Tavsiyanom a


Download 16.19 Kb.
Sana04.10.2023
Hajmi16.19 Kb.
#1691879
Bog'liq
tavsiyanoma ittifoq


Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti, Zooinjeneriya (baliqchilik) yoʻnalishi III bosqich
21-85-guruh talabasi, Jizzax viloyati Forish tumanida 2001-yil 24-noyabrda tugʻilgan, millati – oʻzbek, Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor o‘g‘liga



T A V S I Y A N O M A
Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli 2021-yilda Toshkent davlat agrar universitetining Zooinjineriya fakulteti Zooinjeneriya (baliqchilik) ta’lim yoʻnalishiga davlat test sinovlari natijasiga koʻra davlat granti asosida oʻqishga qabul qilindi.
Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli oʻqishning ilk kunlaridan oʻzining bilimi, na’munali xulqi, intizomi, harakatchanligi, teran dunyoqarashi va qobiliyati bilan zukko talaba sifatida iqtidorli talabalar safiga qoʻshildi. U o‘qishi davrida universitet va fakultetdagi jamoat ishlarida faol qatnashishi bilan bir qatorda aʼlo baholarga ham oʻqib kelmoqda.Shuningdek, u universitetimizda va fakultetimizda o‘tkazib kelinayotgan turli ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻli ilm olishga qiziquvchan talaba boʻlib, bilim va salohiyati orqali oʻzining ijobiy tomonlarini koʻrsatib, koʻpgina tadbir va tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda. Jumladan:
U universitetda o‘tkazilgan “Yil talabasi-2021” Respublika ko‘rik tanlovining universitet bosqichida faol ishtirok etganligi diplom bilan;
2022-yil 7-iyulda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbatida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan;
Universitetda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, I darajali diplom bilan;
2022-yil 24-noyabrda “O‘zbekistonda baliqchilik tarmog‘ining muammolari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etib, sertifikat bilan;
Universitetda o‘tkazilgan “Kasaba uyushmasi bilimdonlari” “Zakovat” intellektual o‘yinida faol ishtiroki uchun faxriy yorliq bilan;
2022-yil 7-iyulda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Toshkent davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda “Konstitutsiyaviy islohotlar talaba-yoshlar nigohida” mavzusida davra suhbatida faol ishtiroki uchun tashakkurnoma bilan taqdirlangan.
Shuningdek, “Journal of Modern Educational Achievements” (Volume 5) xalqaro jurnalida “The effect of fish on the efftrification processes of fishing water bodies” nomli maqolasi chop etilgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
“International bulletin of applied science and technology” (2023, Volume 3,) xalqaro jurnalida “Изучение эффективности препарата днокс кристал 45% с.п. против щитовки на яблоне” nomli maqolasi chop etilgan.
“Journal of agriculture & horticulture” xalqaro ilmiy jurnalida “Изучение эффективности инсектоакарицида раудо, 50% с.к. против тли, трипсы, паутинного клещ и белокрылка на хлопчатнике” nomli maqolasi chop etilgan.
“Innovative developments and research in education” xalqaro ilmiy konferensiyasida “Baliqchilikning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati” nomli maqolasi chop etilgan va sertifikat bilan taqdirlangan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, dekanat jamoasi Maxmurov Ixtiyor Baxtiyor oʻgʻlini kelajakda qishloq xo‘jaligi rivojiga munosib hissasini qo‘shishiga, mustaqil Respublikamizning munosib farzandi va yetuk mutaxassisi boʻlib yetishishiga, Vatan ravnaqi, mustaqil Oʻzbekistonimizning yanada gullab yashnashiga va butun dunyoga tanilishiga oʻz hissasini qoʻshishiga ishonch bildiradi hamda uni “Vazir” nomidagi davlat stipendiyasiga munosib nomzod, deb hisoblaymiz.

Yoshlar masalasi bo‘yicha
universitet rektori maslahatchisi,
universitet yoshlar yetakchisi S.U.Isroilov
Download 16.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling