Temur va temuriylar davrida me’morchilik va qurilish husanboev Azizjon Tel: +998911192743 email


Download 15.75 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1573663
Bog'liq
Temur va Temuriylar davrida me\'morchilik va qurulish 111



TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK VA QURILISH
Husanboev Azizjon
Tel: +998911192743 email:azizjonhusanboev436@gmail.com
Bozorov Quvochbek
Tel:998999727354
Shavqatulloyev Do`stmuhammad
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi
Теl:998932214673
e-mail:ma6069054@gmail.com
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari( Denov, O’zbekiston )
Annotatsiya: Bizga ma’lumki XIII asrda Mug’ullar tomonidan Movarounnahrga qilinga ayovsiz bosqinlar natijasida ko’plab shaharlar, qishloqlar vayronaga aylangan edi. Davrlar o’tib, bu yurt zaminida Temuriylar sulolasining oqilona siyosati va madaniyatga bo’lgan yuksak etibori natijasida yangi shaharlar qurulib , eskilari qaytadan tamirlanadi. Dunyoning mashxur poytaxtlari nomlari ko’plab shahar va qishloqlarga quyilishi, ulardagi me’morchilik san’ati qay darajada yuksalganligidan darak beradi. Dastlab Temuriylar davlatining markazi hisoblangan Samarqand va Keshda ko’plab madrasa , karvonsaroy va maqbaralar qurulib, keyinchalik bu bunyodkorlik ishlari butun Movarounnahr va Xurosonda davom ettiriladi. Amir Temurning me’morchilikka bo’lgan qiziqishi, keyinchalik uning vorislari davrida ham bu sohada ulkan yutuqlarga erishishlariga turtki bo’lagan. Ayniqsa nevarasi Mirzo Ulug’bek davrida Buxoro , Samarqand va G’ijduvonda qurilgan madrasalar mamlakatda ilm-fanga bo’lgan katta e’tibor berilganligidan dalolat beradi.
Kalit so’zlar: Jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Shohizinda, Xusam ibn Abbos, Zafarnoma, Turkon og’o, Oqsaroy, Chilustun , Chinnixon , G’ijduvon, Samarqand, Buxoro, Ko’k Gumbaz , Gumbazi Sayidon, Go’ri amir.

Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari , me’morchilik misli ko’rilmagan darajadao’sdi va rivojlandi . V.V. Bartold bunday deb yozadi : << Temur bir vaqtning o’zida ashaddiy buzg’unchi va tashabbuskor quruvchi edi : u buyuk imoratlar bunyod etdi va ularni ulkan bog’-u rog’lar bilan o’radi , shahar va qishloqlarni tikladi , suv inshootlarini bunyod etti va buzulganlarini tuzatdi. Madaniyat barpo etish mumkin bo’lgan yer maydonlarini bo’sh qoldirmas edi . Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayrongarchiliklari kabi kishini hayratda qoldiradi . Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi davr Temur va uning avlodlari nomi bilan ma’lum >>. Temur va uning avlodlari davrida Samarqand , Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi , Turkistonda , Xurosonning markazi Hirot, Mashhad , Nishopur , Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib bordi . Sohibquron buyrug’iga asosan , 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand, 1380-yilda Kesh shaharlari atrofida mudofa devorlari barpo etildi. Temurning o’z ona yurti Keshda, buyuk alloma va mutafakkir Ahmad Yassaviyga atab Turkustonda qurdirgan ajoyib, osmono’par va muhtasham madrasalari o’z davrida Sohibquronning kuch – qudratini jahon uzra ko’z-ko’z qilgan . Temur davrida ayniqsa Samarqand gullab yashnadi.[1]


Bu yerda Xorazm , Isfaxon , Sheroz , Xalab va boshqa joylardan kelgan ustalarni ko’rish mumkin edi. Samarqand atrofida jahonning mashxur poytaxtlari nomi bilan ataluvchi bir qator qishloqlar – Qohira , Damashq , Bag’dod, Sultoniya, Sheroz bular edi. Jome masjidi, Bibixonim madrasasi, Go’ri Mir , Shohizinda qabristonidagi Xusam ibn Abbos va boshqa maqbaralar xonaqolar Temur davrida qurilgan binolarning bizgacha yetib kelkan ozgina qismidir xolos. Temurning asosiy xizmati bu binolarni qurganida emas, balki u olib brogan siysatning Movarounnahrda ishlab chiqarish kuchlarining beqiyos o’sishiga , xalq turmush darajasining yuksalishiga olib kelganligidadur. Chunki aynan shuning natijasida boylar, savdogarlar, hunarmandlar , dehqonlar yani aksariyat aholi yangi uy –joylar, bog’-u rog’lar , masjid – u madrasalar, hammomu kasalxonalar, bozor rastalariyu , karvonsaroylarva boshqa inshootlar barpo etila boshlandi. O’sha davrda butun mamlakat qurulish maydoniga aylanib qolgandi. Natijada Movarounnahr va Xuroson dunyoning eng obod hududlari bo’lib qoladi. [2]
Tarixshunos olim Sharafiddin Ali Yazdiy o’zining << Zafarnoma >> asarida Kesh ( Shahrisabz) qo’rg’oni va Oqsaroyning qurulishi bayonida quydagilarni yozgan : << Sichqon yiliga to’g’ri kelgan (hijriy) 781-yilning oxiri ( milodiy – mart , 1380) , erta bahor fasli edi. O’z quvvati bilan gullab yashnatuvchi me’mor ko’katlar va maysazorlar shahrini obod qilishga kirishgan, atirgul butalarida qasrlar yaratib , la’lgun shohchalar uchini baland ko’targan va ularni feruza rang naqshli barglar bilan bezagan bir vaqtda Oliyhazrat sohibquron gullardan mushk-u anbar bo’yi taraluvchi , suvidan gulob ta’mi keluvchi Keshning xushhavo va rom etuvchi zaminida shodlik nash’asini surib , orom olmoq azmi bilan bu yerda saltanat taxtini o’rnattirdi. So’ng, Shahrisabz qo’rg’onini qurish haqida farmon berdi va amirlar-u lashkar ahli o’rtasida taqsimladi. Qo’rg’on qurulishiuchun munosib keluvchi saodatli soatda uning poydevorini qurdilar. Shahar ichida esa qazo-yu qadardek bajarilishi so’zsiz bo’lgan farmonga binoan bir qasr bunyodiga asos soldilar. Imoat shu qadar baland va favqulodda jozibali ediki , hatto, keksa muhandis bo’lmish Gardun shuncha yilar jahon atrofida aylangan bo’lishiga qaramay, bunday guzal binoni ko’rmagan edi.[3]
Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o’zining o’tkir zehni va ziyrak etiboridan chetda qoldirmaydi ( << Shohizinda>>- ( tirik shoh) ma’nosini beradi) . Undagi maqbaralarning eng qadimiysi- Qusam ibn Abbos maqbarasidir. Qusam ibn Abbos islom dining asoschisi, payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning amakivachchasi bo’lgan Abbosning zurriyoti bulgan . Amir Temurning hayotligi chog’ida qurilgan maqbaralardan biri – Turkon Og’o maqbarasidir . Turkon og’o Amir Temurning opasi bulgan. Maqbara 1370-1371- yillarda vafot etganTurkon og’oning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon og’oning o’zi ham vafot etadi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin va Buxorolik Zayniddin va Shamsiddinlar bo’lgan. 1376-yilda Amir Temurning sarkardalaridan biri- amir Husayinning onasiTog’li Tegin, 1385-yilda Amir Temurning singlisi Shirinbika og’a maqbaralari qurilgan. [2]
1404-yilda Amir Temurning onasi Nekuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan , guzallikda tengsiz Oqsaroy ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo 1403-yili bu yerdan Samarqand tomon o’tayotganda hali bitmagan edi. Ammo shunga qaramasdan , u o’z xotiralarida Oqsaroyning guzalligidan hayratlanganligini va qoyil qolganligini yozadi : << Zero, butun bino zarhal va lojuvard bilab qoplangan bo’lib , u yerda saroyning shuncha bo’lma va oromgohlarini ko’rsatdilarki, ular haqida uzoq so’zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltindan va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto, mohir ustalari bilan jahonga mashxur bo’lgan Parijda ham bu ish juda go’zal hisoblangan bo’lar edi>>. Amir Temur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob , o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki , saroy tomi tepasida hovuz bo’lib, unga suv Taxtaqaracha dovonidan – tog’dan qo’rg’oshin quvurlar orqali olib kelingan.[1]
Samarqandda bunyod etilgan yana bir inshoot Ko’ksaroy bo’lib, u o’z davrida Temurning qarorgohi hisoblangan. Bu inshoot temuriylardan keyin Samarqand hokimlarinig qarorgohiga aylangan edi. Professor T. Saidqulovning ma’lumotlariga ko’ra Ko’ksaroyning asosiy inshootlari 1868-yilgacha yani general Kaufmanning Samarqandni egallashigacha yetib kelgan va Samarqanddagi qo’zg’alon bostirilgandan keyin buzub tashlangan. Amir Temurning shu kabi bunyodkorlik ishlari Shohruh va Ulug’bek , Abusaid va Husayn Boyqaro davrida davom ettirildi. Ulug’bek qurgan inshootlardan Samarqand (1420), Buxoro(1417), G’ijduvon (1433) madrasalari , Samarqand Observatoriyasini ( 1420-1429) tilga olishimiz mumkin.[4]
Ulug’bek hukmronlik qilgan yillarda ( 1409-1449) Movarounnahr shaharlari , davlat markazi Samarqandda juda katta madaniy o’zgarishlar bo’ldi. Ulug’bek Samarqandda tuli sohada ish olib boruvchi 100dan ortiq olimlarni tuplab , ularning ilmiy faoliyatlariga sharoitlar yaratib beradi. Keyingi davrlarda Ulug’bek yaratgan madrasa , rasadxona , kutibxona , to’plangan olimlar uyushmasi Ulug’bek akademiyasi deb tan olindi.Ulug’bek o’z rasadxonasini dunyoda shu paytgacha bor bo’lgan barcha rasadxonalardan ulug’ va har tomonlamaustun bo’lishini o’z oldiga maqsad qilib quygan edi. Bo’riboy Ahmedov bu haqida shunday hikoya qiladi: << Biz quraturgan rasadxona barcha jihatlari bilan ash- shamosiyadagidan ham, Kasiyundogidan ham, Marogadagidan ham kam bulmasligi lozim>>. Ulug’bek bu o’rinda xalifa Ma’mun ( 813-833 ) zamonida Bog’dod yonida qurilgan , Yahyo ibn Mansur bosh bo’lgan mashhur rasadxonani , Xolid ibn Abdumalik bosh bo’lgan Damashq rasadxonasini , Halokuxondavrida Marog’ada yirik qomusiy olim Nosiriddin Tusiy raxbarligida qurilgan rasadxonalarni nazarda tutgan , albatta>>[2].
Mirzo Ulug’bek davrida Registon maydoni shakllandi, unga Ulug’bek rasadxonasidan tashqari xonaqoh , karvonsaroy, uymakor yog’ochlar bilan bezatilgan Muqatta masjidi bunyod etildi. Shuningdek Ko’kaldosh jome masjidi ham qurub bitkazildi. Ushbu me’moriy imoratlardan faqat Ulug’bek madrasasi asrlar silkinishiga dosh berib, majmuadan yagona yodgorlik bo’lib qoldi . Shuningdek Samarqandda bunyod etilgan Mirzoyi hammomi va karvonsaroyi, Chilustun va Chinnixon saroylari o’zlarining me’moriyqurulishi kompazitsiyalari bilan ajralib turgan. Xususan Zahiriddin Muhammad Bobur Chilustun va Chinnixon saroylarining muhtasham va ko’rkam bulganligini takidlab o’tgan edi. Mirzo Ulug’bek boshqa shaharlarning ham qurulish ishlariga ham katta etibor berib kelgan . Ular orasidagi Shahrisabzdagi Ko’k gumbaz masjidi o’zining hashamati bila ajralib turgan. Bu yerdagi Gumbazi Sayidon yodgorligi qayta tiklandi.[3]
Amir Temur davrida qurilgan va dovrug’I olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu – Go’ri Amir maqbarasidir. Bu muxtasham binoning o’z qurulish tarixi bor. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonni juda sevardi. Muhammad Sulton 1403-yilda , 27yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga olib kelib dafn marosimini o’tkazishadi . Amir Temur 1404-yil safardan qaytgach , nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda maqbarani o’n kun muddatda yakunlashni buyuradi. Bunday hashamatli , katta va baland binoni o’n kunda qurib bitkazish aqlga sig’maydigan bir voqea bo’lib, Amir Temurning kuch –qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. Maqbara devorlaridagi rang- barang koshinlar orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405-yilda Amir Temurvafot etgach, uning o’zi ham shu yerga , nevarasining oldiga dafn etiladi. Shundan so’ng ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muhammad Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari, sohibquronning o’g’illari Umarshayx, Shoxrux va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug’bek va Temurning piri Sayyid Barakaning ham sag’analari quyilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki Amir Temurdek inson o’z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyog’I uchlariga qo’yishni vasiyatqilgan ekan . Maqbaraning ichi juda baland. U bezaklarining jilosi bilan har qanday kishini hayratlantiradi . Maqbaraning o’rttasida o’rnatilgan sag’ana toshlarida temuriylarga bag’ishlangan yozuvlar bor . Shular orasida Amir Temur qabri ustiga quyilgan to’q yashil rangli mohtobdan yasalgan qabrtosh diqqatga sazovordir. [4]
Adabiyotlar ro’yxati:

  1. R. Shamsutdinov, Vatan tarixi : Toshkent-2016

  2. R. Xoliqulov, K. G’aniyev, M. Nasrullayev, O’zbekiston tarixi: Samarqand-2019

  3. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, O’zbekiston tarixi: Toshkent – 2020

  4. O’zbekiston xalqlari tarixi , 1-jild: Toshkent-1992




Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling