Tebranma harakat


Download 87.04 Kb.
bet1/5
Sana30.01.2023
Hajmi87.04 Kb.
#1140739
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Fizika referat


Urganch Turizm va tadbirkorlik kasb hunar kolleji 9-14 guruh tolibi Qosimov Asadbekning
F izika fanidan

Mavzu: TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR
Reja:
1.TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR. TEBRANMA HARAKAT
2. TEMPERATURA
3. MAGNIT MAYDONI. TOKLARNING O’ZARO TA’SIRI
4. TO’G’RI TOK MAYDONINING MAGNIT INDUKSIYASI
TEBRANISHLAR VA TO’LQINLAR. TEBRANMA HARAKAT

U yoki bu darajada takrorlanuvchanligi bilan ajralib turadigan jarayonlarga tebranishlar deyiladi. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab tebranishlar mexanik, elektromexanik, elektromagnit va boshqalarga ajraladi. Biz mexanik tebranishlarni ko’ramiz. Tebranishlar erkin (yoki xususiy) tebranishlar, majburiy tebranishlar, avtotebranishlar va parametrik tebranishlarga bo’linadi.


Muvozanat holatidan chiqarilganidan so’ng, o’zicha tebranadigan sistemadagi tebranishlarga erkin yoki xususiy tebranishlar deyiladi. Masalan, matematik mayatnikning tebranishi erkin tebranishlarga misol bo’ladi.
Tebranishlar sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha sodir bo’lsa, bunday tebranishlarga garmonik tebranishlar deyiladi. Garmonik tebranishlar tenglamasi shunday yoziladi:


X Acos Acos( ), (9.1)

bu yerda A - amplituda, - tebranish fazasi, - doiraviy yoki siklik chastota.
Tebranish amplitudasi A deb tebranayotgan nuqtaning muvozanatdan chetga maksimal siljish kattaligiga aytiladi. Tebranish fazasining fizik ma’nosi shundan iboratki, u vaqtning istalgan paytidagi siljishni, ya’ni tebranayotgan sistemaning holatini belgilaydi. Fazaning 2 rad o’zgarishiga bir davr T ga teng vaqt oraligi mos keladi. Vaqt birligidagi tebranishlar soni n ga chastota deyiladi. U T davr bilan shunday bog’langan:
. (9.2)


Tebranish chastotasining birligi 1 Gers. I Gers chastota bir sekunddagi nuqtaning tebranishlariga teng. Garmonik tebranma harakat qilayotgan jismning V tezligi (9.1) ifodadan vaqt bo’yicha olingan hosilaga teng.

Download 87.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling