Termiz davlat universiteti Termez State University faculty of uzbek philology;direction of uzbek language teaching of 401-group student Azimjon Shukurov’s on the theme My favourite writer Individual work Termiz davlat universiteti
Download 5.73 Kb.
|
O’zbek filologiyasi fakulteti IV bosqich 401- guruh talabalar Bu-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Termiz davlat universiteti Termiz davlat universiteti
- Sharq madaniyati Yevropa madaniyati
- E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
O’zbek filologiyasi fakulteti IV bosqich 401- guruh talabalar Buranova Nigora va Butayorova Maftuna,Islomova Shahodatning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan taqdimoti mavzu Termiz davlat universiteti Termez State University faculty of uzbek philology;direction of uzbek language teaching of 401-group student Azimjon Shukurov’s on the theme My favourite writer Individual work Termiz davlat universiteti Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti IV bosqich 401- guruh talabalar Buranova Nigora va Butayorova Maftuna,Islomova Shahodatning Adabiyotshunoslik nazariyasi fanidan tayyorlagan TAQDIMOTI Mavzu:Hajviy tafakkur tabiati. Satira va yumor REJA 1.O’zbek adabiyoti hajviyoti. 2.Satiraning o’zbek adabiyotimizdagi o’rni. 3.Yumor shaklida yozilgan asarlar haqida. Hajviya — badiiy adabiyot turlaridan; satira va yumor. Hajviy asarlar tanqidiy ruhda bo’ladi. O’tmishda Sharq xalqlari, shu jumladan, o’zbek adabiyotida, asosan, she’riyat va folklorda mustaqil janr sifatida rivojlangan. Hajviyada tanqid qilinuvchi ob’yektga qaratilgan kinoyaviy masxaralovchi yoki fosh etuvchi kulgi asarning g’oyaviy mundarijasini va badiiy vositalarini belgilaydi. Hajviya turli janrlarda yozilishi mumkin. Masalan: "O’lik jonlar" (N.V.Gogol) hajviy roman shaklida, "Maysaraning ishi" (Hamza), "So’nggi nusxalar" (A.Qahhor) hajviy pyesa shaklida, "Yovuz niyatli kishilar" (A.Che-xov), "Sudxo’rning o’limi" (S.Ayniy), "Qabrdan tovush" (A.Qahhor) hajviy hikoya shaklida, "To’yi Iqon bachcha" (Muqimiy), "Hajvi yikchi eshon" (Zavqiy) hajviy she’r- shaklida, "Bizning mulohazalarimiz" (A.Qahhor) hajviy felyeton shaklida yozilgan. Satira (lot. satira — qurama, har xil narsa) — komiklik turi, tasvir ob’yektini ayovsiz kulgi vositasi orqali anglash. Voqelikni badiiy aks ettirishning o’ziga xos usuli bo’lib, unda jamiyatdagi bema’ni, asossiz, noto’g’ri hodisalar, illatlar fosh qilinadi. Voqealarning real ko’rinishini o’zgartirib, oshirib, bo’rttirib, mubolag’a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko’pgina turlari yordamida yaratilgan obraz orqali S. ob’yektiga "ishlov" beriladi. S. muallifi komiklikning boshqa turlaridan (yumor, hikoya va boshqalar) ham foydalanishi mumkin, biroq S. uchun salbiy tuye berib, keskin ifodalangan estetik ob’yekt xarakterli hisoblanadi. Epik Abdulla Qahhorning “Sarob” romani Lirik Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” she’ri Satira Drammatik Xamzaning “Maysaraning ishi” komediyasi Satira Qadimgi Rimda lirikaning fosh qiluvchi janri sifatida tan olingan. Keyinchalik o’zining janriy xususiyatlarini yo’qota borib, ko’pgina janrlar (masal, epigramma, burleska, pamflet, felyeton, komediya va satirik roman) ning o’ziga xos xususiyatini belgilovchi adabiy jinsga o’xshab qoladi Satiraning estetik vazifasi tubanlik, nodonlik va boshqa ijtimoiy illatlarga qarama-qarshi tarzda kishilarda yuksak insoniy tuyg’ularni uyg’otish va qayta tiklashdan iborat. S. da muallifning individualligi kulgu ostiga olingan ob’yekt haqida murosasiz fikr aytish, unga aniq g’oyaviy munosabat bildirish orqali namoyon bo’ladi. Satiraning rivojlanishi Sharq madaniyati Yevropa madaniyati Qadimgi Rim, Xitoyda satirik terrakota haykallar, vazalarga satirik tasvirlar va boshqa ishlangan. Rassomlik san’ati (jumladan, grafika)da rivojlangan. “Donishqishloq latifalari”ni o’qisak, kengroq fikr qilsak, hammamiz katta Donishqishloqning minglab Matmusalariga o’xshaymiz. Matmusaning qishlog’i, Matmusaning qalpog’i, Matmusaning rassomlikka qiziqib qolishi, xullas, “Donishqishloq latifalari” turkumidagi qaysi she’rni olib ko’rmang, ularning har birida juda dolzarb mavzu qalamga olinganiga guvoh bo’lasiz. F. Goyya, O. Domye, X. Bidstrup Aql ko’plik qilsa, bosh Yoriladi deb halak – Boshlariga donishlar Kiyib yurar chambarak. Satirani inkor etib bo’lmaydi. Satirani inkor etuvchilar haqida Abdulla Qahhor shunday deb yozgan edi: “Satira o’tiga uchragan kishi, – vijdoni bo’lsa, odamlarning yuziga qarolmaydi, vijdoni bo’lmasa, og’zidan ko’pik sochib, yozuvchining ketidan bolta ko’tarib yuguradi”. O’zbekiston Qahramoni, taniqli shoir Erkin Vohidov satira sohasida ham ajoyib namunalar yaratib, xalqni kuldirib kelayotgan ijodkorlardan. Ko’chamen der bo’lsam, evoh, Ko’plar aylab ishtiboh. Bilmadim, rost ko’chadurmen, Yoki yolg’on ko’chamen. Bir tomonim u rayonu Bir tomonim bu rayon, Boshlig’im ko’p, ko’p arosat – qolgan ko’chamen. XX asr o’zbek adabiyotida yangi taraqqiyot davriga kirgan satirada ijod qilganlar. Bular: Hamza, Abdulla Qodiriy, Sadriddin Ayniy, G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor, Said Ahmad va Ne’mat Aminovlardir. A.Qahhorning “Sarob” romani satirik roman bo’lib,siz asarning qaysi o’rinlarida satirik namunalarini uchratdinggiz? E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT http://fayllar.org Download 5.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling