Termiz Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy til va adabiyoti fakulteti Ingliz tilini o'qitish ta'lim


Download 14.83 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi14.83 Kb.
#1325965
Bog'liq
O`sarova Nozima amaliyotga tafsifnomasi


Termiz Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy til va
adabiyoti fakulteti Ingliz tilini o'qitish ta'lim
yo'nalishi 2 – bosqich 204-guruh talabasi
O`sarova Nozimaga Termiz Shahar
26-umumiy o`rta ta`lim maktabi.ning
06.02.2023 dan 06.03.2023 gacha amaliyot o`tash
davri bo`yicha
TAVSIFNOMA
O`sarova Nozima pedagogik amaliyotni o'tash davrida o'zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg'ulotlarini tashkillashtirishda Ingliz tili fani oqituvchisi Nilufar Xolmatovaga astoydil ko'makchi bo'lib, o'zining nazariy bilimlarini qo'llash bo'yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi. O'qituvchilarni darsida faol ishtirok etib metodik tavsiyalar usullarni o'rgandi. O'qituvchilardan dars o'tish metodlarini yaxshi o'zlashtirib, o'zi ham mustaqil tarzda dars o'tkazdi. 5-d sinf o'quvchilari bilan chiqishib keta oldi. Amaliyotchi talaba "Sa’diy Sheroziy" mavzusida dars o'tdi. O'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lib ularni barchasini qiziqtira oldi. Dars oxirida sinf o'quvchilarini yangi usul bilan rag'batlantirib baholadi. Darsdan tashqari paytlarida past o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan bir qatorda iqtidorli o'quvchilar bilan birga qo'shimcha mashg'ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda o'quvchilar bilimini oshirish yo'nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o'tadi. Kelajakda O`sarova Nozima malakali pedagog kadr bo'lib yetishishiga ishonamiz.
Maktab direktori:Ziyodov Ixtiyor Baxtiyorovich _____________(imzo)
O`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari :
Issayev Ulug`bek Ahmatovich ______________(imzo)
Texnologiy fanlari o`qituvchisi:
Tursunova Sevara ______________(imzo)
Ingliz tili uztozlar:
Turdiyeva Dildora ______________(imzo) Biriktirilgan O`qtuvchi
Xolmatova Nilufar ______________(imzo)
Download 14.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling