Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalari fakulteti informatika o


Download 144.72 Kb.
bet1/7
Sana02.01.2022
Hajmi144.72 Kb.
#186671
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MANZURA5


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI

INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI TA’LIM YO’NALISHI

II BOSQICH 206-GURUX TALABASI

IBRAGIMOVA MANZURANING

MATEMATIK MANTIQ VA DISKERT MATEMATIKA FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

FAN O’QITUVHISI: __________________________

TERMIZ2021

Mavzu: Predikatorlar . Kvantorlar.Predikatlar algebrasining tili.



REJA:

1. Predikatlar haqida tushuncha

2.Kvantorlar va ularning turlari

3.Predikatli formulalar

4.Isbotlash usullari

Predikatlar haqida tushuncha
 Mulohazalar algebrasi fan va amaliyotning murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarish uchun yetarli bo`lmaydi. Bunday murakkab mantiqiy xulosalarini chiqarishda mulohazalar algebrasini ham o`z ichiga oluvchi predikatlar algebrasi muhim o`rin tutadi.

Biz soroq va his-hayajon gaplar mulohaza bo`lmasligini bilamiz, xuddi shu qatorda noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Bunday gaplar predikatlar deb ataladi. Shu o`rinda predikatlar mulohazaga aylanadimi, degan savol tug`ilishi tabiiy. Biz quyida ana shu masalani ko`rib o`tamiz.

Ayrim darak gaplarda o`zgaruvchilar qatnashib, shu o`zgaruvchilar o`rniga aniq (tegishli) qiymatlarni qo`ysak, mulohaza hosil bo`ladi.

1-Ta’rif. O`zgaruvchi qatnashgan va shu o`zgaruvchining o`rniga qiymatlar qo`yilganda rost yoki yolg`on mulohazaga aylanadigan darak gap predikat deyiladi.

Masalan, “Bu yozuvchi Angliyada ijod qilgan” va “U Angliyada ijod qilgan” darak gaplarida o`zgaruvchi “Bu yozuvchi” so‘z birikmasi yoki “u” olmoshning o`rniga “Shekspir” qiymatni qo`ysak, “Shekspir Angliyada ijod qilgan” rost mulohazani, “Gyugo” qiymatni qo`ysak “Gyugo Angliyada ijod qilgan” yolg`on mulohazani hosil qilamiz.

Xuddi matematikadagidek, x orqali o`zgaruvchini belgilasak yuqoridagi darak gaplarni “x yozuvchi Angliyada ijod qilgan” deb yozish mumkin.



Predikatlar tarkibida bir yoki bir nechta o`zgaruvchi qatnashishi mumkin, qatnashgan o`zgaruvchilar soniga qarab predikat bir o`rinli, ikki o`rinli va hokazo bo`ladi va kabi belgilanadi.

2-Ta’rif. Predikat tarkibiga kirgan o`zgaruvchi qabul qilishi mumkin bo`lgan barcha qiymatlar to`plami predikatning aniqlanish sohasi deyiladi va X,Y,Z,… kabi belgilanadi.

3-Ta’rif. O`zgaruvchi o`rniga qo`yilganda predikatni rost mulohazaga aylantiruvchi qiymatlar predikatning rostlik to`plami deyiladi va TA ko`rinishda belgilanadi (rasm).

Ta’rifga ko`ra istalgan tenglama yoki tengsizlik predikat bo`ladi.





Download 144.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling