‘’ajdodlar me`rosi- bebaho xazina ‘’ Olimova Zilola G`ayratjon qizi


Download 15.97 Kb.
Sana26.11.2020
Hajmi15.97 Kb.
#152664
Bog'liq
Ajdodlar me`rosi- bebaho xazina


‘’AJDODLAR ME`ROSI- BEBAHO XAZINA ‘’

Olimova Zilola G`ayratjon qizi

Andijon Davlat Universiteti Tarix fakulteti 2- kurs talabasi

Anotatsiya ; Ushbu maqolada vatanimiz tarixida yashab o`tgan ajdodlarimizning boy me`rosi va ularni qayta tiklash, ularning vatanimiz va dunyo ilm- fanida tutgan o`rni va ahamiyati, hozirgi kunda bu me`rosni asrab qolish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning mazmuni.



Kalit so`zlar; Birinchi Prezident Islom Karimov , madaniy va ma`naviy yodgorliklar, Hindiston,Xitoy, Misr yodgorliklari, Amir Temur, Imom Buxoriy, Avesto, mustaqillik davri islohotlari, qadamjolar va Shavkat Mirziyoyev.

O`zbek xalqi- buyuk tarixiy shaxslar va shonli tarixga ega xalqdir. Vatanimiz tarixida taniqli va takrorlanmas shaxslar yashab o`tgan va ulardan bizga asrlarga mangulanib qoluvchi moddiy va ma`naviy yodgorliklar saqlanib qolgan .Albatta bularning barchasi ajdodlarimiz tomonidan bizga qoldirilgan me`rosdir. Darhaqiqat millatlar me`rosi deganda bir so`zni ta`kidlab o`tish joizdir. Hozirda yashab kelayotgan xalqlarni mavjudligini va xalqlar orasidagi qadr – qimmatini aks ettiruvchi belgi – bu o`tmishda yashab o`tgan ajdodlarining qoldirgan me`rosi va tarixiy haqiqatidir. Vatanimiz tarixiga nazar tashlasak ajdodlarimiz tomonidan dunyo hamjamiyatini lol qoldirishga arzigulik asarlar yaratilganiga yana bir bor guvoh bo`lamiz . Hozirgi kunda O`zbekiston deb ataluvchi hudud ya`ni Vatanimiz nafaqat Sharq ,balki umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo`lganini butun jahon tan olmoqda . Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho me`roslar avloddan-avlodga o`tib kelmoqda . Diyorimizda qanchadan-qancha ilmiy,ma`naviy , me`moriy va badiiy yodgorliklar yarildi. Ammo achchiq bir haqiqat barchamizni qalbimizni og`riqqa solishi haqiatdir. Tarix guvohlik beradiki, mamlakatimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo`lgan ,qaramlik zulmi ostida qolgan davrlar ham bo`lgan .Buning oqibatida xalqimizning boy ma`naviy me`rosi, urf- odatlarini qadrsizlantirishga urinishlar bo`ldi. Vatanimiz bundan necha yillar avval sovet hukumati izmida bo`lgan va shu davr mobaynida moddiy va ma`naviy me`rosimiz oyoq osti qilingan va xalqimiz tarixidagi buyuk shaxslarimiz millatchi va johil sifatida qoralanib tanqid qilingan va tabiiyki ular yaratgan asarlar va me`moriy inshootlar vayron qilingan yoki aksincha o`zlashtirish hisobiga unuttirishga harakat qilingan. Lekin mamlakatimiz tarixida 200 yildan ortiqroq davom etgan bunday mustamlakachilik davri uzoqqa bormaydi va vatanimiz o`tmishi va haqqoniy tarixi mustaqilligimiz sharofati bilan yana qayta tiklanadi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma`naviy yodgorliklarni qayta tiklash va ularni o`rganish borasida muhim chora –tadbirlar amalga oshirildi . Xususan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikka erishganimizdan so`ng ajdodlarimiz xotirasi va ularning ma`naviy va moddiy me`rosini qayta tiklashga va sovet hokimiyati davrida vatanimizdan olib chiqib ketilgan arxiv hujjatlari va tarixiy manbalarni Vatanimizga qaytarishga astoydil harakat qildi. Islom Karimov rahbarligida boy ma`naviy va moddiy me`rosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma`naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab ajdodlarimiz qoldirgan me`rosni tiklash ishlari boshlanib ketdi. Ularning asarlari tarjima qilindi ,badiiy adabiyotlar ro`yxatiga kiritildi. Ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan asarlar va inshootlar qaytadan rekonstruksiya qilnidi . Ularning qoldirgan me`rosini o`rganish va butun jahongatanitish uchun ko`plab akademik lar jalb qilindi va asarlari dunyoning top ro`yxatidan joy oldi. Ajdodlar me`rosini o`rganish va abadiylashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar ro`yxatiga 2014-yil 15-may kuni o`tkazilgan ‘’ O`rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarning tarixiy me`rosi ,uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi ro`li va ahamiyati’’ mavzusida xalqaro konferensiyani aytib o`tish o`rinlidir. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o`tkazilgan ushbu xalqaro anjumanda AQSH, Buyuk Britaniya, Italiya, Xitoy , Janubiy Koreya ,Germaniya ,Yaponiya, Hindiston , Misr ,Indoneziya ,Rossiya, Saudiya Arabistoni va Ozarbayjon kabi ellikka yaqin mamlakatlardan olimlar,nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari ,oily ta`lim muassasalari professorlari , ilmiy markazlar va institutlar mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etdi.
Download 15.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling