Tayanch kompetensiyalar


Download 79.5 Kb.
bet1/4
Sana25.02.2023
Hajmi79.5 Kb.
#1228743
  1   2   3   4
Bog'liq
Tayanch kompetensiyalar (2)


ONA TILI FANINI KOMPETENTSIYAVIY YONDASHUVGA ASOSLANGAN HOLDA TASHKIL ETISH


Bilim
— o‘rganilgan ma’lumotlarni eslab qolish va qayta tushuntirib berish;
Ko‘nikma
— o‘rganilgan bilimlarni tanish vaziyatlarda qo‘llay olish;
Malaka
— o‘rganilgan bilim va shakllangan ko‘nikmalarni notanish vaziyatlarda qo‘llay olish va yangi bilimlar hosil qilish;
Kompetensiya
mavjud bilim, ko‘nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish qobiliyati.
Competence” so‘zi “to compete” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” degan ma’noni bildiradi. So‘zma-so‘z tarjima qilinsa¸ “musobaqalashishga layoqatlilik” ma’nosida keladi1.
Ilmiy pedagogik, psixologik manbalarda berilishicha, kompetentsiya, kompetentlilik o‘ta murakkab, ko‘p qismli, ko‘pgina fanlar uchun mushtarak bo‘lgan tushunchalardir. Shu boisdan uning talqinlari ham hajman, ham tarkibiga ko‘ra, ham ma’no, mantiq mundarijasi jihatidan turli-tuman. Atamaning mohiyati shuningdek "samaradorlik", "moslashuvchanlik", “yutuqlilik", muvaffaqiyatlilik", "tushunuvchanlik", “natijalilik", "uquvlilik”, "xossa", xususiyat”, “sifat", "miqdor" kabi tushunchalar asosida ham tavsiflanmoqda.


Kompetentlik – kompetentsiyalarni qo‘llay olishda inson ega bo‘lishi kerak bo‘lgan minimal tajribaga ega bo‘lishdir. Buni o‘quvchining tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarni shakllantirishda, o‘quv jarayoni va darsliklarni loyihalashda esdan chiqarmaslik kerak.
Ta’limda kompetentsiyalarning asosiy funksiyalari quyidagilar:

  • yosh avlodni kundalik hayotga tayyorlash bo‘yicha ijtimoiy talabning aks etishi;

  • bilim, ko‘nikma va malakalarini hamda faoliyat usullarini kompleks holda maqsadli qo‘llashi uchun atrof-muhitdan real obyektlarni ko‘rsatishi;

  • turli o‘quv predmetlari va ta’lim sohalari mazmunining tarkibiy qismi bo‘lishi;

  • konkret masalalarni yechishda nazariy bilimlarni amaliyotda foydalanish bilan bog‘lashi.


Download 79.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling