Termodinamikaning 2- qonuni Aylanma jarayonlar


Download 48.56 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi48.56 Kb.
#1592887
  1   2
Bog'liq
Mamajonov Shahzod (Автосохраненный)


Reja:

  1. Termodinamikaning 2- qonuni

  2. Aylanma jarayonlar

  3. Karno sikli

  4. Eksergiya

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

1.Termodinamikaning 2-qonuni.



Termodinamikaning I qonuni issiqlikning ishga va ishning issiqlikka aylanishini ta'kidlaydi, lekin bu aylanishlar qaysi sharoitlarda amalga oshishini ko'rsatmaydi. Termodinamikaning I qonuni issiq jismdan sovuq jismga issiqlik o'tishi va aksincha bo'lishi to'g'risidagi savolga javob bera olmaydi. Issiqlik issiq jismdan sovuq jismga o'tadi. Ish bajarish hisobiga issiqlik miqdori yo'nalishini o'zgartirish mumkin. Tabiatda ish issiqlikka ishqalanish, zarb va boshqalar hisobiga aylanadi. Issiqlik mashinalarida issiqlik ishga issiqlik manbayi va sovutkichlarda haroratlar farqi mavjudligida aylanadi. Bunda issiqlikning hammasi ishga aylanmaydi. Termodinamikaning II qonuni issiqlik oqimining yo'nalishini va shartsharoitlarni ko'rsatadi. Termodinamika II qonunining matematik ifodasi: d O ds > — (86) bu yerda S — entropiya; dQ — issiqlik manbayidan olingan issiqlik miqdori; T — issiqlik manbayining mutlaq harorati. Tenglik belgisi qaytar jarayonlar uchun; tengsizlik belgisi qaytmas jarayonlar uchun ishlatiladi. Termodinamikaning II-qonuni ko'p ta ’riflarga ega. Ulardan asosiylari quyidagilardir: Sadi Karno ta'rifi: issiqlikni mexanik ishga aylantirish uchun haroratlar farqi bo'lishi kerak (ya'ni issiqlik manbayi va sovutkich). Klauzius ta ’rifi: issiqlik kompensatsiyasiz o'z-o'zicha sovuq jismdan issiq jismga o'ta olmaydi. Tomson ta ’rifi: issiqlik mashinalariga berilgan issiqlikning hammasini ishga aylantirib bo'lmaydi. Bu issiqlikning bir qismi sovutgichga uzatiladi. Agar issiqlik butunlay ishga aylantirilsa, II turdagi abadiy dvigatellar yaratilgan bo'lar edi, lekin bunday dvigatellarni yaratib bo'lmaydi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Energiyaning saqlanish qonuni har hil energiyaning bir–biriga aylanishini belgilaidi, ammo ayni vaqtda bu prosesslarda biror ustun yo`nalish bor–yo`qligini ko`rsatmaydi. Biroq, tajriba shuni ko`rsatadiki, energiyaning hilma–hil turlari issiqlikkka hamma vaqt va to`la aylanadi, issiqlik esa energiyaning boshqa tur–hillariga mashina va apparatlar yordamigina aylantiriladi. Bunda aylanish prosessida issiqlikning bir qismi atrofdagi jismlarga tarqalib, albatta isrof bo`ladi.Issiqlik almashinishida issiqlik hamma vaqt temperaturasi yuqoriroq jismlardan temperaturasi pastroq jismlarga o`tadi. Issiqlikni kamroq qizigan jismdan ko`proq qizigan jismga o`tkazish uchun (masalan, holodilniklarda ana shunday bo`ladi) tashki kuchlar yordamida ish bajarish talab qilinadi, buning uchun esa qo`shimcha energiya sarflanadi.
Energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi va issiqlik almashininshiga oid tabiiy proseslarda muayan yo`nalish bor: energiyaning har qanday turlari issiqlikka aylanadi, issiqlik esa ko`proq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlardan kamroq qizigan jismlarga o`tar ekan, atrofdagi barcha jismlar orasida tarqaladi. Bu issiqlik odam uchun yo`qotilgan issiqlik hisoblanadi.
Termrdinamikaning ikkinchi qonunida huddi ana shu hodisa aks ettirilgan; termordinamikaning ikkinchi qonuni quyidagicha tariflanadi: berk sistemada
energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi bilan boglangan barcha real prosesslar
energiyaning bir turdan ikkinchi turga aylanishi bilan boglangan barcha real prosesslar sistemasining umumiy entropiyasi ortadigan tarzda boradi
Download 48.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling