Termiz Davlat Universiteti Milliy libos va san’at fakulteti Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo’nalishi


Download 14.23 Kb.
Sana22.11.2023
Hajmi14.23 Kb.
#1794388
Bog'liq
Madaniyat Taqriz


Termiz Davlat Universiteti
Milliy libos va san’at fakulteti Madaniyat va san’at
muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo’nalishi
3-kurs talabasi Istamova Shahzodaning “Madaniyatning
inson va jamiyat hayotidagi o’rni” nomli maqolasiga

Ilmiy rahbar taqrizi
Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish yo’nalishi 3-kurs talabasi Istamova Shahzodaning “Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o’rni” nomli maqolasida Madaniyatshunoslik - bu to’liq ilmiy kasb ekanligi, talabalar va abituriyentarning suhbati davomida madaniyat tushunchasi, uning tarkibiy qismi, madaniyat genezisi va uning jamiyatda tutgan o’rni hamda madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari nazariy jihatlari haqida ma’lumotga ega bo’lishi aniq aytib berilgan. Shuningdek, yangilanayotgan O’zbekiston taraqqiyotida Yangi Renessans poydevorini yaratishda madaniyatning o’rni, transformatsiyasi va uning rivojlanish qonuniyatlari mohiyatini belgilashda madaniyat sohasini rivojlantirishdagi o’rni katta ekanligi e’tiborga olingan. Madaniyatning jamiyatda tutgan o’rni, uning shaxslararo qo’llanilishi ham aytib o’tilgan. Istamova Shahzodaning ushbu maqolasida moddiy madaniyat, ijtimoiy madaniyat, siyosiy madaniyat, ma’naviy madaniyat kabi tushunchalarga ta’rif keltirilgan. Madaniyat- jamiyatning mahsuli, ijtimoiy, hayotiy eng muhim jabhalardan biridir.Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyatni ham jamiyatdan ayro tasavvur etib bo’lmaydi. Madaniyatimizning yuksakligi, tarixiyligi bilan ushbu maqolada tanishib chiqsak bo’ladi. Ushbu maqola madaniyat tushunchasining xususiyatlari, istiqbollari to’g’risida bilim, ko’nikma v amalaka berish bilan birga milliy madaniyatga va o’zga millatlar madaniyatiga, qadriyatlarimizga nisbatan yoshlarni hurmat ruhida tarbiyalash, madaniyat yodgorliklariga ijobiy munosabatda bo’lishga ma’naviy jihatdan rivojlanishga yordam beradi. Shu bilan birga ushbu maqolani madaniyatshunoslik mutaxassisligiga kiruvchilar uchun, milliy madaniyatimiz va mentalitetimizga qiziquvchilar uchun qo’llanma sifatida tavsiya etishni maqsadga muvofiq deb hisoblayman.


Ilmiy rahbar: ____________ Muratova Saboxat Choriyevna (PhD)
Download 14.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling