Termiz Davlat Universiteti Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti III bosqich talabasi Jabbarov Rustamga Termiz shahar 5-sonli umumiy ta’lim maktab direktori tamonidan tavsifnom a


Download 8.51 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi8.51 Kb.
#1557607
Bog'liq
T A V S I F N O M A Rustam


Termiz Davlat Universiteti
Sport faoliyati va boshqaruvi fakulteti
III Bosqich talabasi
Jabbarov Rustamga
Termiz shahar 5-sonli umumiy ta’lim maktab
direktori tamonidan

T A V S I F N O M A
Jabbarov Rustam 2023-yilning 13-martdan 20-maygacha Termiz shahar 5-umumiy o’rta ta’lim maktabiga malakaviy amaliyot o’tash uchun keldi.
Jabbarov Rustam amaliyot davrida 9-“A”sinfga rahbarlik faoliyatini o’rganish uchun biriktirildi. Amaliyot davrida o’ziga biriktirilga sinf bilan doimiy ravishda ishlarni olib bordi. O’quvchilarni jismoniy tarbiya faniga qiziqishini oshirish maqsadida ochiq darslar tashkil etib, sinf o’quvchilari bilan birgalikda tadbirlar o’tkazdi.
9-“A”sinf o’quvchilari bilan qisqa vaqt ichida o’zining bilimliligi, muomilasi, o’ziga va o’zgaga talabchanligi sababli sinf jamosi oldida yaxshi obro’ga ega bo’ldi.
Maktabda o’tkazilgan tadbir, jamoat ishlari va shanbaliklarda sinf o’quvchilari bilan faol qatnashdi. Unga biriktirilgan sinf bilan birgalikda maktabda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda hamda sport musobaqalarida ishtirok etib,o’zining mahoratini to’la namayon etdi.
Jabbarov Rustam kelajakda davlatimizning har qanday sohasida ishlab ketishiga, o’ziga topshirilgan vazifalarni o’z vaqtida va sidqidildan sifatli bajarilishiga va yurtimiz ravnaqi uchun o’z hissasini qo’shadigan pedagog bo’lishiga ishonch bildiramiz.


Maktab direktori: __________ _________________________
O`quv ishlari bo`yicha
direktor o`rinbosari __________ _________________________
Jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi: __________ __________________________
Download 8.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling