Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi II kurs 321-guruh talabasi normo’minova nargizaning analitik kimyo fanidan kurs ishi taqdimoti


Download 20.9 Kb.
bet1/7
Sana19.06.2023
Hajmi20.9 Kb.
#1611746
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
321-guruh talabasi Normo\'minova Nargiza

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO FAKULTETI KIMYO TA’LIM YO’NALISHI II KURS 321-GURUH TALABASI NORMO’MINOVA NARGIZANING ANALITIK KIMYO FANIDAN KURS ISHI TAQDIMOTI

MAVZU: NIKELNING ANALITIK REAKSIYALARI

KIRISH

  • Analitik kimyo - moddalarning sifat va miqdoriy tarkibini analiz qilishning nazariy asoslari va usullarini o’rganadigan fandir. Analitik kimyo sifat va miqdor analizidan iborat. Sifat analizining vazifasi tarkibi noma`lum modda yoki aralashmaning tarkibiy qismlarini, ya`ni u qanday element yoki ionlardan tarkib topganligini aniqlashdir. Miqdoriy analizning vazifasi esa moddadagi yoki aralashmadagi bir yoki bir necha tarkibiy qismlar miqdorini aniqlashdan iboratdir. Sifat analizi odatda miqdoriy analizdan oldin o’rganiladi, chunki tekshiriladigan moddaning oldindan, ma`lum bo’lgan birorta tarkibiy qismining foiz miqdorini aniqlash zarur bo’lganda ham, sifat tarkibini o’rganmay aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun moddalarni analiz qilishga doir muammolarni kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy usullarni qo’llash bilan hal etish mumkin. Kimyoviy usul bilan ish ko’rilganda aniqlanishi lozim bo’lgan element yoki ion o’ziga hos hususiyatli biror birikmaga aylantiriladi va ayni birikma hosil bo’lganligi asosida hulosa qilinadi. Analizning fizikaviy usullari moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari o’rtasidagi bog’lanishdan foydalanishga asoslangan (spektral, lyuminesent, rengenostruktura va hokazo.). Analizning fizik-kimyoviy usullari moddaning kimyoviy reaksiyalar jarayonida fizikaviy xossalarining o’zgarishini aniqlashga asoslangan. Bu uchchala analiz usullari orasiga hamma vaqt keskin chegara qo’yib bo’lmaydi. Ba’zan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullari instrumental analiz usullari deyiladi. (spektral, elektrokimyoviy, xromatografik, ekstraksiya va boshqalar).

Download 20.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling