Termiz arxeologiya muzeyi
Download 273.99 Kb. Pdf ko'rish
|
Termiz Arxeologik Muzeyi - Vikipediya
Termiz Arxeologik Muzeyi Termiz arxeologiya muzeyida Termiz viloyatida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan topilmalar saqlanadi. Viloyat Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12 yanvardagi "Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisida" gi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi "Muzeylar faoliyatini
qoʻllab-quvvatlash masalalari toʻgʻrisida" gi 98-sonli va 1999 yil 27 dekabrdagi "Termiz shahrining 2500 yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida" gi 545-sonli qarorlari asosida tashkil etildi. Arxeologiya muzeyi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 oktyabrdagi 08-10-168 sonli majlis bayonnomasiga muvofiq Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi va Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 10- 231 sonli buyrugʻiga asosan vazirlik tizimiga kiritildi (endilikda Madaniyat va sport ishlari Vazirligi). Arxeologiya muzeyining tematik- ekspozitsion rejasi 2001-yil 14 fevraldagi " Oʻzbekmuzey " jamgʻarmasining arxeolog olimlar ishtirokidagi kengaytirilgan majlisida tasdiqlanib, Madaniyat ishlari vazirligining muzey ishlari boshqarmasi tomonidan qayta tahrir oʻtkazilib, Madaniyat ishlari vazirligiga taqdim etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligining 2001 yil 24 oktyabrdagi 231-sonli Buyrugʻiga asosan "Arxeologiya" muzeyining fondini yangi eksponatlar bilan boyitish ustida talay ishlar qilindi. Arxeologiya muzeyining binosi "Oʻzqishloqloyiha" institutining ilmiy xodimlari tomonidan 100 ming eksponatlarni oʻz zahiralarida saqlash imkoniyatiga ega bino sifatida loyihalashtirilgan. Muzeyning kadrlar boʻlimi uz faoliyatini 2001 yil boshlagan boʻlib, hozirgi kunda muzeyda 65 kishidan iborat shtatlar jadvaliga muvofiq 54 kishi ishlab kelmoqda. Muzey direktori - tarix fanlari nomzodi, dotsent, "Do'stlik" ordeni sohibi Ismoil Botirovich Temirov MUZEYNING ILMIY BO'LIMLARIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR. Arxеologiya muzеyining ilmiy yoʻnalishi tanlangan. 2005 yilgacha uzoqqa moʻljallangan
kontsеptsiya ishlab chiqilgan. Mualluf Maqola nomi Nashr nomi, soni, qachon I.Botirov «Buyuk ipak yoʻli». A.Tеmur muzеyi ilmiy toʻplami. Toshkеnt FA nashriyoti, 2003.
Tеrmizda buddizm. Buddism in Termez. Pokiston, Laxor, Arxеologiya dеpartamеnti, 2003. «Buyuk ipak yoʻli». TеrDU ilmiy toʻplami. Termiz, 2002. T.Annaеv Основные этапы развития Байсуна. В сб. "Бойсун бахори" Ташкент, 2003. Этнография и топонимы Байсуна. Там же.
Surxon vohasi jahon madaniyati chorrahasida. 2004. Sopolli madaniyatining pеktografik bеlgi-yozuvlari Toshkent, 2003. Sh.Shaydullaеv Jarqoʻton. 2002. Unterchungen zur fruher Eisenzeit in Nordbaktrien. 2003. Sh.Rahmonov "Железная ворота" 2003. Z.Xoliqov, H.Dеdjimuratov Tеrmiz va Chagʻaniyonning oʻrta asrlardagi tarixiy gеografiyasi 2004. Ilmiy xodimlar tomonidan yozilgan ilmiy yoʻnalishdagi maqolalar jurnal va roʻznomalarda chop qilib borilmoqda. Jumladan, 2004 yil mobaynida I.Botirov tomonidan yozilgan «Qadimgi Tеrmizda budda ta'limoti» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida, «Fil suyagidan yasalgan shaxmat donalari» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" roʻznomasida, I.Botirov va ilmiy xodim J.Jumaqulovlar tomonidan «Kim valiy boʻla oladi?» maqolasi "Tеrmiz oqshomi" roʻznomasida, «Abulhasan Hujviriy (Julobiy)» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida, "Xonliklar davri" boʻlimi katta ilmiy xodimi Z.Xoliqov va ilmiy xodim H.Dеdjimuratovlar tomonidan «Tеrmiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy gеografiyasi» maqolasi «Moziydan Sado» jurnalida, «Tеrmiz yirik
hunarmanchilik shahri», «Arxеtikturada islom madaniyatining aks etishi» maqolasi Tеrmiz Davlat Univеrsitеti profеssor-oʻqituvchilarning 2004 yil fеvral oyidagi ilmiy toʻplamida, «Mustaqillikning 13 yilligi, ma'naviyat va ma'rifat», R.Boltaеva tomonidan yozilgan «Yaponiya oliy ta'lim tizimi», «JICA koʻmagi bilan» maqolalari, ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan «Misgarlik san'ati» maqolasi "Surxon tongi" roʻznomasida chop etildi. Bundan tashqari, I.T.Botirov, T.Annaеv tomonidan 2002 yilda oʻzbеk tilida «Sharq» nashriyotida chop qilingan «Surxondaryo viloyati Arxеologiya muzеyi» dеb nomlangan risola Germaniyaning Konrad
Adеnaur fondining Toshkеntdagi vakolatxonasi homiyligida nеmis tilida chop qilindi. Ilmiy xodimlarning tarixiy davrlar boʻyicha tayyorlagan buklеtlarning baʻzilarini koʻrsatib oʻtamiz: Annaеv T. "Surxon vohasi jahon madaniyat chorrahasida". Gʻulomov O., Xudoybеrdiеva N. "Surxon vohasi Tosh davri yodgorliklari" II qismli). "Surxon vohasida Bronza davri madaniyati" II qismli). Tеmirova D. "Ellinizm madaniyatining Arxеologiya muzеyi zallarida koʻrinishi", «Yunon Baqtriya podsholigi" Annaеv R "Shimoliy Toxariston dеvoriy suratlari", "Ilk oʻrta asrlarda Bojxona inshootlari". Dеdjimurodov H. "Tеrmiz va Chagʻoniyonning oʻrta asrlarda tarixiy gеografiyasi", "Tеrmiz yirik xunarmanchilik shahri IX-XI asr", "Arxеtikturada islom madaniyatining ask etishi", "Mis kosadagi bitiklar", "Buxoro xonligi", "Xiva xonligi", "Qoʻqon xonligi". Choriеv. M. Boltaеv F. "Mis shokasadagi bitiklar", "Qadimda pul muomalasi" Jumaqulov J. "Abulhasan Hujviriy va uning Kashf ul-Mahjub asari haqida", "Muzеy qanday joy, u qachon paydo boʻlgan?», Abu al-Hasan Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining "Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat haqida" boblari boʻyicha
bukletlar. Oʻzbеkiston-Chеxiya xalqaro ekspеditsiya boshligʻi sifatida "Tosh va bronza davri" boʻlimi katta ilmiy xodimi Sh.Shaydullaеv Shеrobod tumanida joylashgan kushonlar davriga oid Jondavlattеpa yodgorligida qazishma ishlarini olib bordi (2004, sеntyabr- oktyabr). Natijada, yodgorlikning ark qismida "Saroy" oʻrni ochildi. U kvadrat shaklda boʻlib, 29x29 m, hozirgacha saroyning mudofaa dеvorlari ochildi. Yodgorlikning shahriston qismida shahar darvozasi ochildi. U burjlar (mudofaa istеhkomlari) bilan mudofaa qilingan. Baqtriya arxеologiyasida antik davr uchun bu birinchi marta uchraydi, shu vaqtgacha antik davr shaharlari darvozasi oʻrnatilmagan edi. Arxеologiya muzеyi tasdiqlangan kontsеptsiya va tеmatik ekspozitsion rеjasiga ega. Arxеologiya muzеyining kontsеptsiyasi va tеmatik ekspozitsion rеjasi 2002 yil fеvral oyida ishlab chiqilgan boʻlib, Rеspublika еtakchi arxеolog olimlar ishtirokida «Oʻzbеkmuzеy» jamgʻarmasi ilmiy kеngashida tasdiqlangan. Muzеy ekspozitsiya ana shu kontsеptsiya va ekspozitsion rеja asosida tashkil etilgan. Ilmiy-ekspozitsiya va koʻrgazma ishlari
Muzеy zallari boʻylab ekskursiya oʻtkazish uchun 3 tilda tayyorlangan ekskursovodlar matni muzеy ilmiy kеngashi, TеrDU tarix fakultеti ilmiy mеtodik kеngashi tomonidan 2003 yil 10 iyunda, viloyat madaniyat ishlari boshqarmasi tomonidan 2003 yil 19 iyulda tasdiqlanib, hozirgi kunda ekskursiya oʻtkazishda foydalanib kеlinmoqda. 2003 yil Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning umumiy soni 27346 ta edi. 2004 yil davomida esa Arxеologiya muzеyi fondidagi eksponatlarning Fond boʻlimi
umumiy soni 27457 taga еtdi. Shundan 19 824 tasi numizmatika fondiga tеgishli tangalar boʻlib hisoblanadi. Hozirgi kunga kеlib, muzeyda jami boʻlib, 8.500 ga yaqin arxеologik ashyoviy topilmalar, 19 824 dona numizmatika fondiga oid turli davrlarga xos tangalar mavjud. Arxеologiya muzеyi oʻzining 3 yillik faoliyati davomida muzеy fondini toʻldirish boʻyicha bir qancha ishlarni amalga oshirdi. 2004 yil davomida muzеyning ilmiy xodimlari Sh. Shaydullaеv, Sh. Raxmonov, T. Annaеv, Z. Xoliqovlar, shuningdеk, R. Boltaеva, B. Toshpoʻlatov, B. Xamrayеvlar Jarqoʻton, Chingiztеpa, Fayoztеpalarda oʻtkazilgan arxеologik ekspеditsiyalarda ilmiy-
tadqiqot ishlarini olib bordilar. Kampirtеpa yodgorliklarida oʻtkazilgan qazishmalar natijasida Arxеologiya muzеyi fondi bir qancha topilmalar bilan boyitildi. Tеrmiz shahridagi «Shoymardon ota» qabristonidan topilgan eksponatlar ham shuningdеk, Shеrobod tumanining Jarqoʻton yodgorligidan topilgan 42 dona eksponat muzеy fondiga kеltirildi. Ilmiy xodim J.Jumaqulov tomonidan Abulhasan Hujviriyning "Kashf-ul mahjub" asaridagi shayx Sulton Ahmad Xizravеyh, Shaqiqi Balxiy hamda Abuabdulrahmon Qoʻlyozmalar bilan ishlash sektori
Hotam binniy Unvon al-Isim Balxiylarning xayot va faoliyati haqidagi bayonlarni forschadan oʻzbеk tiliga oʻgirilgan. Shu bilan birga «Misgarlik san'ati» maqolasi «Surxon Tongi» roʻznomasida, "Al-Hakim at-Tеrmiziyning soʻfiylik tariqatida valiylik va karomat tushunchalari" (Kashf-ul Mahjub asari asosida) maqolasi TеrDU ilmiy toʻplamida nashr etilgan. Bundan tashqarii, viloyat radiosida "Istiqlol onlari" mavzuidagi eshittirishda muzеy va uning faoliyati haqida oʻzbеk va tojik tillarida ma'lumotlar bеrildi. Shuningdеk,muzеy ilmiy arxivida saqlanayotgan toshbosma va qoʻlyozma kitoblar ustida bir qator ishlar olib borilmoqda. Abu al-Hasan Hujviriyning "Kashf ul-Mahjub" asarining
"Tasavvuf haqida", "Turli mamlakatlardagi oxirgi sufiylar", "Shayx Sulton Ahmad Xizravеyhning hayot va faoliyati", "Hakimiya tariqati", "Valiylik va karomat haqida", "Ibrohim Adham", "Ahmad binni Xizraviy", "Shaqiqi Balxiy", "Abuabdulrahmon Hotam binni Unvon al- Isim Balxiy" mavzularidagi boblari fors tilidan oʻzbеk tiliga tarjima qilindi. Termiz 1999 yil noyabr oyida UNESCO Bosh konferensiyasining Parijda boʻlgan 30- majlisida Markaziy Osiyoning qadim shahrlaridan biri Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qilindi. Mazkur qaror munosabati bilan Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yilning 27 dekabrida "Termiz shahrining 2500 yillik yubileyini 2001 yilda oʻtkazish va unga tayyorgarlik koʻrish toʻgʻrisida" maxsus qaror qabul qilindi. Ushbu qarorlar asosida 2002 yil 2 aprelda oʻzining 2500 yillik yoshini nishonlagan Termiz shahri koʻplab katta voqealar va larzalarni boshidan kechirgan. Butun tarixi davomida Termiz Markaziy Osiyo xalqlari madaniy taraqqiyoti va oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida muhim rol oʻynagan. "Buyuk Ipak Yoʻli"ning asosiy chorrahalaridan biri sifatida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga sezilarli darajada hissa qoʻshgan qadim shahardir. Buddizm dinining va u bilan
bogʻliq boʻlgan memorchilik anʻanalarining Xitoy va Uzoq Sharq mamlakatlariga tarqalishi ham aynan Termiz orqali yuz bergan. Termizning geografik jihatdan qulay joylashishi, iqlimi va strategik mavqei koʻplab davlatlar va hukmdorlarning diqqat- eʻtiborini oʻziga tortar edi. Shuning uchun u Eron va grek, arab va moʻgʻul bosqinchilarining hujumlariga duchor boʻldi, Movarounnahr ichki qon to;kishlarini boshidan kechirdi, mahalliy hokimlar zulmidan azob chekdi. Termiz istilochilarning olovli janglarida yonib ketar, kulga aylanar, qaddini rostlab paydo boʻlardi, oʻsib shon-shuhrat va qudratga ega boʻlardi. U yana halok
boʻlardi, yonardi, kulga aylanardi va yana oʻzini tiklab ulgʻayardi. Shu sababli Termizning har safar qaytadan tiklanishi qadimgi oʻrnida yuz bermagan. Koʻhna Termiz yoki Kushon Termizi amudaryo boʻyida rivoj topgan boʻlsa, Chingizxon bosqinidan song u sharqroqda Surxondaryo boʻyida qad koʻtarib gullab- yashnaydi. XVIII asrning ikkinchi yarmidagi oʻzaro urushlar tufayli vayronaga aylangan Termiz XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab janubroqda Pattakesar qishlogʻi zaminida bunyod etiladi va ravnaq topadi. Koʻhna Termiz obidalari oʻzining takrorlanmasligi bilan hamisha qadimgi davr mualliflari, ilk oʻrta asr Xitoy sayyohlari va musulmon davri
tarixchilarining diqqat-markazida boʻlib keldi. Termiz haqidagi qimmatli yozma maʻlumotlar VII asrda Xitoy sayyohi, buddizm monaxi Syuan Tzyan yozmalarida; IX-X asrlar arab muarrixlari Ibn Xoʻrdodbeh, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istahriy asarlarida; grek, arman, xitoy, fors, arab manbalarida; qadimiy "Shohnoma" dostonida, ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy, arab sayyohi Ibn Battuta, Ispaniya elchisi Ryui Gonsales de Klavixo, venger sharqshunosi Herman Vamberilar asralarida, oʻrta asr mutafakkirlari Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Muhammad Bobur, Hofiz Abru, Anvariy, Hofizi Tanish Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy asarlarida berilgan. Termiz tarixini
oʻrganishga qiziqish ayniqsa XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridan yanada kuchaydi. Arxeolog olimlardan V. V. Bartold, D. N. Logofet, N. A. Mayev, V. V. Krestovskiy, I. V. Mushketov, A. A. Semenov, M. E. Masson, V. A. Shishkin, T. V. Grek, B. N. Kostalskiy, B. B. Piotrovskiy, V. A. Vyatkin, D. D. Bukinich, B. N. Zasipkin, L. A. Albaum, G. A. Pugachenkova, E. V. Rtveladze, Ya. Gʻulomov, A. A. Asqarov va boshqalar Termizni shaxsan oʻrgandilar va ilmiy xulosalari bilan shahar tarixini boyitdilar. Koʻhna Termiz tarixini oʻrganishda 1926- 1927 yillarda professor Denike boshliq Moskvaning Sharq xalqlari madaniyati muzeyi ekspeditsiyasi, 1936-1939 yillarda
professor M. E. Masson rahbarligidagi Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, 1961 yili B. Ya. Staviskiy boshchiligidagi Sharq xalqlari muzeyi va Davlat Ermitaji arxeologik ekspeditsiyasi, 1959 yildan professor G. A. Pugachenkova boshliq Oʻzbekiston Respublikasi Sharqshunoslik instituti ekspeditsiyasi, 1972 yildan professor V. M. Masson boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Baqtriya ekspeditsiyasi, 1980 yildan akademik A. A. Askarov boschiligidagi kompleks ekspeditsiyasi, 1993 yildan professor T. Shirinov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi FA Arxeologiya Institutining Pyer Lerish boshchiligidagi
Fransiya Ilmiy tadqiqotlar Instituti Milliy Markazi va Kyudzo Kato boshchiligidagi Yaponiyaning Buyuk Ipak Yoʻli Akademiyasi bilan hamkorlikda olib borayotgan ekspeditsiyalari katta ahamiyatga ega boʻldi. Natijada, miloddan avvalgi I ming yillik ortalaridan tortib, XVII asrga qadar Termiz shahri xalqlarining moddiy va maʻnaviy madaniyatini yorituvchi koʻplab arxeologik dalillar qoʻlga kiritildi. Mazkur ekspeditsiyalar tarkibida Termiz Davlat Universitetining arxeolog olimlari ham faol ishtirok etib kelmoqdalar. Rivoyatlarga koʻra, Termizni miloddan avvalgi VII asrda Baqtriyaning birinchi podshosi Zaroastr bunyod etgan.
Miloddan avvalgi VI asrda bu yerlarni bosib olgan Eron Ahamoniylari Termizni juda koʻhna shahar deb taʻriflashgan. Shahar Aleksandr Makedonskiy bosqiniga qadar Ahamoniylar davlatiga boʻysungan. Termizning tarixiga kirgan ilk nomlaridan biri Taramasta - Taramata (baqtrcha - daryo qirgʻogʻi) boʻlgan. MIloddan avvalgi 327 yili Aleksandr Makedonskiy Termizni zabt etib, shaharni oʻz nomi bilan Aleksandriya deb ataydi. Aleksandr Makedonskiy hukmronligi tugaganidan keyin Grek-Baqtriya davlatining asoschisi Demetriy shaharga Demetris nomini beradi. Miloddan avvalga I asrda Grek-Baqtria davlatining kushonlar tomonidan tor-mor qilinishi
munosabati bilan Termiz, yozma manbalarning guvohlik berishicha, Ta- limmi shahri deb Xitoy manbalarida esa, Tu-mi (Tami) deb atala boshlaydi. Termiz asosan kushonlar davrida (mil. avv. I - mil. III asrlar) yuksak rivojlanadi. Bu davrda Termiz Hindiston bilan gʻarb, shimol, sharq mamlakatlari bilan boʻgʻlaydigan savdo yoʻllaridagi yirik shaharga aylanadi. Termizda koʻplab budda ibodatxonalari va moʻla- maqbaralar quriladi. V-VI asrlarda Termiz yuz bergan urushlar oqibatida goh eftaliylar hukmronligi, gohida eron sosoniylari hukmronligi ostida boʻldi. VII asrdab boshlab Termizni termizshohlar sulolasi boshqardi. 705 yili Termizni arab
istilochilari zabt etdilar. IX -XII asrlarda Termiz yirik feodal shahar sifatida maʻmuriy, savdo, hunarmandchilik va ilm- maʻrifat markaziga aylandi. Bu davrda shaharni oʻrab turgan istehkom devorning uzunligi 10 km ni tashkil etib, 9 ta darvozasi boʻlgan. Shu davrda Termizda dunyoga mashhur boʻlgan shoirlar, allomalar, muhaddislar, diniy va dunyoviy olimlar yetishib chiqdi. IX-XII asrlarda Termiz Gʻaznaviylar, Saljuqiylar va Qoraxoniylar davlarlari tasarrufida boʻldi. 1206 yili Xorazmshoh Muhammad davlati ixtiyoriga oʻtdi. 1220 yili Chingizxon qoʻshinlari tomonidan 11 kunlik qamaldan song vayron qilindi. XIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab
Termiz eski oʻrnida emas, sharqroqda Sulton Saodat maqbarasi tevaragida yana rivojlandi. Temuriylar davlati tarkibiga oʻtgandan keyin u gullab- yashnaydi va Shahri gʻulgula nomini oldi. Termiz Shayboniylar davlati tasarrufiga oʻtgandan keyin ham rivojlanishda davom etdi. Kohna Termiz qalʻasini qayta tiklash ishlari olib borildi. Minoralar, masjidlar va xonaqohlar qurildi. Ilm-maʻrifat rivoj topdi. XVIII asrning ikkinchi yarmida olib borilgan oʻzaro janglar, taxt talashishlar tufayli Termiz butunlay vayron boʻldi. Faqat Salovat va Pattakesar qishloqlarigina saqlanib qoldi. Masjidlar, minoralar va saroylar quladi. XVII asrning ikkinchi yarmida Surxondaryo boʻyidagi
Koʻhna Termizdan janubda Pattakesar qishlogʻi paydo boʻldi. Qishloqning kengayib borishi hisobiga oradan bir asr oʻtgandan keyin hozirgi Termiz shahri qad koʻtardi. Yangi Termizning vujudga kelishi Rossiya-Angliya munosabatlarining keskinlashgan davriga toʻgʻri keldi-ki, Rossiya bu joylarda oʻz taʻsirini kuchaytirish maqsadida Oʻrta Osiyoga harbiy yurishlarini boshlab yuborgan edi. 1873 yilning 28 sentyabridagi shartnoma Buxoroni Rossiyaga qaram davlatga aylantirgan boʻlsa, 1888 yil 23 iyundagi qoʻshimcha shartnoma ruslarning Termizga kelishi va bu yerda istehkomlar qurish masalasini hal qilgan edi. 1893 yilning 15 yanvarida
Termiz Buxoro amiri tomonidan Rossiya hukumatiga berilgan edi. Yangi Termizda Rossiya manfaatini himoya qilish maqsadida qurilishlar boshlandi, koʻplab harbiy qismlar keltirildi. Tuproqqoʻrgʻon va mustahkam istehkom qurildi. Termir yoʻl qurilishi, telegraf, aloga, elektr tarmoqlarining tortilishi Termizning rivojlanishi va Amudaryo boʻyidagi harbiy- strategik ahamiyatga ega boʻlgan shaharga aylanishiga olib keldi. 1917 yilgi davlat toʻntarishidan keyingi Sovet imperiyasi davrida ham Termiz oʻzining harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotmadi. Bu davrda Termizda katta-katta inshootlar qurildi. Maʻmuriy binolar qad koʻtardi. Ilm-fan rivojlandi, madaniyat va
sanʻat ravnaq topdi. Mustaqillik yillarida Termiz chiroyini yanada ochdi, shahar koʻchalari boshqadan qurilib, ravon va keng koʻchalarga aylantirildi, istirohat bogʻlari, sharqona usuldagi muhtasham va obod bozorlar, zamonaviy maʻmuriy binolar, oʻyingohlar, teatr va kinoteatrlar, ilm-fan maskanlari barpo etildi, borlari taʻmirlandi. Qisqasi, shaharning qiyofasi tanib boʻlmas darajada oʻzgardiki, bu oʻz navbatida har bir termizlik qalbida quvonch va faxrlanish hissini uygʻotmoqda. Surxondaryo Surxondaryo viloyati - Oʻzbekiston Respublikasining eng janubida joylashgan fusunkor oʻlka. Viloyat sifatida 1941 yil 6 martda tashkil etilgan (1925 yil 29 iyundan Surxondaryo
okrugi). Janubdan Amudaryo boʻylab Afgʻoniston, shimol va sharqdan Tojikiston Respublikasi bilan, janubi- sharqdan Turkmaniston bilan chegaradosh; shimoli-gʻarbdan Qashqadaryo viloyati bilan tutashgan. Viloyatning maʻmuriy, iqtisodiy bva madaniy markazi - Termiz shahri. Oʻzbekiston Resbublikasining mustaqil chegara qoʻshinlari mamlakatning Surxondaryo boʻylab oʻtgan janubiy sarhadlarini mustahkam qoʻriqlab kelmoqdalar. Surxondaryo viloyatining umumiy yer maydoni 20,1 ming kvadrat kilometr. Aholisi 1 mln 535,8 ming kishi (bu 1996 yildagi maʻlumot; soʻnngi yillardagi batafsil statistik maʻlumot bilan
bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin). Aksari qismi oʻzbeklar (79,9%). Qisman tojiklar (13,3%), ruslar, turkman va boshqa millat vakillari yashaydi. Surxondaryoning relyefi shimoldan janubga qiyalanib va kengayib boradigan tekislikdan iborat. Surxondaryo va Sheroboddaryo oqib oʻtadigan bu tekislik qariyb 200 kilometrga choʻzilib, shimol, gʻarb va sharqdan baland Hisor tizmasi va uning tarmoqlari - Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekislik orasida adirlar joylashgan. Hisor togʻ tizmasining ayrim choʻqqilari 4500 metr va undan ham balandroq. Tizmaning qirra va choʻqqilari qishin-yozin qor bilan qoplanib yotadi.
Boysun va Bobotogʻ yonbagʻirlari mehnatkashlarning sevimli dam olish maskanlaridir. Bu joylardagi goʻzal manzaralar ijodkorlarni doimo oʻziga chorlab keladi. Ularning, jumladan, mashhur rassom, rahmatli Roʻzi Choriyevning koʻp asarlariga bu manzaralar mavzu boʻlgan. Asosiy daryosi -Qorovultepa qishlogʻidan bir oz yuqoriroqda Hisor togʻlaridan oqib tushadigan Toʻpalangdaryo bilan Qoradaryoning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Umumiy uzunligi 175 kilometr, havzasining maydoni 13,5 kvadrat kilometr. Surxondaryo Boysun va Bobotogʻ tizmalari oraligʻidan janubi- gʻarb tomon oqib borib, Termiz shahri
yonida Amudaryoga qoʻshiladi. Uning bir nechta irmoqlari bor. Bulardan asosiysi Sangardak va Xoʻjayalpoq daryolaridir. Sheroboddaryo Boysuntogʻ tizmalari Irgʻayli va Qizilsoy daryolari qo;ʻshilishidan hosil boʻladi. Kallamozor qishlogʻiga qadar Machaydaryo, u yerdan Sherobod shahrigacha Sheroboddaryo, Sherobod shahridan quyilish joyi - Amudaryoga qadar Qorasuvdaryo deb ataladi. Umumiy uzunligi 186 km. Havzasining maydoni qariyb 3 ming km. Daryo oqimi suv omborlari bilan tartibga solinadi. Bulardan eng yiriklari - Janubiy Surxon va Uchqizil suv omborlaridir.Surxondaryo tekislik qismining iqlimi qishining, zoyining issiq
va uzoqligi bilan farq qiladi. Termizda bahorning boshlanishi fevralning dastlabki oʻn kunligiga, yozning boshlanishi (harorat 20 darajadan oshishi) mayning uchinchi oʻn kunligiga toʻgʻri keladi. Kuz (oʻrtacha kecha-kunduz harorati 20 darajadan kamayishi) sentyabrning birinchi oʻn kunligidan boshlanadi. Qish mavsumi oʻrtacha kecha-kunduz harorati 5 darajadan pasayishi bilan - dekabrning ikkinchi oʻn kunligidan boshlanadi. Surxondaryo viloyatining janubi-sharqiy qismida yozda bir necha kun chang-toʻzonli issiq va quruq "afgʻon shamoli" esadi va einlarga katta zarar yetkazadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Yozda
haroratning yuqoriligi, iliq-issiq kunlarning uzoq davom etishi viloyatda issiqsevar subtropik oʻsimliklar - ingichka tolali paxta, xurmo va hatto shakarqamish, apelsin, mandarin yetishtirishga imkon beradi. Janubdagi qishloq joylarda - oq saksovul, cherkas, tarakabosh, yaltirbosh, yantoq; daryo boʻylarida - yulgʻun, jiyda, terak, qiyoq, qamish; togʻlarda - efemer boshoqli oʻsimliklar, baland togʻlarda - subalp betaga, daraxt va butalardan archa, yovvoyi mevalidaraxtlar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar, Amudaryo vodiysida toʻqayzorlar bor. Togʻlarda jayron, togʻ echkisi, toʻngʻiz, silovsin, boʻri, shoqol, qoʻngʻir ayiq, jayra; qushlardan
qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Viloyatda neft va gaz qazib chiqariladi (Xovdogʻ, Kakaydi, Lalmikorda). Oʻzbekistondagi uchta yirik koʻmir konining ikkitasi Surxondaryodadir. Bular Shargʻun va Boysun koʻmir konlari boʻlib, yura qatlamida joylashgan. Polimetall (sangardak), osh tuzi (Xojaikon) konlari bor. Gips, granit, argilit kabi qurilish materiallari konlari ham mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: paxta tozalash, paxtani qayta ishlash korxonalaridir. Viloyatning yirik sanoat korxonalari: "Jarqoʻrgʻonneft" boshqarmasi, Denov yogʻ-ekstrakt zavodi, Boysun eksperimental shoyi toʻqish fabrikasi, Sariosiyo tosh saralash zavodi,
Shoʻrchi un kombinati, Jarqoʻrgʻon yigiruv-toʻquv fabrikasi, Termiz tikuvchilik fabrikasi, Shargʻun koʻmir sanoati korxonalari, Sherobod keramika badiiy buyumlar zavodi va b. Viloyatda bir necha qoʻshma korxona, kichik korxonalar ishlab turibdi. Jumladan, Afgʻoniston bilan hamkorlikda tashkil etilgan xalq isteʻmoli mollari ishlab chiqaradigan "Namaf" va "Afruz" qoʻshma korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Hindiston - Termiz "Farmed" qoʻshma korxonasi mahalliy giyohlar asosida dori-darmon ishlab chiqarsa, Poʻlat Alpomishev boshliq Turkiya - Termiz "Poʻlat" qoʻshma korxonasida oʻziga xos gilamlar, paloslar tayyorlanadi. Bugungi kunda viloyat
tumanlarida qishloq xoʻjalik mahsulotini qayta ishlaydigan kichik korxonalar, sexlar tashkil etishga ahamiyat berilmoqda. Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, bogʻdorchilik, limonchilik, pillachilik va b. Togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan bugʻdoy va arpa yetishtiriladi) bilan sgugʻullaniladi. Paxta - viloyatning 14 tumanidan 13 tasida asosiy ekin turlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda eng koʻp ingizchka tolali paxta Surxondaryoda tayyorlanadi. Viloyatning togʻoldi tumanlarida bogʻdorchilik va uzumchilikrivojlangan. Xoʻjaliklarida qoramol, qoʻy (qorakoʻl va hisor zotli dumbali qoʻylar), echki, yilqi, parranda,
quyon boqiladi. Jahon moʻyna va teri auksionlarida juda qadrlanadigan "Surxon suri" qorakoʻl terisi Surxondaryo viloyatida yetishtiriladi. Aholiga savdo va maishiy xizmat ko rsatish bozor iqtisodiyoti talablari asosida keng rivojlanib bormoqda. Bu tarmoq korxonalari davlat tasarrufidan chiqarilib, asosan xususiylashtirilib bo lindi. Savdo tashkilotlari o z kuchlari bilan xalq iste moli mollari ishlab chiqarib, aholini ta minlashga e tibor bermoqda. Viloyat hududidan Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarni Sharqiy Yevropa shaharlari bilan boʻgʻlaydigan temiryoʻl tarmogʻi (jumladan, Moskva - Dushanbe, Ashgabat - Dushanbe) oʻtgan. 1995 yilda Gʻuzor - Boysun - Qumqoʻrgʻon temir yoʻli qurilishi boshlab yuborildi. Viloyatning asosiy avtomobil yoʻli - Katta Oʻzbekiston trakti. Amudaryo ustidan Xayraton temiryoʻl qurilgan . Viloyatda tarmoq transporti ham rivojlangan. Avtomobilda mamlakatlararo yuk tashish xizmati korxonasi xalq xoʻjalik mollarini qoʻshni Afgʻonistonga yetkazib bermoqda. Surxondaryo viloyatida respublikada yagona Termiz daryo porti joylashgan. Termiz va Sariosiyoda zamonaviy aeroport bor. Surxondaryo viloyatida 14 tuman bor: Angor, Bandixon, Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Muzrabod , Oltinsoy, Sariosiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Shorchi
, Qiziriq
, Qumqoʻrgʻon. Shaharlar: Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Termiz, Shargʻun, Sherobod, Shorchi, Qumqoʻrgʻon. Shaharchalar: Angor, Dostlik, Kakaydi, Sariosiyo, Sariq, Xayrobod, Hurriyat. Shaharlardan ikkitasi - Termiz va Denov tuman markazlari hisoblansa-da, toʻgʻridan-toʻgʻri viloyatga boʻysunadi; qolgan shahar va shaharchalar tuman markazlaridir. 1- zal. (miloddan avvalgi 100- 3 ming yilliklar) Surxondaryo viloyatining moʻʻtadil iqlimi va atrof-muhiti bu yerda juda qadimdan inson manzilgoh-larining paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Janubiy Hisor togʻ tizmasi turkumiga kirgan Boysuntogʻ va Koʻhitang togʻlarida mavjud gʻor va oʻngirlar ibtidoiy davr odamlari uchun makon boʻlib xizmat qilgan. Viloyat hududidagi eng qadimgi makon bu neandertal odamning manzilgohi boʻlib, Boysuntogʻdagi Teshiktosh gʻori hisoblanadi. Oʻrta tosh ( mustye) davriga, yaʻni miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarga oid bu gʻordan 3000 dona Surxon vohasi tosh davrida ibtidoiy odamlar yasagan keskich, taroshlagich va chopqi kabi tosh oʻzaklar topilgan. Teshiktosh gʻoridan ibtidoiy davr odamining tashqi koʻrinishini tiklashda muhim ashyoviy manba hisoblangan odam tana suyagi topilishi juda muhimdir. Boysundagi Amir Temur gʻori ham viloyatning eng qadimgi gʻor makonlari turkumiga kiradi. Tosh asrining yuqori bosqichiga kelib (milloddan avvalgi 40-12 ming yilliklar), Janubiy Hisor togʻ tizmalaridan boshlangan daryo va soy boʻylari (Toʻpalang daryosi havzasi ) insonlar tomonidan jadal oʻzlashtirilgan. Download 273.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling