Termiz davlat universiteti fizika-matematika fakulteti amaliy matematika va informatika kafedrasi


Windows operatsion tizimi haqida umumiy


Download 326.42 Kb.
bet2/2
Sana16.04.2020
Hajmi326.42 Kb.
#99470
1   2
Bog'liq
Kurs ishi


Windows operatsion tizimi haqida umumiy

Ma’lumot.

Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.

Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS va Windows dasturlari, Apple firmasining Macintosh dasturi, Unix va Linux dasturlari.

Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari. Windows dasturning taniqli bo’lishining asosiy sababi bu - ish jarayoni soddaligi, ko’p vazifali rejim, bir xil ishlash interfeysi va boshqa qulayliklar. Boshqa operatsion tizimlarga o’xshab Windows dasturi ham kompyuter xotirasiga kompyuter yoqilish vaqtda avtomatik ravishda yuklanadi.

Hozirgi kunda keng ommaga taqdim qilinadigan kompyuterlarga WINDOWS operatsion tizimlari o’rnatilib taqdim etilayapti. Agar kompyuterlar ilgariroq olingan bo’lsa, bu kompyuterlarga ham WINDOWS operatsion tizimlarini o’rnatish mumkin.Buning uchun ma’lum shartlar (resurslar) bajarilishi shart. WINDOWS 95/98 operatsion tizimlarini o’rnatish uchun WINDOWS 95 ning minimal varianti uchun 50 Mb hajm vinchesterda bo’sh joy, 8 Mb operativ xotira va protssesor eng kamida (ishlash taktik chastotasi 66 Mgs) 486 bo’lishi lozim.

WINDOWS 98 operatsion tizimini o’rnatish uchun eng kamida 16 Mb operativ xotira, 120 Mb dan 295 Mb gacha qattiq diskda bo’sh joy bo’lishi lozim. Agar WINDOWS ning imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo’lsangiz, Pentium kompyuterlariga WINDOWS tizimini o’rnatganingiz ma’qul.

MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.

WINDOWS ning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va WINDOWS ning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada WINDOWS ning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.

Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:

– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;

– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan WINDOWS ning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razryadli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;

– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;

– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.

Windows operatsion tizimi imkoniyatlari

WINDOWS ning ba'zi imkoniyatlari quyidagilardir.


Universal grafika – Windows dasturlarning qurilmalarga va dastur ta'minotiga bog`liqsizligini ta'minlaydi. 


Yagona interfeys – Windowsda foydalanuvchining muloqoti yagona, ya'ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiydir. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. 


Mavjud dastur ta'minoti bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, muharrirlari, elektron jadvallari ishini ta'minlaydi. 


Ko`p masalaliligi – Windows bir paytning o`zida bir necha hujjat bilan ishlaydi, bir dasturdan boshqasiga o`tishni ta'minlaydi. Mavjud tezkor xotiradan to`liq foydalanish imkoniyati mavjud. Qurilma resurslaridan ham to`liq foydalaniladi. Windows qurilmalari orasidagi muloqotni dasturlarning o`zi ta'minlaydi 


Ma'lumotlar almashinuvi – Windows dasturlararo ma'lumot almashish imkoniyatiga ega. Bu maxsus Clipboard (ma'lumot almashish buferi), yoki DDE (Dinamic Data Exchange - ma'lumotlarning dinamik almashinuvi, ya'ni boshqa dastur natijalaridan foydalanish), OLE (Object-Linking Emboding - dastur ilovalarida ma'lumotlardan tahrirlangan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi. Dasturlardan foydalanishning oddiyligi tufayli foydalanuvchini o`rgatishga talablar kamaydi va tajribali foydalanuvchilar tizimning yangi imkoniyatlarini tashqi yordamsiz o`zi o`rganishi mumkin. Buning uchun «Pusk»-ishga tushirish knopkasidan, masalalar panelidan, Provodnik (Windows bo`ylab Boshlovchi), dasturlar ustasi, ma'lumot berishning yangi tizimlari va imkoniyatlaridan foydalaniladi.

Kompyuter tarmoqlarini ishchi holatida saqlab turish, o`rnatish, sozlash WINDOWS ning ichki imkoniyatlarida mavjud bo`lib, u bunday ishlarni tez bajaradi. Windowsda 32 razryadli NetBEUI, IPXPX yoki TPCIP protokollari va NDIS yoki ODI drayverlari o`rnatilgan NetWare yoki Microsoft kompyuter tarmoqlarini qo`llaydigan ichki imkoniyatlar mavjud.

Kompyuter ( ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Plug and Play (ula va ishla) texnologiyasi shaxsiy kompyuterlarga yangi qurilmalarni ishlatishdek murakkab jarayonlarni o`rnatadi va sozlaydi. Buning uchun kompyuterda ishlatiladigan qurilma Plug and Play talabiga javob beradigan qurilma bo`lishi talab qilinadi xolos.

Windows turli kompyuter tarmoqlari uchun juda qulay dastur vositasi bo`lib, o`zida taqsimlangan kompyuter tarmoqlari , electron pochta, ko`chma kompyuterlar (inglizcha Notebook), multimedia vositalarini qo`llashi va boshqa xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi. Hujjatlarni tahrirlovchi Word muharriri ham Windows tarkibiga kiritilgan. Bundan tashqari, Windows ilgari MS DOS, Windows tizimlari yordamida ishlatiladigan amaliy dasturlar bilan bemalol ishlaydi.Windows uzoq masofada joylashgan kompyuter tarmoqlari bilan ishlashni soddalashtiradi

Windowsdan foydalanish uchun quyidagi qurilmalar bo`lishi talab qilinadi:

- Kamida 486 DX protsessorli kompyuter;

- 8 Mb dan kam bo`lmagan tezkor xotira (16 Mb bo`lsa yaxshi);

- 70-90 Mb bo`sh joyli qattiq disk (WINDOWS ning o`zi 6-10 Mbayt joyni egallaydi) va disketani o`qish uchun qurilma (yaxshisi CD ROM);

- Monitor (yaxshisi SVGA);

- Printer;

- Sichqoncha.

Windows ni chaqirish

Windows bilan ishlash uchun, avvalo, u kompyuter xotirasiga chaqirilishi lozim. Windows operatsion tizim bo`lgani uchun ham u kompyuter ishga tushirilishi bilan yuklanadi va ekranda oyna paydo bo`ladi (qobiq dasturlarda maxsus buyrug`lar yordamida ishga tushiriladi, masalan, Windows 3.1, 3.11 uchun MS DOS ning buyrug`lar satrida Win teriladi va Enter bosiladi).



WINDOWS ning bu ekrani Ish stoli deb ataladi. Sizning odatdagi ish stolingizdagi hujjatlar, asboblar, yozuv qog`ozlari va shu kabilar joylashganidek kompyuter ekranida ham ishlash uchun kerak bo`lgan ma'lumotlar joylashtiriladi (yuqoridagi rasmga qarang). Ish stoli ko`rinishi foydalanuvchi tomonidan o`zgartirib turilishi mumkin. U foydalanuvchi tomonidan ko`p ishlatiladigan dasturlarni joylashtirish uchun qo`llaniladi. Windows ish stolining elementlar to`plami kompyuterning sozlovchilari bilan bog`liq.

Windowsda ko`plab elementlarni yodda saqlash, ajratib olish va ular bilan ishlash oson bo`lishi uchun piktogrammalar (yorliqlar) deb ataluvchi mos rasmchalar qo`yiladi. Ularni ko`pincha ikonalar (timsollar) deb ham ataydilar. Ular mos dasturni xotiraga tez chaqirish (yuklash) imkoniyatini beradi. Mualliflar dasturlar uchun ularning mohiyatini ifodalab beruvchi maxsus rasmchalar tayyorlaydilar. hujjat fayllari uchun piktogramma sifatida o`sha hujjat tuzilgan dasturning belgisi ko`rsatiladi.

Ish stolida quyidagi elementlar joylashgan bo`lishi mumkin:

– papkalar (tizimning va foydalanuvchining papkalari);

– hujjat va dastur fayllari;

– qurilmalar, papkalar va fayllar uchun yorliqlar.

Odatda ekranda tizim papkalari va ko`p murojaat qilinadigan obyektlarning yorliqlari joylashgan bo`ladi.

Windows XP opеratsion tizimi haqida ma'lumot

WINDOWS XP— 2002 -yilning yozida ishlab chiqarilgan yangi opеratsion tizim (OT) bo`lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o`z-o`zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS XP grafik maxsulotning ko`rinishi, tovush va zamonaviy tеxnologiyalari bo`yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini ko`llash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo`yilishini ta'minlaydi, tеlеvidеnia xamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi. WINDOWS XP ning oldingi vеrsiyalardan, xususan WINDOWS-Me dan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Intеrnеtga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web tеxnologiyasi bo`yicha o`zgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini urgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yunaltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, maxalliy kompyutеr tarmog`ida xamda Web-tеxnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini ta'minlaydi va shu bilan birga axborotlar kidiruvini osonlashtiradi. Windows XP ishlatilgan xolda qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo`yiladi:

• protsеssor — Pentium-500 mgts va undan yuqori;

• tеzkor xotiraning xajmi — 64 Mbayt va undan katta;

• tizimning standart o`rnatilishi uchun qattiq diskda (vinchеstеrda) 1 Gb bo`sh joy bo`lishi kеrak;

• kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;

• monitor — VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo`lgan qurilma;

• kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi yoki o`nga mos boshqa qurilma.



Agar kompyutеrda WINDOWS XP OT urnatilgan bo`lsa, u kompyutеr yoqilishi bilan ishga tushib kеtadi. WINDOWS XP ekranining asosiy qisimlari: • ish stoli — asosiy soxa; • masalalar panеli («Пуск» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi. Ish tugagach, sichqonchani «Пуск» tugmachasida bosib «Завершение работы» bulimini tanlash kеrak, xosil bo`lgan savol-javob oynasida «Включит компьютер» (Kompyutеrni o`chirish) buyrug`ini tanlab, «Да» (Ha) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS XP tizimiga o`z ishini to`g`ri tugatish va vaqtinchalik fayllarini bеrkitishi uchun imkon bеradi. Kompyutеrni o`chirishdan avval xamisha barcha ochilgan ilovalarni yopib «Zavеrshеniе raboto» rеjimini ishlatish zarur. WINDOWS XP opеratsion tizimining ish stoli WINDOWS XP ish stolida tizim ilovalarining rasmchalari (znachoklar) va bеlgilari (yorliqlar) joylashgan. Tizimning standart o`rnatilishida bu quyidagi ilovalardir: «Мой компьютер» (Mеning kompyutеrim), «Сетевое окружение» (Tarmok muxiti), «Корзина» (Savat), «Вўход в Интернет» (Intеrnеtga chikish). Lеkin Siz, xurmatli o`quvchi, zaruriyatga qarab, ish stolida foydalanayotgan ilovalaringiz yorliqlarini chiqarib olishingiz mumkin. Buning uchun sichqoncha ko`rsatgichini stolning ixtiyoriy bo`sh joyiga olib borib, sichqonchaning o`ng tugmachasini bosish zarur. Namoyon bo`lgan buyruqlar ro`yxatida «Создать» (Yaratish) buyrug`ini tanlab, navbatdagi paydo bo`lgan ro`yxatda «Ярлык» (Yorliq) qatorini bosing. Ekranda «Создать ярлык» (Yorliqni yaratish) savol-javob oynasi namoyon bo`ladi, unda «Обзор» (Ko`rib chikish) tugmachasini faollashtirish kеrak va paydo bo`lgan jildlar va fayllar ro`yxati ichidan kеrakli ilovaning buyruq faylini topish zarur. oyna paydo bo`lgandan kеyin, agar qidirilayotgan elеmеnt to`g`ri bo`lsa «Далее» (Kеyingi) tugmachasini bosish kеrak. Kеyingi oynada «Готово» (Tayyor) tugmachasini bosing. Shu еrning o`zida bеlgining nomini o`zgartirish mumkin. Natijada bеlgi tayyor bo`ladi. Agar ish stoli turli Ilovalar va Dasturlar bеlgilari bilan to`lib kеtsa, uni «tozalash» mumkin. Buning uchun ko`rsatgichni ortiqcha elеmеntga olib borib, sichqonchaning chap tugmachasini bosish xamda tugmachani qo`yib yubormasdan, ko`rsatgichni «Корзина» (Savat) ustiga siljitish zarur, «Корзина» (Savat)ning ustida sichqonchaning tugmachasini qo`yib yuboring. Bu amal bilan Siz ortiqcha bеlgini «Корзина»ga (Savat)ga olib tashlaysiz. Agarda vaqt o`tgan sayin «Корзина» (Savat) yangi fayllar va jildlar bilan to`lib borsa, uni xam tozalash mumkin. Buning uchun «Корзина» bеlgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasini ikki marta bosish kerak.

Bunda rasmda ko`rsatilgan ish oynasi paydo bo`ladi. «Корзина«ni tozalash uchun «Файл» mеnyusidagi «Очистить корзину» (Savatni tozalash) buyrug`i ustida sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Oynalar bilan ishlash windows tizimi nеga aynan shunday dеb atalganligini zukko o`quvchi dastur bilan dastlabki ish paytidayoq payqagan bo`lsa kеrak. Bu tizimda ishlash jarayonida kompyutеr Siz bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi. Masalan, Ilovalar oyna ko`rinishida namoyon bo`ladi va x.k. Dеmak, oyna WINDOWS ning asosiy ob'еkti ekan. Oynaning bir nеcha turlari mavjud: jildlar(papkalar) oynasi, muloqot oynasi, ilovalar oynasi, ma'lumotlar tizimi oynasi. Jildlar oynasi xujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi WINDOWS ning boshqa ob'еktlari znachoklari va oynani boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga oladi. Ilovalar oynasi asosan xujjatlar bilan ishlashda qo`llaniladi. Bu oynalar ilovalarga xujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga oladi. Muloqot oynasi faqat boshqarish elеmеntlarini o`z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida opеratsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin. Ma'lumotlar tizimi oynasi opеratsion tizim va ilovalar ishi xaqidagi ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Endi jildlar oynasining asosiy qisimlarini aniqlashtirib olamiz. Buni «Корзина» (Savat) oynasi misolida ko`rib chiqamiz. Birinchi qator (aksariyat xollarda bu ko`k rangdagi qator) — oyna nomidir. Agarda shu qatordagi Ilovaning rasmchasiga bosilsa, oyna joylanishini va o`lchovlarini bеlgilovchi buyruqlar ro`yxati paydo bo`ladi. O`ng yuqori burchakda uchta tugmacha mavjud: Birinchisi — «Свернут» (Yig`ib olish). U Ilova oynasining masalalar panеlidagi to`rtburchak tugmacha shaklida (darchadеk) yig`ib oladi. Sichqoncha tugmachasini «дарча» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o`lchovi va joylashishini tiklaydi. (Bu to`rtburchak tugmachalar barcha minimallashtirilgan oynalar ko`rinishi uchun uning o`lchovini avtomatik ravishda o`zgartiradi). Ikkinchisi — «Развернут» (Yoyish). U Ilova oynasini butun ekranga (yoki xujjat oynasini butun ilova oynasiga) yoyib tashlaydi. Shunga axamiyat bеrish kеrakki, Masalalar panеli oyna maksimallashtirilgan xolda xam kurinib turadi. Sichqoncha «Развернут» (Yoyish) piktogrammasi ustida bosilgandan kеyin uning urnida boshqa ikki kvadratlik piktogramma paydo bo`ladi. Hosil bo`lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi xolatiga kaytadi. Uchinchisi — «Закрыт» (Yopish). U joriy ilovani yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab kolinmagan natijalarini saqlaydi. (Bu opеratsiya klaviaturada Alt+F4 tugmachalar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.) Joriy Ilovani yopish uchun Ilovaning sistеma mеnyusi tugmachasini ikki marta bosish xam mumkin. Oynadagi kеyingi qator — Mеnyular qatori. Unda bir nеchtadan buyruqlarni o`z ichiga olgan mеnyular joylashgan. Bular «Файл» (Fayl), «Правка» (To`g`rilash), «Вид» (Ko`rinish), «Переход» (O`tish), «Избранное» (Tanlangan), «Справка» (Ma'lumot) mеnyularidir. Oynaning chеtlarida vеrtikal va gorizontal aylantirish tasmalarini ko`rish mumkin. Oynaning quyi qismida xolat qatori joylashgan. Mеnyular qatori ostida piktogrammalar qatori mavjud. Bu qatorda ko`p ishlatiladigan buyruqlar bеlgilari joylashgan. Undan kеyin odatda adrеs qatori joylashadi. «Вид» (Ko`rinish) mеnyusiga kirib, oynada namoyon bo`lgan ob'еktlarning bеlgilarini o`zgartirish mumkin. «Крупнўе значки» (Yirik bеlgilar) buyrug`i ob'еktlarni katta piktogrammalar shaklida ko`rsatadi. «Мелкие значки» (Mayda bеlgilar) buyrug`i ob'еktlarni mayda shaklda, «Список» (Ro`yxat) — ob'еktlarni ro`yxat shaklida, «Таблица» (Jadval) — ob'еktlarni o`nga tеgishli ma'lumotlari (xajmi, yaratilish vaqti, sanasi) bilan birgalikda ko`rsatadi. Ish stolida joylashgan yorliqlar o`lchamini o`zgartirmokchi bo`lsangiz, yana ish stolining bo`sh joyida sichqonchaning o`ng tugmachasini bosasiz. Hosil bo`lgan ro`yxatdan «Свойства» (Xossalar) buyrug`ini tanlang. Namoyon bo`lgan oynada «Параметрў» (Paramеtrlar), so`ng «Настройка» (Sozlash) qismiga kiring. «Рабочий стол» (Ish stoli) qismida ko`rsatgich «Менше» (Kichik) tomonga surilsa, ekrandagi yorliqlar o`lchovi kattalashadi, aksincha, «Болше» (Katta) tomonga surilsa — kichkinalashadi. Joriy oynaning «Фон» qismiga utilsa, ish stolining rasmini, ya'ni fonni o`zgartirish mumkin. Oynadagi ekran namunasining tagida ikkita ustun mavjud: birida naqshlar ro`yxati, boshqasida — rasmlar ro`yxati aks ettirilgan bo`ladi. Kеrakli rasmni tanlab olib, uni ekran namunasida kurganingizdan so`ng, «Применит» (Кўллаш) tugmachasini sichqoncha bilan bossangiz rasm o`zgaradi. Joriy oynaning «Заставка» (Pеshlavxa) qismida Pеshlavxa o`zgartiriladi. Ushbu jarayon yuqoridagi fonni o`zgartirgan kabi amalga oshiriladi. O`zingiz mustaqil ishlab, xar ikki qismning o`xshash tarzda ishlashiga zamin bo`lasiz.

WINDOWS XP ning oldingi versiyalaridan farqi

WINDOWS XP – yangi opеratsion  tizim (OT) bo’lib, yuqori darajadagi ishonchliligi, yaxshilangan bеzagi, o’z-o’zini rivojlantirish uchun maxsus vositalari mavjudligi bilan ajralib turadi. WINDOWS XP grafik maxsulotning ko’rinishi, tovush va zamonaviy tеxnologiyalari bo’yicha yaratilgan multimеdia ilovalarini qo’llash imkoniyatlarini yaxshilaydi.  Universal Serial Bus (USB) shinasi yordamida tashqi qurilmalarning oson ulanishi va uzib qo’yilishini ta’minlaydi, tеlеvidеniе xamda shaxsiy kompyutеrning imkoniyatlarini birlashtirishga imkon yaratadi.


WINDOWS XP ning oldingi vеrsiyalardan asosiy farqi — uning ishlatilishi va Intеrnеtga kirishdagi soddaligi xisoblanadi. Unda Web tеxnologiyasi bo’yicha o’zgaruvchan yordam tizimi va kompyutеr ishlatilishini o’rgatuvchi 15 ta dastur mavjud. Web- yo’naltirilgan intеrfеys foydalanuvchiga kompyutеrda, maxalliy kompyutеr tarmog’ida xamda Web-tеxnologiyada axborotlarning bir xil shaklda ifodalanishini  ta’minlaydi va shu bilan birga axborotlar  qidiruvini osonlashtiradi.
WINDOWS XP ishlatilgan xolda  qurilmalarga quyidagi minimal talablar qo’yiladi:

    • protsеssor — Pentium-100 mgts va undan yuqori;

    • tеzkor xotiraning xajmi — 16 Mbayt va undan katta;

    • tizimning standart o’rnatilishi uchun qattiq diskda (vin­chеstеrda) 195 Mb bo’sh joy bo’lishi kеrak, lеkin tizim­ning konfiguratsiyasi va tanlangan qismlar soniga qarab, 120 dan 295 Mb gacha bo’sh joy zarur bo’lishi mumkin;

    • kompakt-disklar va DVD disklari uchun diskovod;

    • monitor — VGA yoki undan xam yuqori aniqlikka ega bo’lgan qurilma;

    • kiritish qurilmalari — Microsoft Mouse sichqonchasi   yoki unga mos boshqa qurilma.

WINDOWS XP  ekranining asosiy qismlari:

    • ish stoli — asosiy soxa;

    • masalalar panеli («Pusk» tugmachasi bilan boshlanadigan qator) — odatda ekranning quyi qismida joylashadi.

Ish tugagach, sichqonchani «Pusk»  tugmachasida bosib «ЗАВЕРШЕНИЕ РАБОТЫ» bo’limini tanlash kеrak, xosil bo’lgan savol-javob oynasida «ВЫКЛЮЧИТЬ КОМПЬЮТЕР» (Kompyutеrni o`chirish) buyrug’ini tanlab, «ДА» (Ha) tugmachasini bosish zarur. Bunday kеtma-kеtlik WINDOWS XP tizimiga o’z ishini to’g’ri tugatish va vaqtinchalik fayl­larini bеrkitishi uchun imkon bеradi.Kompyutеrni o’chirishdan avval xamisha  barcha ochilgan ilovalarni yopib «ЗАВЕРШЕНИЕ РАБОТЫ» rеjimini ishlatish zarur.

Xulosa

Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda.Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari,akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob –uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. Muxtaram 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Bugungi kunda Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi jadal rivojlanmoqda, shu bilan birgalikda kompyuter tarmoqlari ham. Biz yoshlar o’zimiz va o’zimizdan keyingi avlodlarga Informatika va axborot kommunikatsiya texnologiyalari sirlarini chuqurroq o’rganishlari uchun yordam berishimiz kerak. Aniqlandiki Windows XP operatsion tizimi distributivi o’lchami qanchalik kichik bo’lsa ushbu operatsion tizim o’rnatilgan kompyuter tezroq ishlar ekan sababi ortiqcha dasturlarning operativ hotira hamda qattiq diskdan joy egallamasligi ekan. Shuning uchun ham oldimizga ishlatuvchining talabidan kelib chiqqan holda shaxsiy yengillashtirilgan Windows XP distributivini yaratishni o'rgatuvchi dasturni yaratishni maqsad qilib oldik. Multimediali qo`llanmalarni yaratishni juda ko’p dasturlash tillarida yaratish mumkin. Lekin ularning hammasi ham talabimizdan kelib chiqqan holda qo’llanma yaratishga mos kelmaydi. Yaratilgan o'quv qo`llanma Windows XP operatsion tizimi asosida shaxsiy operatsion tizimini yig’ishni o’rgatuvchi multimediali qo’llanma yaratishga bag'ishlangan bo'lim hozirgi kunda ommaviy ishlatilib kelinayotgan Windows XP asosida bajarilgan. Qo'llanmani yaratish jarayonida uni yaratish algoritmi o'rganib chiqildi, strukturaviy tuzilishi yaratildi hamda ishlatuvchiga qulay bo'lgan interaktiv dizaynli interfeys yaratilib Camtasiya Studio dasturida yozib olingan multimedia dasturlari flv flash formatida saqlanib flash dasturi yordamida bitta qobiqqa joylashtirildi. Yaratilgan o'quv qo'llanma nafaqat talabalarga, balki shaxsiy operatsion tizimini yaratish ishtiyoqidagi xavaskor ishlatuvchilarga ham yordam beradi degan umiddamiz.



Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati

  1. G`ulomov S.S.va boshk. «Axborot tizimlari va texnologiyalari». «Sharq», Toshkent, 2000.

  2. Milliy iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari. O`quv qo`llanma S.S. Gulomovning umumiy taxriri ostida T:2004

  3. M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. T: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati”, 2013 y.

  4. M. Aripov va boshqalar. Informatika, informasion texnologiyalar. – T: 2004.

  5. “Axborot tizimlari va texnologiyalari”: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darslik//Mualliflar jamoasi: S.S.G‘ulomov, R.X.Alimov, X.S.Lutfullayev va boshk./; S.S.G‘ulomovning umumiy taxriri ostida.-T.: «Sharq», 2000.- 592 b.

  6. Ayupov R.X., Ismoilov S.I., Ayupov X.R. Xususiy kompyuterlarda ishlash. “Microsoft Word 2000 matn muharriri”. – T: TMI, 2002. 124 bet

  7. Aripov M.M, Muxammadiyev J..U “Informatika va informatsion texnologiyalar”. O‘quv qullanma. Toshkent shaxri, 2005 -yil.

  8. Makarova “ Informatika “ Toshkent sh 2005 -yil.

  9. Ermatov SH “Shaxsiy kompyuterlarning operatsion tizimlari , kurilmalari va vositalari”. Toshkent 2007 -yil.









Download 326.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling