Теория вероятностей и математическая статистика


Download 121.79 Kb.
bet1/6
Sana25.02.2023
Hajmi121.79 Kb.
#1227716
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Mavzu. C# tili elementlari

C# tilining tashkil etuvchilari


Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi dotsenti Adambaev Uchqunbek Erkinovich

Dastur tuzilishi

Ko'rsatmalar

Dasturning bazaviy elementi - bu ko'rsatmalar (statement). Ko'rsatmalar ba'zi harakatlarni ifodalaydi, masalan, arifmetik amal, metod chaqiruvi va o'zgaruvchi e’lon qilish va unga qiymat yuklash. C# da har bir ko'rsatma nuqta-vergul bilan tugaydi(;). Bu belgi kompilyatorga ko'rsatma tugaganligini bildiradi. Masalan:

Console.WriteLine("Salom");

Ushbu satr konsolga satrni chop etadigan Console.WriteLine metodini chaqiradi. Bu holda, metod chaqiruvi ko'rsatma bo'lganligi sababli nuqta-vergul bilan tugayapti.

Dastur tuzilishi

Ko'rsatmalar to'plamini kodlar blokiga birlashtirish mumkin. Kod bloki figurali qavslarga olinadi va ochiluvchi va yopiluvchi figurali qavslar orasiga ko'rsatmalar joylashtiriladi:

{

Console.WriteLine("Salom");

Console.WriteLine("C#ga xush kelibsiz");

}

Ushbu kod blokida konsolga ma'lum bir satrni chop etadigan ikkita ko'rsatma mavjud.

Dastur tuzilishi

Ba'zi kod bloklari boshqa bloklarni o'z ichiga olishi mumkin:

{

Console.WriteLine(“Birinchi blok");

{

Console.WriteLine(“Ikkinchi blok");

}

}

Main metodi

C# dasturiga kirish nuqtasi Main metodi hisoblanadi. Visual Studio'da konsolli dastur loyihasini yaratganingizda, masalan, quyidagi Main metodi yaratiladi:

class Program

{

static void Main(string[] args)

{

//bu erda bajariladigan ko'rsatmalar ketadi

}

}

Kelishuv bo‘yicha, Main metodi Program sinfida joylashadi. Sinf nomi har qanday bo'lishi mumkin. Ammo Main metodi - bu konsol ilovasining zarur qismi.

Main metodi

Agar biz uning nomini o'zgartirsak, dastur kompilyatsiya qilinmaydi.


Download 121.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling