Termometr Bu Nima? Termometr Turlari
Download 425.07 Kb.
|
Termometr Bu Nima Termometr Turlari
Termometr - Bu Nima? Termometr Turlari Termometr [termo… – issiq va metr] – haroratni oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi moddalarning kengayishi, elektr qarshiligi, gaz bosimi va boshqa(lar)ning haroratga bogʻliligiga asoslangan. Termometrning suyuqlikli, gazli va qarshilikli turlari bor. Ulardan eng sodasi suyuqlikli termometr, asosan, rezervuar, naycha va shkaladan iborat. Rezervuar suyuqlik, masalan, simob bilan toʻldirilgan boʻladi. Harorat ortishi bilan rezervuardagi simob kengaya boradi va unga ulangan naycha ichida simob koʻtariladi. H-rat qancha yuqori boʻlsa, simob shuncha kengayadi va naycha boʻylab u shuncha yuqori koʻtariladi. Masalan, -35° dan +750° gala haroratni oʻlchashda simob (-80° dan 170° gala – etil spirti, -200° dan +20° gala – pentan, – 20° dan +300° gala – kerosin) bilan toʻldirilgan termometrlar ishlatiladi. Turmushda, tibbiyot va meteorologiyada suyuqlikli termometr qoʻllaniladi. Fan va texnikada -269° dan +1063° gala haroratni oʻlchashda gazli termometr qoʻllaniladi. Bu termometr gaz (past haroratlarda geliy, yuqori haroratlarda esa azot) bilan toʻldirilgan idish, simobli aniq manometr va ularni ulovchi kapillyardan iborat. Bunda harorat gazning hajmi yoki bosimi oʻzgarishi orqali aniqlanadi. Sanoatda -60° dan +550° Gana haroratni oʻlchashda, koʻpincha, manmetrik termometrdan foydalaniladi. Bu T. gaz (azot), bugʻ (xlorli etil) yoki suyuqlik (simob) bilan toʻldirilgan ballon hamda kapillyar va prujinali manometrdan iborat germetik tizimdan iborat. Harorat oʻzgarishi bilan tizimdagi bosim oʻzgaradi, prujina deformatsiyalanadi, natijada mil shkala boʻylab harakatlanadi. Elektr qarshiligining haroratga bogʻliqligiga asoslangan qarshilik T. lari va termoelektr yurituvchi kuchning haroratga bogʻliqligiga asoslangan temoparalar ham fan va texnikada keng qoʻllaniladi. Bunday T. lar yordamida -200° dan +500° tana t-rani oʻlchash mumkin. Download 425.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling