Zamonaviy yuk vagonlaridagi tormoz uskunalari


Download 0.71 Mb.
bet1/2
Sana11.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1766373
  1   2
Bog'liq
tormoz

Zamonaviy yuk vagonlaridagi tormoz uskunalari

  • Kirish.
  • Umumiy tuzulishi va tasnifi.
  • Tormoz uskunalarini joylashuvi va ketma-ketligi.

1
Yuk vagonlarining tormoz uskunalariham avtorejimli (1- rasm), shuningdek usiz ham (1- rasm) bajarilgan bo`lishi mumkin. Ikki kamerali rezervuar 7 (1- rasm) vagon ramasiga mahkamlangan bo`lib, chang tutgich, 78 l hajmli zaxira rezervuar 4 va tormoz silindromi 10 bilan avtorejim 2 Shart. № 265 – 002 orqali birlashtirilgan. Rezervuar 5 ga havo taqsimlagichning magistral 6 bosh 8 qismlari mahkamlangan.
Ajratuvchi kran 5 Shart. №372 havo taqsimlagichni yoqish va o`chirish uchun xizmat qiladi. Magistral trubada uch qism kranlari 3 va ulanish engcha (rukav)lari joylashtirilgan. Tutqichi tushirilgan stop – kran 1 faqat tormoz maydonchasi bo`lgan vagonlarda qo`yiladi. Tormoz uskunalarining sxemasiga avtorejim kiritilmagan bo`lishi ham mumkin.
Tormozni zaryadlash va uning havosini chiqarishda tormoz magistralidagi siqilgan havo ikki kamerali rezervuar 5ga kelib tushadi. Shunda rezervuar 5 da joylashgan zolotnikli va ishchi kameralari va zaxira rezervuar 4 zaryadlanadi. Tormoz silindri 10 atmosfera bilan avtorejim 9 va asosiy qism 8 orqali bog’langan.
2
2.24 - rasm. №270 – 005 – 1 yoki 483 havotaqsimlagichi va 265A – 000 avtorejimi bo`lgan yuk vagonining tormoz uskunalari sxemasi
1 – stop – kran; 2 – uchlik (chang tutgich); 3 – uch qism kranlari; 4 – zaxira rezervuar; 5 ajratuvchi kran; 6 – magistral qism; 7 – ikki kamerali rezervuar; 8 – asosiy qism; 9 – avtorejim; 10 – tormoz silindri.
3

Umumiy tuzulishi va tasnifi

  • Magistraldagi bosim pasayishi bilan havo taqsimlagich zaxira rezervuar 4 ni tormoz silindri 10 ga ulab, unda vagonning yuklanishiga mutanosib bosim o`rnatiladi: bo`sh vagonda 1,4 – 1,8 kgs/sm2, o`rtacha rejimda 2,8 – 3,3 kgs/sm2 vato`liq yuk ortilgan vagonda 3,9 – 4,5 kgs/sm2. Refrijerator harakatlanuvchi tarkibishunga o`xshash sxemali avtorejimsiz tormoz uskunalariga ega (1– rasm).
  • 25 tonna o`q yuklamasiga va soatiga 120 km gacha tezlikda harakatlanishga mo`ljallangan yangi avlod yuk vagonlari uchun tormoz uskunalarining yangi sxemasi ishlab chiqilgan bo`lib, u 2– rasmda taqdim etilgan

2- rasm. №270 – 005 – 1 yoki 483 havotaqsimlagichi va 265A – 000 avtorejimi bo`lgan yuk vagonining tormoz uskunalari sxemasi
1 – stop – kran; 2 – uchlik (chang tutgich); 3 – uch qism kranlari; 4 – zaxira rezervuar; 5 ajratuvchi kran; 6 – magistral qism; 7 – ikki kamerali rezervuar; 8 – asosiy qism; 9 – avtorejim; 10 – tormoz silindri.
4
[1]
3- rasm. Aravachalari alohida tormozlanadigan yangi vagonlarning tormoz tizimi
5
Tormoz silindri 710, Avtorejim 265A – 4, havotaqsimlagich RTRP – 300 va RTRP – 300, Tormoz silindri 710, Avtorejim 265A – 4
Yangi tormoz sxemasi o`z ichiga quyidagilarni olgan:
– tormoz richagli uzatmalarining avtomat rostlagichi, vintining chiqishi 300 mm gacha kichraytirilgan, Shart. №706;
– tormoz silindri, diametri 10 Shart. №710;
– tormozlanish rejimlarining avtomat rostlagichi, Shart. №265A – 4, dempferining yurishi kattalashtirilgan;
Har bir alohida aravacha uchun tormozlash tizimini qo`llashning ustuvor jihatlari:
  • tormozli richagli uzatmanining yuqori FIKi, sharnirli birikmalar sonini kamaytirish hisobiga;
  • richagli uzatma detallari uzunligini qisqartirish hisobiga ular qattiqligini (mustahkamligini) oshirish;

6
4- rasm. Aravachalari alohida tormozlanadigan va ichiga rostlagich o`rnatilgan tormoz silindrli yangi vagonlarning tormoz tizimi
7
  • kolodkalarning har bir aravachaga bosish kuchining bir xil (tekis) taqsimlanishi;
  • richagli uzatmani rostlash soddaligi;
  • har bir aravachaga avtonom (alohida) ta’sir qiladigan tormoz silindrlarihisobiga vagon tormozi ishonchliligini yaxshilash;
  • har bir aravacha tormozlash kuchini unga tushadigan yuklamaga bog’liq ravishda rostlab borish.

  • RTRP – 300 va TS Shart. №706 o`rniga shtok chiqishini ichki rostlagichi bo`lgan tormoz silindrlari o`rnatilishi ham mumkin. Bunday echim tormoz tizimini mo’jazroq qilib, tormoz uskunalarining og’irligini kamaytirish bilan uni aravachada qulayroq joylashtirish imkonini beradi (4– rasm).

8
[2,3]
Yuk vagonlaridagi pnevmatik tormoz uskunalarini joylashuvi ketma – ketligi 5– rasmda keltirilgan.
5 – rasm. Yuk vagonlaridagi pnevmatik tormoz uskunalarini
joylashuvi ketma – ketligi:
1- rezinotekstilli birlashtirish №P17 engchasi; 2 - chetki № 190 kran; 3-stop-kran; 4 - magistrali quvur (32mm); 5-changushlagich; 6 - №270-005 HTni bosh qismi; 7 – ikki kamerali rezervuar (6l); 8 – ajratish krani № 372; 9- №483 HTni magistral qismi; 10 – quvuro‘tkazgich (19mm); 11 – zahira rezervuari ZR (hajmi 78 l);12 - avtorejim №265A; 13- tormoz silindri TS (14" (356 mm)).
9
Yuk vagonlari diametri 32 mm bo‘lgan magistral havoo‘tkazgichlari № 190 klapan turidagi 2 chetki kranlari va №P17 birlashtirish engchalari bilan jihozlangan.
Ikki kamerali rezervuar, vagon ramasiga mahkamlangan bo‘lib, diametri 19 mm bo‘lgan magistral o‘tkazgichi bilan ajratish krani va uchtali changushlagich orqali birlashgan (1974 yildan kran otvod oldida troynikka o‘rnatiladi, buning sababi faqat havotaqsimlagichni emas, sinib qolsa otvodni ham o‘chirish imkoni bo‘lishi uchun).
Diametri 19 mm bo‘lgan quvurlar bilan shuningdek, zahira rezervuar va tormoz silindri bilan birlashtirilgan. Rezervuarga №270-005 havotaqsimlagichning bosh va №483 magistral qismlari mahkamlanadi (yangi yuk vagonlarida faqat №483 havotaqsimlagichlarni bosh va magistral qismi o‘rnatiladi). Havotaqsimlagich va tormoz silindri orasiga №265-002 yuk avtorejimi ulangan (agar u o‘rnatilgan bo‘lsa). Vagonlarning tormoz uskunalarida avtorejim mavjud bo‘lsa, havotaqsimlagichning yuk bosqichiga qayta ulagich dastagi echib olinadi. Agar vagon kompozitsion tormoz kolodkalari va avtorejim bilan bilan jihozlangan bo‘lsa, u holda havotaksimlagich tormozlashning o‘rtacha bosqichiga to‘g‘rilab qo‘yiladi.
10
[4,5]
Xulosa
Yuk vagonlaridagi tormoz tizimlari pnevmatik va mehanik qismlari bilan jihozlangan bolib pnevmatik qismi kampressordan havoni siqib olib tarmaznoy magistraldan TM dan nirlashtrish yengchalari orqali vagon magistral quvuridan havotaqsimlagich № 483 XT ga keladi u mos ravishda zapasnoy rezurvarni zaryadkalab va yana avtorejimdan otib tarmaznoy slindrga kelib u tarmaznoy slindrning porshenini siqadi va prujina bikirlig qarshiligini yengib shtokni oldinga suradi surulgan shtok richaglarni harakatga keltradi richaglar borib avtoregulyator orqali kalodkalarga boradi va gildrakni siqadi va tarmejeniya hosil bolib vagon toxtaydi. Avtoregulyator bu yerda malum vaqtlar otishi bilan kalodka bir qancha yedirilgandan song ham kalodka va gildirak orasidagi masofani yani 5-8 mm ni bir hil ushlab berish gildirak bilan kalodka orasini malum masifa bolib qolishini taminlaydi. №483 ikki kamerali rezurvar va magistral va glavni qismlari bolib havotaqsimlagish 3ta rejimi mavjud parojniy, sredniy, grujonniy Parojnida yuklanmagan xolida bosh bolganida qollaniladi srednida orta yuklamada grujonnida ogir yuklanmada qollaniladi. Undan tawqari magistral qismida 2 ta rejimi bolib gorni va ravneni yani ogir uchastkalar va ravon uchastkalarda qollaniladi.
11

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling