Termiz arxeologiya muzeyi


Download 273.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana11.06.2020
Hajmi273.99 Kb.
#117482
1   2
Bog'liq
Termiz Arxeologik Muzeyi - Vikipediya


Mezolit davri



(Oʻrta tosh asri, milloddan avvalgi 12-5

ming yilliklar) ga kelib insonlar nafaqat

gʻorlarda, balki pasttekisliklarda va daryo

boʻylarida ham makon qurib istiqomat

qila boshlaganlar. Shu bois, viloyatning

Koʻhna Termiz, Ayritom kabi

yodgorliklarida koʻplab tosh qurollar

uchragan. Bu davrga kelib, oʻq-joy ixtiro

qilingan, suyakdan bigiz va shu kabi

boshqa qurollar yasalgan, mayda tosh

(mikrolit ) qurollar koʻpaygan va yovvoyi

hayvonlar xonakilashtirila boshlangan.

Oʻrta tosh davri insonlar tasavvurlari va

eʻtiqotlarida keskin oʻzgarish yuz bergan

davr hisoblanadi. Bu jarayonni Markaziy

Osiyoning eng qadimgi rang tasivlaridan

boʻlmish Koʻhitangdagi Zarautsoy


suratlarida kuzatish mumkin.

Zarautsoydagi tosh ayvon yuza qismida

va shipida 200 ga yaqin qizil boʻyoqlarda

bitilgan suratlar saqlanib qolgan. Bu

lavhalarda ov marosimi, hayvonot olami

va oʻrta tosh davri odamlari tasvirlari oʻz

aksini topgan. Baʻzi bir olimlarning

taʻkidlashicha, Zarautsoy suratlarida

sehrli ov marosimi jarayoni aks etirilgan.

Zarautsoy suratlari Markaziy Osiyoda

sanʻatning, shu jumladan, tasviriy

sanʻatning ilk namunasi hisoblanadi.

Viloyatda neolit (yangi tosh), eneolit (mis

- tosh) davrlari manzilgohlari Koʻhitang va

Bobotogʻ hududlarida qayd etilgan boʻlib,

bu makon va manzilgohlar ham jez

(bronza) asrida vohada dehqonchilik


madaniyatining vujudga kelishida muhim

ahamiyat kasb etgan.

(miloddan avvalgi III-I ming yillik boshlari)

Miloddan avvalgi III-I ming yilliklarni

qamrab olgan bronza (jez) asri Markaziy

Osiyoda tub oʻzgarishlar yuz bergan davr

hisoblanadi. Bu avvalambor qalay, mis va

qoʻrgʻoshin qorishmasidan tarkib topgan

jez (bronza) qurollarining ixtiro qilinishi

bilan bogʻliq boʻlgan. Bronzaning kashf

etilishi tufayli mehnat va ov qurollari

takomillashgan, kulolchilik charxining

ixtiro qilinishi hunarmanchilikning

2-zal. Surxon vohasi bronza

va temir davrida


dehqonchilikdan alohida xoʻjalik sifatida

ajralib chiqishiga olib kelgan. Jez davriga

kelib meʻmorchilik rivojlangan sugʻorma

dehqonchilikka asos solingan va

mintaqalararo mol ayirboshlash yuzga

kela boshlagan. Surxon vohasida jez asri

uning soʻnggi bosqichida, yaʻni miloddan

avvalgi II ming yillikning birinchi

choragida boshlanib, miloddan avvalgi I

ming yillik boshlarigacha davom etgan.

Viloyat hududida soʻngi jez davriga oid

eng daslabki oʻrganilgan yodgorlik

Muzrabod vohasidagi Ulanbuloqsoy

etagida joylashgan Sopollitepa yodgorligi

hisoblanadi. Shu bois Surxon vohasining

soʻnngi jez asriga mansub madaniyat

"Sopolli madaniyati" deb nomlangan.


Sopollitepa qalʻa va uning tutash

qismidan tarkib topgan, tarxi 82x82 m,

ichki yoʻlakli uch qator mudofaa devorlari

bilan oʻrab olingan. Qalʻada aholi jamoa-

jamoa boʻlib yashab, ular 8 mahalladan

tashkil topgan. Miloddan avvalgi XV

asrda Sopollida hayot izlari soʻnadi va bu

joyda istiqomat etgan aholi

Sheroboddaryo havzasiga, uning qadimiy

irmoqlaridan biri - Boʻstonsoy irmoqlariga

koʻchadi. Bu obida Jarqoʻton nomi ostida

maʻlum boʻlib, 100 gektardan ortiq

maydonni tashkil etadi. Jarqoʻton

yodgorligi alohida muhofazalangan qalʻa-

saroy va unga tutash qismdan, shu

jumladan, voha uchun diniy markaz

vazifasini oʻtagan ibodatxona, alohida-


alohida tepaliklar shaklidagi turar joy

binolaridan iborat mahallalar, kulollar

ustaxonalari va xumdonlar, shuningdek,

mozor-qabristondan iborat. Jarqoʻton

yodgorligining umumiy maydoni, unda

mahobatli inshootlarning mavjudligi,

hunarmandchilikning taraqqiy etgani bu

joyda shahar turkumidagi madaniyat

mavjud boʻlganligini koʻrsatadi. Jarqoʻton

yodgorligi Vatanimiz hududidagi eng

qadimiy shaharning ilk timsolidir.

Jarqoʻton olov ibodatxonasi bu turdagi

inshootlaning eng qadimiysi boʻlib,

keyinchalik Koʻhna Sharqning baʻzi bir

markazlarida keng tarqalgan olov

ibodatxonalarining shakllanishiga asos

boʻlib xizmat qilgan. Miloddan avvalgi


XV-X asrlar oraligʻida viloyatning baʻzi bir

hududlarida, shu jumladan, Mirshodi

vohasida, Surxondaryoning oʻrta va

yuqori havzalarida jez davrining yangi

qishloq va qalʻalari vujudga kelgan.

Sopolli madaniyati sohiblari Vatanimiz

hududida dastlabki sugʻorma

dehqonchilikka asos solgan qabilalar

hisoblanadi. Sopollitepa, Jarqoʻton,

Molali kabi obidalarni qazish jarayonida

topilgan don qoldiqlari, toshdan yasalgan

mehnat qurollari, ipakdan toʻqilgan mato

va hokazo ashyoviy manbalar buning

isbotidir. Sopolli madaniyatiga xos

hunarmandchilik namunalari turli-tuman

boʻlib, jezdan quyma usulda yasalgan

koʻzgular, oʻsmadon va koʻzachalar, tepa


qismida hayvon bosh qismi tasvirlangan

jez bigizlar, ilon va xochsimon shakldagi

muhrlar, turli togʻ jinslaridan yasalgan

munchoqlardan iborat. Bu davrda

hunarmandchilikning ommaviy turlaridan

biri - kulolchilik ham jadal taraqqiy

topgan. Sargʻish va qizil loydan charxda

yasalib maxsus xumdonlarda pishirilgan

vaza va kosalar, koʻza va joʻmragli

idishlar, turli hajmdagi xurmacha va

xumlar oʻzining sifatliligi va xilma-xilligi

bilan ajralib turadi. Sopolli va ayniqsa,

Jarqoʻton yodgorliklarida loydan

yasalgan but haykal, hayvonlar tasviri aks

ettirilgan obrazlarning mavjudligi vohada

jez davrining soʻnggi bosqichlarida badiiy

sanʻatning ilk kurtaklari ham


shallanganligidan darak beradi. Vohada

soʻngi jez davrida istiqomat qilgan aholi

Koʻhna Sharqning qadimiy

sivilizatsiyalari, shu jumladan, Shumer,

Akkad, Elam, Shimoliy Hindistonning

Xarappa, Sibir va Qozogʻiston

hududlarida istiqomat qilgan elat va

qabilalar bilan yaqin iqtisodiy va madaniy

aloqada boʻlganlar.

(miloddan avvalgi I ming yillik boshlari--

miloddan avvalgi IV asr) Miloddan

avvalgi I ming yillikning birinchi choragi

oʻz tasarrufiga Surxon vohasi, Janubiy

3-zal. Qadimgi Baqtriya

madaniyati


Tojikiston va Shimoliy Afgʻoniston

yerlarini birlashtirgan Baqtriya oʻlkasi

iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida

chuqur oʻzgarishlar yuz bergan davr

hisoblanadi. Bu jarayon bevosita

temirdan mehnat qurollari yasashning

ixtiro qilinishi bilan bogʻliq boʻlgan. Voha

ahli temirni soʻnggi jez davridayoq, yaʻni

miloddan avvalgi XIII-XII asrlar oraligʻida

Koʻhna Sharqning qadimiy xalqlaridan biri

- xettliklar bilan qariyb bir davrda kashf

etgan. Oʻlkada temirdan ommaviy tarzda

mehnat va harbiy qurollar yasash

miloddan avvalgi VII-VI asrlarga toʻgʻri

keladi. Temirdan mehnat va harbiy qurol-

yarogʻlar yasashning ixtiro qilinishi

dehqonchilik, harbiy bilimlar va


hunarmandchilik rivojiga katta ijobiy taʻsir

koʻrsatgan. Bu jarayon, ayniqsa, ilk temir

asri obidalari tuzilishida va qishloq

xoʻjaligida yaqqol seziladi. Ilk temir

asriga kelib vohaning dehqonchik uchun

qulay boʻlgan hududlari jadal

oʻzlashtirilgan (Bandixon, Mirshodi

vohalarida va Surxondaryoning quyi

havzasi) va Muzrabod, Sherobod vohalari

hududlarida yangidan bunyod etilgan

shahar va qalʻalar hisobiga mavjud

ekinzor yerlar kengaytirilgan. Soʻnggi jez

davrida vohada dehqonchilik asosan soy

va daryolar havzalarida olib borilgan

boʻlsa, ilk temir asrida sunʻiy kanallar

qazilib, yerlar oʻzlashtirilgan. Ilk temir asri

Baqtriya zaminida ikki qismli


shaharlarning toʻliq shakllangan davri

hisoblanadi. Voha markazlari vasifasini

oʻtgan Jondavlattepa (Sherobod vohasi),

Hayitobod (Quyi Surxon havzasi),

Qiziltepa (Mirshodi vohasi) ikki qismdan,

yaʻni, arki-aʻlo va ichki shahar kabi

tarkibiy qismlardan iborat. Arki-aʻloda

voha hukmdorligining maʻmuriy

inshootlari va turar joy binolar

joylashgan. Har ikki qism oʻz navbatida

mustahkam mudofaa istehkomlari bilan

oʻrab olingan. Bu davrda doirasimon

(Tallashqon-2) yoki toʻgʻri toʻrtburchak

shaklidagi (Bandixontepa) mustahkam

harbiy qalʻalar ham barpo etilgan.

Mirshodi, Qizilcha va Muzraboddagi

Kuchuktepa vohaning ilk temir asriga


mansub qishloqlari turkumidandir.

Vohada qadimgi Baqtriya podsholigi

davrida shaharsozlik va meʻmorchilik

bilan bir qatorda hunarmandchilik ham

taraqqiy topgan. Mirshodi vohasidan

topilgan toshdan yasalgan odam bosh

qismi tasviri, Kuchuktepa, Qiziltepa,

Tallashqon kabi obidalardagi uch qirrali

paykonlar, temir va toshdan yasalgan

yarimoy shaklidagi oʻroqlar, keli va

kelisoplar shular jumlasiga kiradi.

Miloddan avvalgi VI-IV asrlar

kulolchiligining asosiy xususiyatlaridan

biri - don va suv saqlashga moʻljallangan

ulkan xumlardan tortib moʻjaz sopol

idishlarning aksariyat qismi charxda

yasalganligi va bankasimon koʻrinishga


ega boʻlganligidir. Qadimgi Baqtriya

davlati (Baqtriya, Baqtriana-bu yunoncha

nom, Baxdi - "Eronga nisbatan sharqda

joylashgan oʻlka") miloddan avvalgi VI asr

oʻrtalarida Eron Ahamoniylariga

qaramlikka tushib qolgan. Bu voqea

miloddan avvalgi 545-539 yillar oraligʻida

Kir boshchilik qilgan Eron qoʻshinlarining

Markaziy Osiyoning katta qismini bosib

olishi oqibatida roʻy bergan. Shu

sanalardan tortib, Makedoniyalik

Iskandar (Aleksandr Makedonskiy)

qoʻshinlari tomonidan qadimgi Eron

davlatining tor-mor etilishiga qadar

Baqtriya Ahamoniylar Eronining katta

satraplik (viloyat) laridan biri

hisoblangan. Vohaning Qadimgi Baqtriya


davriga mansub yodgorliklari miloddan

avvalgi IV asrning 30-yillarida boshlangan

Makedoniyalik Iskandar istibdodi

oqibatida inqirozga yuz tutadi.

Viloyatdagi Qadimgi Baqtriya davriga

mansub 42 ta yodgorlikning aksariyat

qismi Makedoniyalik Iskandar

boshchiligidagi qoʻshinlar hujumi tufayli

vayronaga aylangan.

(miloddan avvalgi 329 yil, miloddan

avvalgi II asr oʻrtalari) Miloddan avvalgi

4-zal. Baqtriyaning

Makedoniyalik Iskandar va

Ellinstik davlatlar davri

madaniyati


329 yilda Makedoniyalik Iskandar

boshchiligidagi yunon- makedon

qoʻshinlarining Oks (Amudaryo) va

Yaksart (Sirdaryo) oraligʻidagi hududni

egallash uchun yurushi boshlandi. Bu

harbiy muhoriba soʻgʻdliklar, baqtriyaliklar

va saklarning qattiq qarshilik

koʻrsatishlariga qaramasdan, miloddan

avvalgi 327 yilda Oks va Yaksart

oraligʻidagi katta bir qismni egallash bilan

tugaydi. Bu sanadan boshlab Markaziy

Osiyoning bazi bir viloyatlari kabi

Baqtriya oʻlkasi, shu jumladan, Surxon

vohasi ham Makedoniyalik Iskandar

vafotidan soʻng (milod. avv. 323 yil)

Surxon vohasi Salavkiylar davlati

tasarrufida boʻladi. Miloddan avvalgi III


asrning 50 - yillarida Baqtriyada Diodot

asos solgan Yunon- Baqtriya shohligi

vujudga kelib, bu davlat miloddan avvalgi

II asrning oʻrtalarigacha hukmronlik

qiladi. Miloddan avvalgi II asrning 40-30

yillari oraligʻida Yunon- Baqtriya davlati

sak, yuechji (yovchi) va toxar kabi elat va

qabilalarning yurishi tufayli inqirozga

uchraydi. Makedoniyalik Iskandar

boshchiligidagi yunon - makedon

qoʻshinlarining istibdodi qoʻshni oʻlkalar

singari Baqtriyada ham tushkunlik va

vayronagarchilikka olib kelgan. Vohaning

harbiy jihatdan muhim boʻlgan va suv

manbalariga boy bir necha shahar va

qishloqlarida (Tallashqondagi Tallashqon

II) hayot davom etgan. Salavkiylar va


ayniqsa, Yunon- Baqtrya shohligi davrida

kelib, Oks (Amudaryo) boʻylarida

joylashgan Koʻhna Termiz shahar sifatida

shakllangan, kechuv joyida qalʻa

vazifasini oʻtagan Kampirtepa,

Hayitobodtepa, Jondavlattepa kabi

shaharchalar kengaytirilib, Dalvarzintepa

kabi shahar , qishloq va qalʻalarga asos

solingan (Oysaritepa, Oqtepa va hokazo).

Miloddan avvalgi III- II asrlar Baqtriyada,

butun Yaqin Sharq hududida boʻlgani

kabi, qadimgi Sharq anʻanalari va yunon

madaniyatining birikuvi va hamkorligi

jarayoni kuchayib, oʻziga xos ellinistik

madaniyatni yuzaga keltirgan. Bu jarayon

shaharsozlik va memorchilikda, tangalar

zarb qilishda, yaʻni pul- tovar


minosabatlarining tarkib topishida ,

badiiy sanʻat va hunarmandchilikda

yaqqol koʻzga tashlanadi. Shimoliy

Baqtrya (Surxon vohasi) ning yunon-

baqtrya davri badiiy sanʻat turlaridan biri -

terrakota haykalchalaridir . Bular

yalangʻoch qiyofada yoki tovonlariga

tushgan kiyimlari hilpirab turgan

haykalchalar yoki ayol maʻbudaning

taxtda oʻtirgan holatdagi tasvirlaridir. Bir

qism haykalchalar fil suyagi yoki marmar

toshdan yoʻnilgan boʻlib, oʻzinig nafisligi

va yuksak badiiyligi bilan ajralib

turadi.Yunon-Baqtrya shohlari nomidan

zarb etilgan tangalarning yuza qismida

Diodot, Demetriy va boshqa

hukmdorlarning koʻkragigacha tasviri


tushirilgan boʻlib, aynan portret

shaklidadir. Yunon - Baqtriya podsholigi

davri oʻymakorlik, shishasozlik,

sangtaroshlik kabi hunarmandchilik

turlarining ham taraqqiy etgan davridir.

(miloddan avvalgi I - milodiy III asrlar)

Miloddan avvalgi I - milodiy III asrlarda

hukmronlik qilgan Kushon podsholigi

nafaqat Vatanimiz tarixida, balki butun

Markaziy Osiyo tarixiy oʻlkalari xalqlari

iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida

muhim oʻrin tutgan davlatlardan biri

sanaladi. Kushon podsholigiga asos

5-zal. Qadimgi Baqtriyaning

kushon davri madaniyati


solgan qabilalar tarixiy manbalarda

yuechji( yovchi) va toxarlar deb

nomlangan. Miloddan avvalgi II asrning

toʻrtinchi choragida asosan Baqtriyada

hukmron boʻlgan Yunon - Baqtriya

shohligi Markaziy Osiyoning shimoliy

hududlarida istiqomat qilgan yuechji

qabilalarining yurishi tufayli inqirozga

uchragan. Milodiy I asrga kelib,

Baqtriyada besh katta urugʻ (Xyumi,

Shuanmi, Guyshuan, Xeytun va Gaofu -

yoki boshqa bir manbada Gaofu oʻrnida

Dumi) ga boʻlinib yashagan yuechji

qabilalari Kujula Kadfiz tomonidan

Guyshuan- Kushon urugʻi qoʻl ostida

yagona davlatga birlashtirilgan. Kushon

davlatining shimoliy chegarasi Janubiy


Hisor togʻ tizmasiga kirgan Boysuntogʻ

hisoblanib, Kushon hukmdorlari oʻz

davlatining shimoliy chegaralarini

mustahkamlash borasida ham tinimsiz

faoliyat koʻrsatganlar. Boysuntogʻdagi "

Temir darvoza" va uning bilan bogʻliq

mudofaa istehkomlari ana shunday

inshootlardan biri hisoblanadi. Vima

Kadfiz va ayniqsa, Kanishka I

hukmronligida bu davlat tarkibiga

Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston

yerlari ham kiritilgan va natijada Kushon

davlati Koʻhna Dunyoning Rim imperiyasi,

Parfiya va Xan Xitoyi bilan bir qatorda

turgan buyuk davlatga aylangan. Milodiy

III asr oxirida ichki ziddiyatlar va ayniqsa,

sosoniylar Eroni qoʻshinlarining


Kushonshahr, ya'ni Baqtriyani egallashlari

tufayli Kushon davlati inqirozga yuz

tutgan. Toʻrt asr davomida

markazlashgan davlatning mavjudligi

Baqtriyada, shu jumladan, uning tarkibiy

qismi boʻlgan Surxon vohasida ham

iqtisodiy va madaniy hayotning barcha

jabhalarida yuksalishga olib kelgan.

Miloddan avvalgi I - milodiy I asrlarda

Surxon vohasi jadal oʻzlashtirilgan, yirik

kanallar qazilgan (Kattanahar), mavjud

sugʻorish inshootlari kengaygan (Zang

kanali), yangi shaharlarga asos solingan

(Zartepa) yoki Tarmita (Termiz) va

Dalvarzintepa singari shaharlar hududiy

jihatdan kengaygan. Kushon davri

shaharlari loyiha asosida bunyod etilgan


ikki qism, ya'ni arki a'lo va unga tutash

asosiy shahar qisimlaridan iborat

boʻlgan. Bu davr shaharsozligi

Dalvarzintepa, Zartepa, Koʻhna Termiz va

uning tarkibiy qismlari hisoblangan

Qoratepa, Fayoztepa, oʻrnidagi diniy

inshootlar orqali yaxshi oʻrganilgan.

Surxon vohasining Kushon davri

shaharlari maʻmuriy, iqtisodiy markaz

boʻlish bilan bir qatorda diniy markazlar

vazifasini ham oʻtagan (Koʻhna

Termizdagi Qoratepa, Fayoztepa,

Zoʻrmola, Ayritom va Dalvarzintepadagi

buddaviylik ibodatxonalari). Kushonlar

hukmronligining ilk bosqichidayoq,

Koʻhna Dunyo davlat va xalqlarini

iqtisodiy va madaniy jihatdan bogʻlab


turgan qitʻalararo savdo yoʻli, ya'ni Buyuk

ipak yoʻli toʻliq shakllangan va bu xalqaro

savdoda Kushon davlati ham muhim oʻrin

egallagan. Xolchayon, Dalvarzintepa,

Koʻhna Termiz, Zartepa, Ayritom kabi

obidalardan qazib ochilgan dunyoviy va

diniy yoʻnalishlarda yaratilgan haykallar,

xilma-xil moʻʻjaz san'at turlari, turli-tuman

hunarmandchilik buyumlari oʻzining

takrorlanmasligi bilan ajralib turadi

(milodiy IV-VIII asrlar) Milodiy IV-asr

oxiridan boshlab Baqtriya oʻlkasi tarixiy

manbalarda Tohariston deb yuritila

6-zal. Shimoliy Tohariston

ilk oʻrta asrlar davrida


boshlangan. Tohariston oʻz tarkibiga

Surxondaryo viloyati, Janubiy Tojikiston

va Shimoliy Afgʻoniston yerlarini qamrab

olgan boʻlib, hududiy jihatdan Kushon

davri Baqtriya oʻlkasiga teng boʻlgan.

Milodiy III asr oxiri - IV asr davomida

Tohariston Sosoniylar Eroni davlatiga

qaram viloyatga aylangan. V asrda oʻlka

Xioniylar va Eftaliylar davlati tasarrufida

boʻlgan. VI asrning 60-yillariga kelib,

Eftaliylar davlatining Turk hoqonligi va

Sosoniylar Eroni qoʻshinlari tomonidan

tor-mor etilishi tufayli Tohariston Turk

hoqonligi davlati qoʻl ostiga olgan. VII

asrning 70-yillaridan Tohariston Arab

qoʻshinlari tomonidan bosib olina

boshlagan. Bu jarayon VIII asrning 40-


yillariga kelib oʻlkaning batamom Arab

xalifaligi tarkibiga qoʻshib olinishi bilan

yakunlangan. V-VIII asrlar davomida

Tohariston markaziy hokimiyatga rasman

qaram koʻplab kichik mulkliklarga

(ularning soni 27 ta) boʻlingan.

Chagʻoniyon, Kuftan, Termizshohlar

mulkliklari shimoili - gʻarbiy Tohariston,

yaʻni Surxon vohasida joylashgan.

Termizshohlar mulki Amudaryoning oʻng

qirgʻogidagi yerlarni va hozirgi Angor,

Termiz va Jarqoʻrgʻon tumanlarini oʻz

ichiga olgan. Bu mulklik Termizshoh

tomonidan idora etilgan. Chagʻoniyon

(arabcha Saganian, xitoycha Chigo-Yan-

Na) Chagʻonrud (Surxondaryo)

daryosining yuqori havzasidagi yerlarni,


Hisor va Bobotogʻ togʻ oldi maydonlarini

oʻz tarkibiga olgan. Chagʻoniyon

mulkligining markaziy shahri

Chagʻoniyon Qizilsuvning Surxondaryoga

quyilishida joylashgan Budrach

hisoblanadi. IV asrning oxirida, ayniqsa,

Sosoniylar Eroni qoʻshinlarining Shimoliy

Tohariston yerlariga yurishi oqibatida

dastavval markaziy shaharlar (Tarmita-

Termiz, Dalvarzintepa) inqirozga yuz

tutadi. VI asr boshlariga kelib, Shimoliy

Toharistonning markaziy shaharlari qayta

tiklanib, kengaya boshladi va yana bir

qancha shaharlarga asos solinadi. VII-VIII

asrlarga oid Xitoy yozma manbalariga

koʻra, Termiz mudofaa devorining

uzunligi 10 kilometr (20 li),


Chagʻoniyonning markaziy shahri devori

5 kilometr (10 li) ga teng boʻlgan.

Toharistonning V-VIII asrlar davri

shaharlari Kushon davri shaharlari kabi

asosan ikki, yani arki aʻlo va shahriston

kabi tarkibiy qismlardan iborat boʻlgan.

Zangtepa (Qulogʻlitepa), Hayitobodtepa,

Chagʻoniyon (Budrach) larning arki

aʻlosida asosan hukmdor saroyi va u

bilan bogʻliq inshootlar joylashgan.

Markaziy Osiyoning V-VIII asrlardagi

tarixiy va madaniy oʻlkalari (Soʻgʻd,

Xorazm) shaharlari kabi Tohariston

shaharsozligida juda murakkab

meʻmorchilik uslublari qoʻllanilgan. Bular

turkumiga gumbazli xonalar, tomlarini

gʻishtlar yordamida ravoqsimon uslubda


yopib, uning tepasidan ikkinchi va

uchunchi qavatini qurish va hokazolar

kiradi. Toharistonlik meʻmor ustalar

shaharlardagi qabul marosimlari

oʻtadigan zallarni, mehmonhonalarni,

kundalik hayotga moʻljallangan honalarni

bezashda somon suvoq, devoriy rang

tasvir, mahobatli haykaltaroshlik va

oʻyma ganchdan juda mohirona

foydalanganlar. Shimoliy Tohariston

shaharlari kushon davri shaharlari singari

diniy markazlar vazifasini oʻtagan. Koʻhna

Termizda qazib ochilgan gʻorsimon

binolar, Chordingak oʻrnidagi buddaviylik

inshooti, Zangtepadan topilgan qayin

poʻstlogʻiga bitilgan matnlar shular

jumlasidandir. V-VIII asrlar davri


yodgorliklari turkumiga, shuningdek,

koʻshk va hovlilar, savdo yoʻllari yoqasida

joylashgan bojxonalar (Sherobod

tumanidagi Tavka qoʻrgʻoni) ham kiradi.

Angor vohasidagi Kuyovqoʻrgʻon,

Bolaliktepa, Yumaloqtepa kabi

koʻshklardagi muhtasham qabulxona va

mehmonxonlar dunyoviy mazmunda

ishlangan devoriy rang tasvirlarga, rang-

barang haykallarga, loy yoki yogʻochga

oʻyib ishlangan naqshin lavhalarga

bezalgan. Ilk oʻrta asrlar Shimoliy

Toharistonda badiiy sanʻatning, ayniqsa

haykaltaroshlik va devoriy rang tasvir

sanʻatining yuksaklikka erishgan davridir.

Toharistoning V-VII asrlar davri rang

tasvir sanʻati Tavka qoʻrgʻoni va


Bolaliktepa devoriy suratlari orqali

oʻrganilgan. Tavka qoʻrgʻonidagi

muhtasham bino xonasidagi devoriy

suratlarda ov marosimi aks ettirilgan

boʻlsa, Bolaliktepa koʻshkidagi zalda

bazm marosimi tasvirlangan. Vohaning

Kattatepa (Xosiyattepa), Zangtepa,

Bolaliktepa, Hayitobod, Kuchuktepa kabi

obidalari, Bittepa singari dafinalarini

oʻrganish jarayonida topilgan turli-tuman

shisha idishlar, metalldan yasalgan

oʻsmadon va mehnat qurollari togʻ

minerallaridan yasalgan shoda

munchoqlar, qoʻsh baldoqli krujka va

metall buyumlarga taqlid etib yasalgan

sopol idishlar ilk oʻrta asrlar davrida

shimoli-gaʻrbiy Toharistonda


hunarmanchilikning ham jadal rivoj

topganligini koʻrsatadi

(IX-XIII asr birinchi choragi) VIII asrning

40-yillarida shimoliy Tohariston, xususan,

uning markaziy shaharlari batamom Arab

xalifaligi tarkibiga kiritiladi. Bu davrdan to

IX asr oxiriga qadar, yaʻni Shimoliy

Toharistonning somoniylar davlati

tasarrufiga oʻtkazilishiga qadar bu

oʻlkada sodir boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy va

madaniy jarayon musulmon dunyosi

mamlakatlari bilan uzviy bogʻliq holda

7-zal. Shimoliy Tohariston

rivojlangan oʻrta asrlar

davrida


rivojlandi. IX asr oxiridan to XIII asrning

20-yillariga qadar Termiz va Chagʻoniyon

Somoniylar, Qoraxoniylar, Gʻaznaviylar,

Saljuqiylar, Qarluqlar, Guriylar va

Xorazmshohlar davlatlari hukumronlik

ostida boʻlib keldi. VIII asrning ikkinchi

yarmidan boshlab Movarounnahrda,

xususan, Termiz va Chagʻoniyon

yurtlarida musulmon madaniyatining

shakllanish jarayoni yuz berdi. Bu jarayon

ushbu yurtlarga islom dini, arab tili va

yozuvining keng tarqalishi, musulmon

dunyosi mamlakatlariga xos memoriy

inshootlarning, jumladan, madrasa,

masjid, karvonsaroy, minora, maqbara va

boshqa turdagi madaniyat

namunalarining yuzaga kelishi bilan


ajralib turadi. IX asrdan boshlab, Shimoliy

Toharistonda shaharsozlik jadal taraqqiy

etgan. Bu davrda oʻlkada uch qismli

shaharlar toʻliq shakillangan. Termiz,

Chagʻoniyon kabi shaharlar tuzilishini

oʻrganishda yozma manbalar (arab-fors

mualiflari Jayhaniy, Istaxriy, Muqaddasiy

va holazolar) bilan bir qatorda bu

shaharlar hududida keng koʻlamda

amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar

natijalari xam juda muhimdir. Termizning

500 gektarlik shahar tusini olishi X asr

oxirlarida sodir boʻlib, XI-XII asrlar

davomida ravnaq topgan.

Chagʻoniyonning markaziy shahri

Chagʻoniyon (Qizilsuvning

Surxondaryoga quyilish joyidagi Budrach


yodgorligi) 6 kvadrat kilometrga teng

maydonni egallagan. Bu shahar oʻzining

yuksaklikka erishgan davrida, yaʻni X-XI

asrning birinchi yarmida Qizilsuvning har

ikkala qirgʻogʻini egallagan. IX asrdan

boshlab shaharsozlikda pishirilgan

gʻishtlar ommaviy ravishda ishlatilgan,

uylar, saroylar, qabul zallari va masjidlarni

bezashda murakkab islimiy va girih

naqshlar keng qoʻllanilgan. Ushbu zal

peshtoqidan joy olgan Termizshohlar

saroyini bezab turgan naqshin lavhalar

oʻzining betakrorligi bilan ajralib turadi.

IX-XIII asrlar davomida Termiz va

Chagʻoniyonda hunarmandchilik ham

ravnaq topgan. Hunarmand ustalar

mahallalari Termiz va Chagʻoniyon


shaharlari bilan bir qatorda qishloqlarda

ham oʻrganilgan. Chagʻoniyon atrofidagi

Garmalitepa qishloq joylaridagi shunday

kulolchilar ustaxonalaridan biri boʻlgan.

Termizda kulollar mahallasi bilan bir

qatorda temirchi va shishasozlar

mahallari ham boʻlgan. Temirchi ustalar

mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlari

bilan bir qatorda antiqa shamdonlar,

qosh tergich va koʻzgularni quyma va

bolgʻalash uslubida yasaganlar. Misgar

ustalar buyumlaga bezak berishda

chizma naqsh usullaridan keng

foydalanganlar. Budrach yodgorligi

(Chagʻoniyon shahari) ni qazish

davomida topilgan mis idishlar xazinasi

oʻlkada misgarlikning taraqqiyotidan


dalolat beradi. XI asrga oid ogʻirligi 300

kilogrammga yaqin bu xazina turli

idishlardan, jumladan, katta-katta

qozonlar, hovoncha, shamdon va

koʻzalardan iborat (ushbu xazinaning eng

noyob namunalari mazkur zalning

markaziy qismida namoyish etilmoqda).

IX-XIII asrlar davomida oʻlka

hunarmandlari koʻk, havorang shishadan

qadahlar, bankasimon, butilkasimon

idishlarni, kimyogarlar foydalanadigan

kolbalar, grafinlar va pardoz-andoz

buyumlarini juda mohirlik bilan

yasaganlar. Zal koʻrgazmalarining katta

qismi kulolchilik namunalaridan tarkib

topgan. IX asr oxiridan Termiz va

Chagʻoniyonda sirlangan idishlar yasash


oʻzlashtirilgan. X asrning sopol idishlari,

xususan, lagan, kosa, taqsimcha, koʻzalar

yashil, jigarrang va sargʻish sirlarga

boʻyalgan. Bir tur idishlar esa oq ranga

boʻyalib, sir ustidan kufiy uslibida bitilgan

qora va jigarrang yozuvlar bilan bezalgan.

XI-XII asrlarda idishlarning turlari yanada

boyib, turfa rangli boʻyoqlarga bezalib,

naqshlari ustidan yaltiroq sir bilan

qoplangan. Termizlik kulollar oʻrta

asrlarda simob koʻzachalar yasashda

ham mashhur boʻlganlar.

8-zal. Termiz va

Chagʻoniyonning Amir

Temur va Temuriylar

davlati davri madaniyati



(1370 yil - XVI asr boshlari) 1362-1370

yillar oraligʻida Amir Temur tomonidan

Movarounnahrda markazlashgan davlatni

tashkil etish jarayonida Termiz alohida

oʻrin tutgan. 1370 yilda Amir Temurning

taxtga kelishi bayonida Amir Sayyid

Baraka bilan birgalikda Termiz Sayyidlari-

aka-uka xudovandzodalar Abu Muʻoli va

Ali Akbarlar tilga olingan. Ayni shu yildan

boshlab Sohibqiron va Termiz sayyidlari

oʻrtasida yaqin munosabatlar yuzaga

kelgan. Amir Temur 1399 yilda Hindiston

yurishidan va 1404 yilda gʻarb tomonga

amalga oshirilgan muhorabasidan qayta

turib, Termizda qoʻnib oʻtgan. 1409 yilga

qadar Termiz temuriy Xalil Sulton va

undan soʻng Shohrux mirzo hukmronligi


davrida Mirzo Ulugʻbek davlati

tasarrufida boʻlgan. 1220 yilda yuz

bergan Chingizxon bosqini Termiz va

Chagʻoniyonga juda katta talofat

yetkazgan. Bu yurtlarning iqtisodiyoti

qayta tiklanib, madaniy ravnaq sari yuz

tutishi bevosita Movarounnahrda Amir

Temur davlatining tashkil topish davrida

boshlangan. Shimolda Kattaqum va

sharqda Solihobod qishloqlariga tutash

boʻlgan Termiz katta kenglikni ishgʻol

qilgan, ammo u mudofaa istejkomlari

bilan oʻrab olinmagan. Bu davr shahrining

taʻrifi 1404 yilda Termiz orqali

Samarqandga Amir Temur saroyiga

Kastilya qiroli Genrix III nomidan elchi

boʻlib borgan Rui Gonsales de Klavixo


kundaligida oʻz aksini juda yaxshi topgan:

"Termiz juda keng va aholisi zich

joylashgan, unda tashqi devor va

mudofaa istehkomlari yoʻq. Atrofi bogʻ-

rogʻ, shaharni koʻplab anhorlar kesib

oʻtadi. Biz doimo xilma-xil mollar

sotiladigan gavjum koʻchalar va

maydonlardan oʻtib bordik". Amir Temur

davrida Chagʻoniyon oʻlkasining markaziy

shahri Chagʻoniyon ham oʻz mavqeini

saqlab qolgan. Arxeologik dalillarga

koʻra, XV asr oxiri-XVI asr boshlariga kelib

Chagʻoniyonda hayot shahristondan

rabodga koʻchgan. Chagʻoniyonning yana

bir markazi Navand hisoblangan (Navand

- chopar, choparlar shahri). Termiz,

Chagʻonoyon va Navand oʻz


zarbxonasiga ega boʻlib, ushbu

zarbxonalarda Amir Temur va Temuriylar

davlati hududida muomalada boʻlgan

dirham (mis tangalar) qaytadan zarb

etilgan (bu tangalardan namunalar

zalning markaziy qismida namoyish

etilmoqda). Surxon vohasidagi saksonga

yaqin Shoʻrobqoʻrgʻon, Qutlugʻ shohtepa

(Sherobod tumani), Navandaktepa (Uzun

tumani) kabi yodgorliklarda XIV-XVI

asrlarga mansub madaniy qatlamlar va

ashyoviy manbalar mavjudligi qayd

etilgan. Bu yodgorliklar qishloq, kechuv

boʻyidagi qalʻa, saroy, karvonsaroy va

savdo yoʻlidagi bojxonalar vazifasini

oʻtagan. Ushbu zal koʻrgazmalarida

namoyish etilayotgan ashyoviy manbalar,


xususan, jangchi himoya kiyimlari, sifat

darajasi bilan Xitoy chinnisiga

tenglashadigan lagan va kosalar, koʻza va

chiroqlar, shaxmat donalari, memoriy

koshinlar Termiz va Chagʻoniyon amaliy

sanʻatining Amir Temur davlati markaziy

shaharlari madaniyati bilan hamohang

taraqqiy etganligidan dalolat beradi.

XVI asrning boshlaridan XVII asrning

birinchi yarmiga qadar Surxon vohasi

Shayboniylar va Joniylar (Ashtarxoniylar)

davlatlari qoʻl ostida boʻlgan. XVIII

asrning birinchi yarmidan XX asr

9-zal. Surxon vohasi XVI-XX

asr boshlarida


boshlarigacha voha Buxoro amirligining

tarkibiy qismi hisoblangan. Vohaning

xonliklar davridagi muhim markazlaridan

biri Termiz hisoblangan. Tarixiy

manbalarda (Mahmud Ibn Vali)

aytilishicha, "Termizning qishloqlari koʻp

boʻlgan. Uning muhim bir qismini

hukmdor qarorgohi, bozor, madrasa va

hashamatli juma masjidi bor Salovat

(Salihobod ) tashkil etadi". XVIII asr

boshida Sherobodga asos solingan. XIX

asrga kelib, Sherobod Sharqiy

Buxoroning yirik iqtisodiy va madaniy

markaziga aylangan. XVI asr oxirida

Chagʻoniyon (Budrach)ning batamom

tushkunlikka yuz tutishi oqibatida yangi

shahar Qizilsuvning yuqori havzasida


Dehinay (Denov) oʻrnida shakllangan.

XVII asr yozma manbalarida Denov

mustahkam qalʻadan iborat, gavjum

bozorli, katta madrasa va xonaqoli

shahar tusini olgan, deb taʻkidlangan.

Navandak, Shahri safo, Javzi, Toʻfolon,

Vaxshivor, Basand (XVII asrdan Boysun),

Mirshodi Surxon vohasining xonliklar

davridagi yirik manzillari hidoblangan.

Tashqi savdoda va Jayhun (Amudaryo)

boʻylab yuk tashishda Pattakesar, Termiz,

Yorgoh Choʻchqaguzar va Qorakamar

kechuvlari juda muhim boʻlgan. XVI

asrdan to XX asr boshlariga qadar, yaʻni

Amudaryoda chor Rossiyasi flotiliyasi

tashkil boʻlgunga qadar bu guzarlardan

muntazam foydalanilgan. Ushbu zal


koʻrgazmalaridan baʻzi birlari maket (

Qumqoʻrgʻon tumanidagi Iskandar

koʻprigi) yoki fotodiorammalar (Sayid

Otaliq madrasasi, Denov shahri; Murch

bobo masjidi, Termiz shahri) shaklida

oʻrin olgan. Voha meʻmoriy yodgorliklari

madrasa, karvonsaroy, masjid, maqbara,

bekliklar qoʻrgʻoni, koʻprik, togʻ va daryo

boʻylarda joylashgan qalʻalar kabi turlarga

boʻlinadi. Surxon vohasining xonliklar

davri hunarmandchiligi Koʻhna

Termizning qalʻa va qoʻrgʻon yoki koʻshk

deb nomlangan qismlarida, Xotin

rabodda (Termiz tumani ), Sherobod begi

qoʻrgʻonida, Jarqoʻrgʻondagi Kultepa

yodgorligida, Toʻpolang daryosi yuqori

oqimida joylashgan Yonikalon qalʻasida,


Kofrun qishlogʻi (Boysun tumani) dagi

Mozorattepa kabi yodgorliklarda

oʻtkazilgan arxeologik qidiruv natijalari

orqali maʻlum. Xonliklar davrida vohada

uchta asosiy hunarmandchilik markazlari

(Boysun, Denov, Sherobod) mavjud

boʻlgan. Koʻrgazmalarda namoyish

etilayotgan jilokor koshin boʻlaklari, temir

va toshdan yasalgan mehnat va harbiy

qurollar, zargarlik buyumlari ayni shu

markazlar hunarmanchilik maktabiga xos

osori-atiqalardir. Vohaning XVI-XX asr

boshlari hunarmandchiligi turlaridan yana

biri kulolchilik ham ayni shu markazlar

kulol ustalari tomonidan yaratilgan. XVI

asrga xos sopol buyumlarda Amir Temur

va temuriylar davri anʻanalari davom


  So‘nggi tahrir 12 oylar avval Olaf Studt tomonidan amalga oshirildi  

etgan. Asr oxirida rangdor idishlar toʻq

zangori boʻyoqqa bezalib, naqshlar

asosan girih va islimiy shakllardan tarkib

topgan. XVII-XVIII asrlar kulolchilik

buyumlarida mahsulot sifati pasayib,

idishlarda toʻq zangori va yashil ranglar

koʻp qoʻllanilgan.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Termiz_Arxeologik_Muzeyi&o

ldid=2046407

" dan olindi 



Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha

foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan



boʻlsa).

Download 273.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling