingan. Xotimada muallif Eltuzarxon davri olim, shoir, usta, rassom va o‘sha davrning ko‘zga ko‘ringan kishilari haqida ma’lumot berishni ham maqsad qilgan. Lekin, asar nihoyasiga yetkazilmaganligi sababli rejalashtirilgan ma’lumotlar kirmay qolgan. Chunonchi, Bayoniy “Shajarai xorazmshohiy”da mazkur ishning amalga oshmay qolganligini quyidagicha achinish bilan qayd etgan: “Munis mirob xotimada ul asrdag’i avliyoyu izom va ulamoyi kirom va umaroi zulihtishom va sohibi davlat beklar va zakiy tab’ shoirlar va donishmand va fozillar va Falotunfitrat xiradmandlarning va yana ul ovonda zuhurig’a yetkan ba’zi umuri g’aribaning zikrin aytmakchi erkan. Allohqulixon aytadurlarkim, oning xotimasin ham muallifning maqsudicha bayon etkin. Bu kunda haqirg’a ul qudrat yo‘qdur. Tokim xotimani ul zoti shariflarning holatlari zikri bila tamom etolg’aymen. Navuchunkim, ul voqeot kitob qaydig’a kirmay qolibdur. Ba’zi ahd sababidin oni bilur kishi ham yo‘q turur. Darig’kim, umr qisqadur” . Ogahiyning “Riyoz ud-davla” asarida esa, 1825 yildan 1842 yilgacha Allohqulixon Xiva xonligida hukmronliq qilgan davrda ro‘y bergan voqealar yoritilgan. “Zubdat uttavorix”ida 1842 yildan 1846 yilgacha Rahimqulixon hukmronlik davridagi voqealar bayon qilingan. “Jome ul-voqeoti sultoniy”da 1846-1855 yillar oralig’ida hukmronlik qilgan Muhammadaminxon, Sayid Abdulloxon va Qutluqmurodxonlarning xonlik davri qalamga olingan. “Gulshani davlat”da Sayid Muhammadxon davri (1856-1865), “Shohidi iqbol” Muhammad Rahimxon ikkinchining hukmronli davri (1865-1910) voqealarini qamrab olgan . “Shajarai xorazmshohiy”ning mundarijasi ham o‘ziga xos. Asar o‘n olti bobdan iborat. Birinchi bob-Odam alayhis salomdan Nuh avlodigacha. Ikkinchi bob-Yofasdan - Qo‘ngg’irot sho‘basigacha o‘tgan Mo‘g’ul xonlari haqida. Uchinchi bob Qurlos avlodidan xon bo‘lganlar haqida bo‘lib, ularning oxirgisi Abulg’ozixondir. To‘rtinchi bobEltuzarxonning ota va bobolari haqida. Beshinchi bob- Muhammadamin inoqning hukmronlik vaqtidagi voqealar haqida. Oltinchi bob- Avazbiy inoqning qilgan ishlari haqida. Yettinchi bob-Eltuzarning avlodlari va uning davrida bo‘lgan voqealar. Sakkizinchi bob–Muhammad Rahim birinchi hukmronligi davri voqealari haqida. To‘qqizinchi bob-Allohquli hukamronligi davridagi voqealar. O‘ninchi bob-Rahimquli hukmronligi davri, o‘n birinchi bob- Muhammadaminning hukmronligi, o‘n ikkinchi bobAbdullaxonning hukmronligi, o‘n uchinchi bob-Qutluqmurodxonning hakmronligi, o‘n to‘rtinchi bob- Sayid Muhammadxon, o‘n beshinchi bob-Muhammad Rahim va o‘n oltinchi bob - Asfandiyorxon davriga bag’ishlangan . “Tavorix ul-xavonin” asari besh bobdan iborat: I bob-Odam atodan Nuh a.s.gacha bo‘lgan davr zikri II bob- Yofasdan qo‘ng’irot urug’i voqeasigacha; III bob- Qurlos avlodidan podshohlik martabasiga yetganlar zikri: IV bob-Qo‘ng’irot podshohlarining va ularning avlodlarining zikri; V bob- Muhammad Amin inoqning avlodlaridan Xorazm mamlakatida podshohlik qilganlarning zikri va xotima. Mundarijadanoq, “Tavorix ulxavonin” salaflari asarlarining mazmunini ayrim jihatlari bilan takrorlashi ko‘rinadi. Asarning birinchi-to‘rtinchi boblari “yig’ma” (boshqa tarixiy asarlardagi voqealar bayoni saralab olingan) xarakterga ega. Shu bilan birga beshinchi bobda Komyob Ogahiyning “Riyoz ud-davla”, “Zubda ut-tavorix”, “Jome’ ul-voqeoti sultoniy” singari har biri bitta hukmdorning faoliyatini yoritishga qaratilgan yirik asarlarining asosiy mazmuninigina berib o‘tgan. Masalan, “Riyoz ud-davla”da 1825 yildan 1842 yilgacha bo‘lgan katta davrda hukmronlik qilgan Allohqulixonning xonlik faoliyati keng ko‘lamda yoritilgan bo‘lsa, “Tavorix ul-xavonin”da uch-to‘rt sahifa hajmida mazkur xon faoliyatiga umumiy baho berib o‘tilgan. Xuddi shuningdek, Ruhimqulixonning davri ham qisaqcha ekskurs bilan cheklanilgan. Ayni chog’da “Tavorix ul-xavonin” Ogahiyning “Shohidi iqbol”, Bayoniyning “Shajarai xorazmshohiy” kabi asarlarining Feruz hukmronligi davrini yoritishda ham bir- birini to‘ldiruvchi ma’lumotlarga ega. Xususan, asarning qimmatli bo‘lgan qismi - muallifning o‘z hayoti hamda ijtimoiy muhit to‘g’risida ma’lumot beruvchi bir maqola va xotima qismidir. “Tavorix ul xavonin” ana shu jihati bilan Munisning “Firdavs ul-iqol”ining amalga oshirilmagan qismni yodga soladi. Bu qismda Komyob xon oilasi a’zolarining hayoti, xonlikning rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi, shuningdek, o‘z davrining eshon va shayxlarning davlat boshqaruviga ta’siri, karomatlari, mavjud tasavvufiy tariqatlar, ularning turmush tarzi, suluk odob- axloq qoidalari kabi masalalar haqida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Jumladan, asarda Umar eshon degan shaxs to‘g’risida so‘z borganda quyidagicha yozadi: “... Umar eshonimiz marhumiy bilan otam mag’furiy qiyomatlik ota va o‘g’il erdilar. Bizlar shul jihatdin eshon bobo der erdik. Men aksar vaqtlar kichik zamonimda ul hazratning muborak bobarakot yonlarida bo‘lar erdim. Ul buzrukvorni bilgich odamlar zamonining qutbi der erdilar. Filvoqe’, rost deyilsa ham, yolg’on bo‘lmas ehtimoli bor. Valoyat maqomin makon etgan erdilar. Andoqkim, bir kun otamni ko‘rgali kelganlarida So‘fi sarhang yo‘lida ayvonchada o‘ltirg’on erkan. Turib salom berib, yana joyida o‘ltirib, ko‘ngliga keltiribdurkim, agar valiy bo‘lsa, mulozamatlik etib, bu joyg’a kelmas erdi, deb. Ul hazrat qoytib chiqqonlarida yana turib salom berib, qo‘l qovushturub turdilar. Yonig’a kelgan vaqtlarida turib, to‘bix (dakki berish) va sarzanish bila dedilarkim, So‘fi otini ko‘targuncha, ko‘nglingni rostla. Podshohlarning dargohig’a yaxshi ham yamon ham kelurlar. Hatto, hazrati Xizr alayhissalom ham kelur”, - deb u kishi bilan bog’liq qiziqarli voqeani bayon qilgan. Qatag’on mavzesida yashovchi mashhur obid va zohid Ismoilxo‘ja eshonning qay tarzda ibodat bilan shug’ullanishi, turmush tarzi xususida, chotko‘frikli hazrati Ibodullo eshon doxil bo‘lgan so‘fiylik tariqatining zikr tushish odobini bayon qilishga e’tiborini qaratadi. Yana “Eshon chafidog’i hazrati Sayid Abdullo pirimiz bila munosabatim bor erdi. Goh banogoh yonimg’a kelur erdilar. Toki otni yalg’otib, ko‘pincha ot ustida guzar etar erdilar. Va goh uylaridan tashqarig’a chiqmayin besh-olti oy o‘lturur erdilar. Chihilladin chiqg’on kunlari semirib, ot chekmas yanglig’ bo‘lib, “hoy-hu” deyub, ot chopib, besh-olti oy kezib, oriqlab, qoq ustixon bo‘lib, yana chihilla o‘lturur erdilar”, - deb yozadi. Komyob hazorasplik piri hazrati Muhammadsharif va uning naqshbandiya sulukida ekanligi hamda qalandarxonada maqom tutganligini bildirib: “Tarki dunyo aylamak bo‘lsa qalandar varzishi, Jumladin Haq yonida ortuqdur oning zebishi” (7717, 201a-varaq) misralarini keltirib o‘tadi. Bu bilan muallif qalandar odobi qay yo‘sinda bo‘lmoqligiga ishora qiladi. Muallifning G’ozioboddagi hazrati Ulug’jon eshon to‘g’risidagi ma’lumotlari ham nihoyatda ahamiyatli. Ushbu ma’lumotda so‘fiylarning zikr tushish qoidasi borasida so‘z yuritadi: “...Suhbati jahrlari bu tariqada erkan: jahr xalqasig’a ko‘hna so‘fiylari kirib, toza so‘fiylari xalqa tashqarisida turib jahr etar erkanlar... goh-bagoh so‘fiylari bila kelib, ziyofat olib, masjid ichida suhbat tuzub, jahr qilar erdilar”. Xulosa qilib aytganda, “Tavorix ul- xavonin”ning mundarijasi qayd etilgan jihati bilan salaflari asarlaridagi Xiva tarixining ijtimoiy, madaniy, ma’naviy hayotini tadqiq etish, bu davrga oid tarixiy ma’lumotlardagi bo‘shliqni to‘ldirish va mukammalashtirishga xizmat qiladi. Oldingi bobda “Tavorix ul-xavonin”ning 3730/I raqamli qo‘lyozmasi mayda harflar bilan keyinchalik muallif tomonidan ba’zi hollarda voqea tafsilotini mukammallashtirish, ba’zan esa tasvirlarga aniqlik kiritish uchun so‘z, jumla yoki biror abzats darajasida kiritmalar qo‘shganligini aytib o‘tgan edik. Ana shunday kiritmalar ayrim varaqlarning hoshiyasida zich va ketma-ket bir nechtasining kelganligi bois ularni kerakli o‘ringa joylashtirishda murakkablikni tug’diradi. Bu kiritmalarni o‘z o‘rnida joylashtirish uchun kotib aytilayotgan voqeadan xabardor bo‘lish yoki muallifning bevosita ishtiroki asosida qo‘lyozmani ko‘chirishi kerak bo‘ladi. Shu bois 7717 raqamli qo‘lyozmada shu singari kiritmalarning ko‘plari kotib tomonidan tushirib qoldirilgan. Bunday tushirib qoldirilgan kiritmalarning ayrimlari deyarli asar matniga hech qanday putur yetkazmaydi. Lekin, ba’zi tushirib qoldirilgan o‘rinlar voqealar bayoniga bevosita aloqador faktlar bo‘lib, ularning tushib qolishi oqibatida asarning ilmiy qimmati pasayadi. Ana shu sababli ularning ba’zilari kotib, ba’zilari muallif dastxati bilan to‘ldirilgan. Jumladan, muqaddimadagi هگ ی ملع لها ی هغ مه تبحص ميدلوا deb boshlanuvchi masnaviyning bir necha bayti 3730/I raqamli qo‘lyozmada hoshiyada yozilgan bo‘lishiga qaramay 7717 raqamli qo‘lyozmaning kotibi qoldirib ketgan va keyinchalik hoshiyaga ko‘chirib qo‘ygan. 3730/I raqamli qo‘lyozma 15b-varaqning hoshiyasida ushbu baytidan so‘ng: نقذ راس ی موزوک تشوت ی هاگانب ا ودناکي ر ميس غيلماخ هليب هاخليد quyidagi baytlar qo‘shilishi kerakligiga ishora qilingan: هگ هبقر ندرگ ی هگيزوا قيلا هغرقاب سب اجع بي رود قفاوم ي نساق هسسچآ ترشع لامش ی روک روني ردص ی کيدنيديآ لاثم ی ب رونيلي شيع تعفر هدنا هک س بي نيران ی نيريش هدناهج هغيدي هظحل زوک ميدلاس نم نا ی رودبويوق هدتلجح روح نانج ی کلايب کسرت ی نيدنيرسن بوخ لو ی قامراب ی رم بوغ فک بوبحم گنينوم نيديغگنوس نايب نقامليق ی قاشع موزل روديامتيا چيه رياش رد قافآ 3730 /I рақамли қўлёзманинг 17б-варақнинг ҳошиясидаги мана бу қитъа ناطيش ن ی لصا ی ويد نيعل دريا ی تعن ی دلوب ی ببس هغيديرمت وبشوا تبسن ی 7717 raqamli qo‘lyozmaning 20 b-varag’ida dastlab tushirib qoldirilgan. Keyinchalik 3730/I raqamli qo‘lyozma xatiga o‘xshash xat bilan tuzatish kiritilgan. 7717 raqamli qo‘lyozmaning 43b-varag’idagi Tanim Ko‘rgonning zikri faslida, quyidagi “Olti yuz o‘tuz uchda ham debdurlar jahoni foniydin olami boqiyg’a azimat qadamin qo‘yg’ali mubozirot ko‘rguzub, intiqol karnayin chertib, rixlat odig’a suvoriy bo‘lub, ato va bobosining yonig’a bormoqni” jumlasidan so‘ng “or nomus ila” so‘z birikmasi, undan keyin, “tark etib” undan so‘ng “tashlab” so‘zi, “avlodi uchun boshqa bir rohi omma boshlab” jumlasidan so‘ng quyidagi ي نع ی غلوا ی ابا ی مارک ی و دادجا مارتحلااوذ ی رلا ی رط قي هلسلس نيس بلاشوا jumlasi ko‘chirilmay qolib ketganligi uchun 3730 raqamli qo‘lyozmaning 37a- varaqning hoshiyasidagi kiritmalar asosida to‘ldirilgan. 3730/I raqamli qo‘lyozmaning 68a-varag’i hoshiyasidagi quyidagicha boshlangan: لوا ی لوا هقيرط هد و رخآ ی لوب زرط ی قيلناغلوب ی تهج ی نيد deb boshlangan jumla 7717 raqamli qo‘lyozmaning 70b-varag’iga kirmay qolganligi uchun muallif tomonidan ko‘chirib qo‘yilgan. 7717 raqamli qo‘lyozmaning 57a-varaqdagi Oqmon Bahodirning zikri faslida ا سربلي ناخ ا جنگرو جنر جنپ jumlasidan so‘ng 3730 raqamli qo‘lyozmaning 52b- varaqning hoshiyasidan ushbu: امم ل نکي ی مامت تحت ی هغيفرصت بورويک و مزراوخ اغوغ ی مزر شرش مزح jumla ko‘chirilmay qolib ketgan va keyinchalik kiritilgan. Yana shu qo‘lyozmaning 169a-varaqda Sayid Muhammad xonning zikri faslida ushbu: عمج رظن ناشيا و ترضح دمحم ميرک ناشيا و ترضح قولتوق هجوخ ناشيا ناشيلع همحر الله لاعت ی مهنع jumladan so‘ng 3730/I raqamli qo‘lyozmaning 140b-varag’ining hoshiyasida mavjud bo‘lgan quyidagi رلاملاع هلمج س نيدي ضاق ی رکسع دبع ميحر مودخم ناشيا و دمحم حلاص مودخم سئر ناشيا jumla dastlab tushirib qoldirilgan va keyinchalik tuzatish kiritilgan. 7717 raqamli qo‘lyozmaning 152b-varaqdagi مجنا رکاسع تجا نيعم هغراوق مراط لاا لاع نيديقات قافآ راس ی ليام و نيقاسي مر ی نوچوا اعش ی نيقاديپ لاد لي تيا ی jumlasidin keyin ي نع ی نوک هاشداپ شس هاش ی رمق نوت نيهاپس مراط نيد مرات درودتيا ی so‘zlari dastlab kotib tomonidan tushirib qoldirilgan va keyinchalik muallif dastxati bilan to‘ldirilgan. 7717 raqamli qo‘lyozmada muallif dastxati bilan kiritilgan tuzatishlar 187a-varaqda ماباب ا ماجن رلا دمحم ناخميحر موحرم ی گنين مايا خرف هدي deb boshlangan to‘rt qatordan iborat jumla 3730 raqamli qo‘lyozmaning 137b-varaqning hoshiyasidan muallif o‘z dastxati bilan ko‘chirilgan. 188b-varaqda سوروا هي شداپ نيديها اگيزوا قيلا هفحت رلا هقيارو رلا jumlasidan so‘ng quyidagi لاوکن ی بيجکنيا ناگيد چليا ی jumlasi qo‘shilishi kerakligini hoshiyada bildirilgan. 7717 raqamli qo‘lyozmaning 190a- varag’ida xonlikning rus qo‘shinlari tomonidan bosib olinishi voqealari bayonidan keyin yashil siyohda noma’lum kotib tomonidan keyinchalik Xivadagi eronlik qullarning soni, ularning vataniga qaytarilishi va bu voqealarning Rossiya, Xiva hamda Eron munosabatlarida tutgan o‘rni to‘g’risida ma’lumotlar yozilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar 3730/I raqamli qo‘lyozmada uchramaydi. Albatta, bu ma’lumotlar “Tavorix ul-xavonin”ning asosiy matniga aloqador bo‘lmay, asar bilan tanishayotgan noma’lum kitobxon tomonidan o‘quvchilarga ma’lumot tarzida ilova qilingan. Asar nazmu nasrda yozilganligi hamda she’rlarning ayrimlari boshqa mualliflarga tegishli ekanligini aytib o‘tgan edik. Ko‘p hollarda Komyob biror shoirning she’ridan bir nechta parcha keltirsa, birinchi o‘rinda o‘sha parchaning muallifi kimligini ko‘rsatib o‘tgan. Ketma-ket kelgan ikkinchi o‘rinda esa muallif nomini qayta ko‘rsatmay, “Hamul shoir” yoki “Shoiri mazkur” kabi so‘zlari bilan ushbu she’r ham oldingi she’ri keltirilgan muallifga tegishli ekanligiga ishora qilib ketgan. Shu bilan birga she’rning bayon etilayotgan tarixiy voqea mazmuniga mos keladigan ma’lum qismigina olib qolingan. Xususan, Komyob Avaz inoqning Xiva taxtini egallashi va hayotiga oid voqealarni bayon etar ekan, “Avaz inoqi g’ufroniyi rabboniy ham otasining suluk va tariqatidin tashqari va ilgari qadam bardam qo‘ymay, ondoqkim olar podshohligi ta’rifida Munis mirob debdur, bayt” deb, Avaz inoqning taxtni egallashi munosabati bilan yozgan ta’rixidan quyidagi parchani keltirgan: Avazbiy inoqi shahanshohi din, Binni xoni Xivaq Muhammad Amin (3730/I, 87b-varaq). “Tavorix ul-xavonin”da Munisning she’ri ta’rix ekanligi aytilmagan holda uning bir bayti keltirilgan. Ushbu ta’rix Munisning “Firdavs ul- iqbol”da mavjud bo‘lib, 39 baytdan iborat. Komyob asaridagi parcha ta’rixning 29- baytiga to‘g’ri keladi. Ungacha bo‘lgan baytlarda Munis Avaz inoqning mamlakatni mustahkamlash, To‘ra so‘fi kabi Qo‘ng’irotni Xivadan ajratib olishni maqsad qilgan fitnachilar bilan olib borgan janglari va zafarli yurishlarini esga olib o‘tib, uni olqishlagan. Lekin, Komyob asarida Avaz inoq faoliyatini yoritish uchun ozgina o‘rin ajratilganligi bois, ta’rixning to‘la matnini keltirish maqsad qilinmagan. “Firdavs ul-iqbol”da ta’rix berilgan bayt quyidagichadir: هک وب گنيم کيا ی زوي دريا ی نوا تلآ ی مه لي هگ ترجه هلب ات وب مد Undan melodiy yil hisobiga ko‘ra 1801- 02 yillar chiqadi. Shuningdek, asarda Allohqulixonning vafoti munosabati bilan Ogahiy tomonidan yozilgan quyidagi ta’rix ham berilgan: Allohqulixon ma’dalat kiyash, K-on shohi falak janob omad. Az ne’mati iltifoti omash, Olam hama bahrayob omad. Sarhoyi shahoni haft iqlim, Dar rahguzarash turob omad. Jismi aduvon zi xavfi qahrash, Bar ra’shavu iztirob omad. Nogoh sipehri bemadoro, Bar gardishi inqilob omad. Az hukmi qazo ba bistari marg, On shohi jahon baxob omad. Dar motamash ohi otasholud, Dilso‘zi shayxu shob omad. Ta’rix bar in voqea guyi, Fikri tu basi savob omad. Guft az sari osmon guzashta, Mah raftavu oftob omad. (7717, 117a-varaq) Ushbu ta’rix F.G’anixo‘jayev tomonidan tuzilgan tanqidiy matnda 19 baytdan iborat bo‘lib, “Ta’rixi vafoti Allohqulixon va julusi Rahimqulixon” deb nomlanadi. Komyob asarida esa, uning 9 bayti tanlab olingan. Shu bois ayrim o‘rinlarda she’r mantiqiy davom etmay qolgan. O‘z navbatida olingan matnda ham ayrim farq mavjud. Bu farq “Ta’rix bar in voqea go‘yi” misrasida bo‘lib, tanqidiy matnda “Ta’rix bar in du voqea go‘yi” shaklida. Ta’rix Allohqulixonning vafoti va Rahmonqulixonning taxtga o‘tirishi munsabati bilan yozilganligi bois, shu misra orqali Ogahiy matnida bir yo‘la bu ikki voqeaga ham ishora qilib ketgan. Lekin, Komyob matnida “du” so‘zi tushirib qoldirilgan va ta’rix faqat Allohqulixonning vafotiga tegishlidek mazmun kasb etgan. Xuddi shu ta’rix Bayoniyning “Shajarai xorazmshohiy”sida ham mavjud bo‘lib, uning 10 bayti yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, Bayoniy va Komyob matni asosida F.G’anixo‘jayev tomonidan tuzilgan tanqidiy matnda saktaliklar mavjudligini aniqlash mumkin. Chunonchi, tanqidiy matndagi to‘rtinchi bayt mana bunday: Jismi aduvon zi xavfi qahrash, Pur ra’shai iztirob omad . Bayoniy va Komyob matnida esa quyidagicha: Jismi aduvon zi xavfi qahrash, Bar ra’shavu iztirob omad. Ma’lumki, Sharq adabiyotida sifatlarning ketma-ket sinonimini qo‘llash orqali voqea yoki predmetning holatini bo‘rttirib ko‘rsatish ommaviylashgan holdir. Bu o‘rinda ham xuddi shu holat mavjud bo‘lib, Ogahiy xonning qahridan dushmanlarning titroqqa kelganini “Bar ra’shavu iztirob omad” so‘zlari orqali bergan. Tanqidiy matnda esa, “bar” so‘zi “pur” tarzida noto‘g’ri talqin qilingan. Shuningdek, Sharq kitobnavisligiga xos tarzda kotiblar tomonidan “va” bog’lovchisi ko‘pgina hollarda tushirib qoldiriladi . Buni kotiblar yozishni tezlashtirish maqsadida amalga oshirganlar. F.G’anixo‘jayev foydalangan matnida “ra’sha” va “iztirob” so‘zlari aslida “va” bog’lovchisi orqali bog’langan bo‘lsa ham, kotib tomonidan bog’lovchi tushirib qoldirilgan. Tanqidiy matnda bu hol hisobga olinmay, ikki so‘z izofiy bog’lovchi orqali o‘qilgan va oqibatda misra mazmuni mavhumlashib qolgan. Shunga o‘xshash yana bir misol: Ogahiy ba fikr buda yak shab, Kaz xotifash in xitob omad. Ta’rix bar in du voqe’a go‘y, Fikri tu base savob omad. Bayoniy matnida ushbu ko‘rinishda ko‘chirilgan: Ogahiy, ba fikr budam imshab, Az hotifam in xitob omad: “Ta’rix bar in du voqe’a go‘y, Fikri tu base savob omad”. Ikkala matn qiyoslansa, ular “yak shab” va “imshab” so‘zlari orqali farqlanishi ko‘rinadi. Bizningcha, Bayoniy matni to‘g’riroq. Chunki, unda ta’rixning aynan Allohqulixonning vafot etgan va Rahmonqulixonning taxtga o‘tirgan kuni go‘yoki ilohiy xabardan ilhomlanib aynan o‘sha kuni bitilganligi “imshab” so‘zi orqali bildirilgan. Tanqidiy matnda esa, “yak shab” so‘zi orqali bu aniqliq yo‘qolgan. Bayoniy matnidan ta’rixning qaysi kuni bitilganligini ham bilib olish mumkin. Xuddi shunday matniy farqlarning e’tiborlisi ta’rix moddasi chiqariladigan so‘nggi baytda bo‘lib, tanqidiy matnda: Kift az sari osmon go‘zashta, Mah raftayu oftob omad. Komyobda: Guft az sari osmon guzashta, Mah raftavu oftob omad (7717, 117 a-varaq). Bayoniyda: Guftam zi sari adab guzatsha: “Mah raftavu oftob omad” . Tanqidiy matn va Komyob keltirgan matnga ahamiyat berilsa, ikkalasi bir manbadan olinganligi seziladi. Lekin, tanqidiy matnda “guft” so‘zi “kift” tarzida o‘qilib, umuman tushunarsiz holatni yuzaga keltirgan. Ogahiy bu bayt orqali aytmoqchi bo‘layotgan fikrida saktalik mavjudligini oldingi baytlar bilan mantiqiy bog’lanmayotganligini oddiy o‘quvchi ham anglay oladi. Bu saktalik Bayoniy matnida bartaraf qilingan va uni tanqidiy matn uchun asos qilib olish o‘rinli bo‘ladi. Yana asarning Muhammad Aminxonning zikriga bag’ishlangan qismda quyidagi to‘rt misra she’r berilgan va “Oning julusida shoiri mazkur demishdurkim”, deya bu misralarning muallifi kimligi ko‘rsatilmagan: Shahi kishvarkusho Muhammad Amin, Sarvari Xisravon, charxi hasham. Dar janobi rafe’ manzilatash, Bandai kamtarin Sikandaru Jam. (7717, 126b-varaq) Bu she’rdan oldin esa Ogahiyning Allohqulxon vafoti munosabati bilan bitilgan ta’rixi kelgan. Shu bois Komyob bu o‘rinda ham Ogahiyning nomini qayta zikr qilib o‘tirmasdan “shoiri mazkur” deb qo‘ya qolgan. Ushbu she’r aslida 13 baytdan iborat bo‘lib, “Tavorix ul-xavonin”da uning birinchi va beshinchi baytlarigina olingan. Qolgan baytlar tushirib qoldirilgan. Ogahiyning Sayid Muhammadxonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan yozilgan yetti baytdan iborat “Shohi oliy manzalat” deb boshlanuvchi ta’rixi asarga to‘liq kiritilgan. Ta’rixning birinchi bayti tanqidiy matnda quyidagi ko‘rinishga ega: Shohi oliy manzilat k-az irtifoi himmatash, Maxjari iqbol o‘ro dovari davron biguft. Baytda “maxjar” so‘zi mazmunni tushunishga xalal bermoqda. Ushbu so‘z Komyob matnida “muxbir” tarzida yozilgan. Agar tanqidiy matndagi “maxjar” so‘zining o‘rniga “muxbir”ni qo‘yib o‘qilsa, shoir aytmoqchi bo‘lgan fikr oydinlashadi. Ya’ni undan “muxbiri iqbol” – “kelajak xabarchisi” xonning odillik bilan uzoq yillar hukmronliq qilishi haqida xabar qildi, degan mazmun chiqadi. Shu ta’rixdan keyin Ya’qubxo‘ja devon Xolisning ham Sayid Muhammadxonning taxtga o‘tirishi munosabati bilan bitgan qasidasi ham ilova qilingan. “Tavorix ulxavonin”da qasida qit’a deb aytilgan va to‘rt bayti keltirilgan. Qasida Xolis devoni qo‘lyozmasida 31 baytni tashkil qiladi. Komyob asarida esa uning faqat 18, 19, 20 va 22 - baytlari mavjud. Asarga mazkur voqea munosabati bilan Muhammadnazar Munshiyning 15 baytdan iborat qasidasi ham kiritilgan. Munshiy devoni qo‘lyozma nusxalarini topish imkoniyatiga ega bo‘lmaganimiz uchun qasida matnini qiyoslay olmadik. Shunday bo‘lsa ham, mazkur qasida orqali Munshiy she’riyati yuzasidan tasavvur hosil qilishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganda, “Tavorix ul-xavonin”ga kirgan turli shoirlar qalamiga mansub she’riy parchalar, mazkur ijodkorlar asarlarining mukammal matnini yaratishda ham e’tiborli manba vazifasini o‘tay oladi. “Muntaxab ul- voqeot” ning matniy tadqiqi. “Muntaxab ul-voqeot” uch bob va xotimadan iborat. Birinchi bobda Odam alayhissalomdan Nuh alayhissalom avlodigacha bo‘lgan voqealar xususida so‘z yuritilsa, ikkinchi bobda Yofasdan Qo‘ng’irot urug’igacha bo‘lgan voqealar bayon qilingan. Muallif unda Turk naslining paydo bo‘lishi va urug’lari xususida ma’lumotlar beradi. Jumladan, qiyot, qipchoq, qangli urug’larining tashkil topishi, ularning mazmuni xususida so‘z yuritarkan, bu to‘g’ridagi batafsil ma’lumotlar mavjud bo‘lgan manbalarni ham aytib o‘tadi. Ushbu bobda “Tavorix ulxavonin”dagi kabi asosiy diqqat-e’tibor qo‘ng’irot urug’ining paydo bo‘lishi, uning tarmoqlari, bu nomning kelib chiqish tarixi, mazmuni singari masalalarni yoritishga qaratilgan. Uchinchi bob ikki fasldan iborat. Birinchi fasl Eltuzarxonning Xorazmda xonlikni egallashi va hukmronlik davrini o‘z ichiga olsa, ikkinchi fasl turli davrlarda yashagan taniqli kishilarning hayotiga oid qaydlar, ulardan chiqarilgan xulosalar, Komyob va boshqa mualliflarning rang-barang mavzuga oid she’r hamda turli xabarlardan tashkil topgan. Bu bob Sayid Muhammadxonning vafoti haqidagi qaydlar bilan yakuniga yetgan. Shu bilan birga Komyob o‘sha o‘rinda ota-bobolarining shajarasi xususidagi ma’lumotlarni ham havola etgan. Asarga muqaddima yozilmagan. Bunga sabab muallif uning muqaddima qismini ham “Tavorix ul-xavonin”ga o‘xshashligini nazarda tutgan. Ayni shu maqsadni bayon qiluvchi izohda: “Bu kitob “Tarvoix ul- xavonin”dur, hoshiyasig’a yozg’onim “Muntaxab ulvoqeot”dur ikkisining ham debochasi bir tariqadadur deb, avvalidin yozmay Odam alayhissalomdin boshlab munga yozdim. Agar “Muntaxab ul-voqeot”ni mundin o‘tkarib yozmoq istasa, har kishikim debochaning avvali “Bismillohir rahmonir rahim”dan ibtido qilib yozsin”, - deb qayd qilingan (1b-varaq). “Muntaxab ul-voqeot” mundarijasining “Tavorix ul-xavonin”ga yaqinligining o‘ziyoq, ikkala asar ayrim jihatlari bilan o‘xshash ekanligini anglatadi. Muallifning bildirishicha, ba’zi yig’ib yurgan ma’lumotlar qolib ketmasin degan maqsadda ularni saralab tartibga keltirilgan. Shu bois ham kitob “Muntaxab ul-voqeot” deb nomlanadi. Garchi “Muntaxab ul-voqeot” mazmun jihatdan “Tavorix ul-xavonin”ni takrorlasa-da, undagi ayrim ma’lumotlar faqatgina unda mavjud bo‘lib, qo‘ng’irot xonlari tarixiga oid manbalarni boyitish uchun xizmat qiladi. Yuqorida qayd qilib o‘tganimizdek, Komyob ajdodlari shajarasi borasidagi qaydlar “Tavorix ul-xavonin”da mavjud emas. Uchinchi bobdagi tarixiy voqealar bayoni ko‘proq afsona va rivoyatlarni esga soladi. O‘z navbatida muallif biror voqea haqida gapirayotib, uni batafsil bayon qilishga harakat qilmaydi va bu borada mukammal ma’lumotga ega bo‘lishni istagan odam qaysi manbaga murojaat qilishi mumkinligiga ham ishora qilib o‘tadi. Shu bilan birga muallif keltirilayotgan voqealardan ma’lum xulosalar chiqarishga harakat qiladi. Chunonchi, mo‘g’ullar bosqini va ular yetkazgan talofatlar, Muhammad Xorazmshohning tadbirsizligi oqibatida qudratli davlatning dushman oyog’i ostida toptalganligi, shoh umrining so‘nggi damlarini darbadarlikda o‘tkazib, hatto, kafanlik nasib qilmaganligini achinish bilan yozadi. Shu bilan birga, yovuz dushman hayotidan olingan bir ibratli hikoyatni ham keltirgan. Unga ko‘ra, Chingizxon o‘limi oldidan o‘g’illarini chaqirib, uchta o‘q-yoy keltirishni buyuradi va ularni yakka- yakka osonlik bilan sindirib ko‘rsatadi. Keyin uchalasini birlashtirib, birlashgan o‘qlarni sindirish qiyinligini ham namoyish qiladi. Chingizxon bu bilan o‘g’illariga ana shu o‘qlardek hamjihat bo‘ling, deya vasiyat qiladi. Bu hikoyatni keltirish bilan Komyob o‘quvchilarni ham mazkur hikoyatdan tegishli xulosa chiqarishga va o‘sha uchta o‘q-yoy singari birbirlariga jipslashishga chaqirgan (31b-varaq). Qayd qilib o‘tganimizdek, Komyob bu asarda ham turli voqealar bayoniga mos keladigan ayrim shoirlarning ijod namunalaridan keltirgan. Xususan, Ogahiyning Sayid Muhammadxon vafoti munosabati bilan yozgan o‘n besh banddan iborat marsiya musaddasi havola etilgan. Ushbu marsiya musaddas F.G’anixo‘jayev tomonidan tuzilgan tanqidiy matndan o‘rin olmay qolgan. Musaddas Ogahiyning “Gulshani davlat” asarida ham mavjud bo‘lib, Komyob asaridagi matni bilan qiyoslanganda ayrim matniy farqlarning mavjudligi aniqlandi . Ushbu fasldagi tadqiqot natijalaridan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 1. “Tavorix ul-xavonin”ning mandarijasi qayd etilgan jihati bilan salaflari asarlaridagi Xiva tarixining ijtimoiy, madaniy, ma’naviy hayotini tadqiq etish, bu davrga oid tarixiy ma’lumotlardagi bo‘shliqni to‘ldirish va mukammaligini ta’minlashga xizmat qiladi. 2. “Tavorix ul- xavonin” qo‘lyozmalarining matniy qiyosi 3730/I raqamli avtograf nusxasidagi ma’lumotlar 7717 raqamli qo‘lyozmaga muallif ishtirokida ko‘chirilganligi, ayni chog’da birinchi qo‘lyozmadagi kiritmalardagi tarixiy voqealar bayonidagi aniqlikning yo‘qolishiga sabab bo‘lmaydigan qisimlari tushirib qoldirilganligini ko‘rsatadi. 853/III raqamli qo‘lyozma asarning to‘la bo‘lmagan nusxasidir. 3. “Tavorix ul-xavonin”dagi Ogahiy, Xolis, Munshiy kabi mualliflar qalamiga mansub she’rlar qiyosi asarning mazkur ijodkorlar asarlarining mukammal mundarijasini tiklashda o‘ziga xos manba ekanligini ko‘rsatadi. 4. Sayid Homid to‘raning “Muntaxab ul-voqeot” asari ham badiiy- tarixiy asardir. Berilgan tarixiy ma’lumotlar, ular yuzasidan muallif tomonidan bildirilgan xulosalar, o‘sha davr adabiyoti, adabiy muhiti, muallif dunyoqarashi, shuningdek, tarixnavislikning o‘ziga xos jihatlarini tadqiq etishda qimmatli manba bo‘la oladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling