Tenglama va tengsizlik turi - Tenglama tushunchasi Maple 6 tizimida mustaqil equation(tenglama) turi sifatidagi ma`lumot bo`lib, q< ifoda2> ko`rinishida hosil qilinadi. Tenglama ma`lumot sifatida talqin qilinganligi tufayli, uning ustida turli xil amallar bajarish mumkin. Masalan, chap va o`ng qismlarini ajratib olib, ular ustida oddiy ifodalar uchun qo`llanilgan barcha komandalarni bajarish mumkin.
Tenglama va tengsizliklarni yechish komandasining umumiy ko`rinishi - Tenglama va tengsizliklar yoki ularning sistemalarini analitik yechish uchun:
- a) solve(, );
- b) solve({, < tenglama2>,...}, {, < o`zgaruvchi2>,...);
- komandalari qo`llaniladi. a) ko`rinishdagi komanda bitta tenglamani, b) ko`rinishdagi komanda esa tenglamalar sistemasini yechadi. Bitta tenglamani yechish komandasining natijasi yechim yoki yechimlar ketma-ketligi bo`ladi.
Trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechish - Trigonometrik tenglamalarning yechimi [-(, (] oralig`ida aniqlanadi. Umumiy yechimni aniqlash uchun komandani qo`llashdan oldin, tizimning _EnvAllSolution o`zgaruvchisiga true qiymatini ta`minlash kerak.
-
- Misol:
-
- > eq:=sin(x)^2+2*sin(x)+1=0;
- > s:=solve(eq,x);
- > _Envallsolution:=true;
- > s:=solve(eq,x);
- _z1~ tizimning maxsus o`zgaruvchisi bo`lib, faqat butun qiymatlar qabul qiladi. Shuningdek tizimda _NN – musbat butun, _B – ikkilik(0 yoki 1) qiymatlar qabul qiladigan maxsus o`zgaruvchilar mavjud. Tenglamalarni yechishni eval() yordamida tekshirish mumkin.
Yechimni tekshirishda map() va subs() komandalarini qo`llash - Tenglamaning yechimlari ko`p bo`lsa, map() va subs() komandalarini qo`llash maqsadga muvofiqdir.
-
- Misol:
-
- > map(subs,[sols],eqns);
- solve() komandasini tenglamalar soni noma`lumlar sonidan kam bo`lganda ham qo`llash mumkin va yechimlar parametrik ko`rinishda hosil bo`ladi.
Tengsizlik yoki tengsizliklar sistemasini yechish uchun ham komandalarning qo`llanilishi tenglamalar uchun bo`lganidek amalga oshiriladi. Tengsizlik (tengsizliklar)ning yechimini chiqarish ikki xil bo`lishi mumkin. Agar tengsizlikning (tengsizliklar)ning o`zgaruvchisi {} qavsga olingan bo`lsa, yechim to`plam ko`rinishda beriladi. - Tengsizlik yoki tengsizliklar sistemasini yechish uchun ham komandalarning qo`llanilishi tenglamalar uchun bo`lganidek amalga oshiriladi. Tengsizlik (tengsizliklar)ning yechimini chiqarish ikki xil bo`lishi mumkin. Agar tengsizlikning (tengsizliklar)ning o`zgaruvchisi {} qavsga olingan bo`lsa, yechim to`plam ko`rinishda beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |