Tayyorladi: Nazokat Norqo‘ziyevna Qosimova Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 12-umumta’lim maktabi


Download 11.21 Kb.
bet1/4
Sana08.11.2023
Hajmi11.21 Kb.
#1757470
  1   2   3   4
Bog'liq
Metodlardan foydalanish.

  • Tayyorladi: Nazokat Norqo‘ziyevna Qosimova
  • Farg‘ona viloyati
  • Bag‘dod tumani
  • 12-umumta’lim maktabi
  • “Tarix fanini o‘qitishda
  • yangi zamonaviy
  • ta’limiy metodlardan foydalanish va ularning
  • afzalliklari”
  • Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kun o‘qituvchisidan har tomonlama yetuk, jismonan chaqqon, har qanday vaziyatga moslashuvchan, ilmiy salohiyati bo‘yicha novator, sinf xonasida aktyor, o‘quvchilar bilan muloqotda psixolog va mehribon do‘st va yana ko‘plab ijobiy fazilatlar talab etilmoqda.
  • Interfaol metodlar deganda - o‘quvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida o‘quvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘quvchini faol ishtirok etishga chorlaydi.
  • Ko‘rgazmali metodlar – o‘quvchilarga hayotda tezgina o‘z o‘rnini topishga yordam beradi.
  • Amaliy metodlar – o‘quvchi yoshlarni kasb tanlashga, o‘quvchilarda jamiyatimiz ravnaqi uchun mehnat qilish ehtiyojini tarkib toptirishga yo‘naltiradi.
  • Muammoli izlanish metodlari – shaxsning ijod qilish xususiyatini rivojlantirishga yordam beradi.
  • O‘qituvchining dars o‘tishda to‘g‘ri metodlarni tanlashi o‘quvchilarni tarix faniga qiziqishini oshiribgina qolmasdan, o‘zlashtirishni ham ko‘tarishi tajribalardan aniqlangan. Olim A. I. Gersenning fikricha: Qiyin fanlar yo‘q, faqat hazm etilishi qiyin bo‘lgan izohlargina bor. Bundan ko‘rinib turibdiki, o’qituvchi o‘quvchilarga darslikda berilgan mavzularni tushuntirishda mavzuga mos keladigan ta’limiy metodlarni to‘g‘ri tanlay olishi kerak. Albatta, bu talablarga javob berish uchun o’qituvchi izlanuvchan va ijodkor bo‘lmog‘i lozim. Kuchli hissiyot ostida faoliyat olib borish, zo‘riqib yoki zerikib emas, shavqu-zavq, hayajon bilan darsda ishtirok etish zamonaviy darsning eng muhim xususiyatlaridan biridir.

Download 11.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling