Testlashtirish


Download 37.53 Kb.
bet1/5
Sana13.05.2023
Hajmi37.53 Kb.
#1457812
  1   2   3   4   5
Bog'liq
F.Galton A .Binening testlashtirisg, vujudga kelishidagi xizmatlar.


F.Galton A .Binening testlashtirisg, vujudga kelishidagi xizmatlar.


Reja:

  1. Testlashtirish

  2. Testlashtirish 1898-y

  3. Testlashtirish xizmatini tashkil qilish.


KIRISH
TESTLASHTIRISH — testlar yordamida bilim va koʻnikmalarni tekshirish usuli. Testlashtirish insoniyat tarixidagi eng qad. hodisalardan biri hisoblanadi. Qad. Xitoyda fuqarolik xizmatiga kiruvchi amaldorlar shu usuldan oʻtkazilgan. Ilk bor «akliy test» atamasi 1890-y. amerikalik psixolog Jeyms Makkin Kattel maqolasida qoʻllanilgan boʻlib, unda kollej oʻquvchilarining intellektual darajasini aniqlash uchun gʻar yili qoʻllaniladigan turkum testlar tavsiflangan. Fransuz psixologi A. Bine ham oʻz tadqiqotlarini akliy salohiyatni aniklash usullariga bagʻishladi. Niderlandiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Daniya, Fransiya, Isroil, Finlyandiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va b. rivojlangan davlatlar Testlashtirish bobida yetakchi hisoblanadi. Mazkur roʻyxatdan aholisining hayot tarzi yuqori boʻlgan mamlakatlarning joy olishi tasodifiy emas. Bu yerda Testlashtirish qoʻllanishi taʼlim sifatiga taʼsir etishi boshqaruv sifati bilan bogʻliq boʻlsa, sifatli boshqaruv, oʻz navbatida, aholi turmush darajasining sifatini oshirishga zamin yaratadi.
Testlashtirish 1898-y. AQSHda bir nechta oliy oʻquv yurtiga kirishda sinab koʻrilib, abituriyentlar uchun oʻrta maktab dasturlari asosida yagona Testlashtirish tizimini yaratish zarurligi haqidagi xulosaga kelindi. 1900-y. ayrim xususiy tashkilot va untlar tashabbusi bilan kollejlarga qabul qilish boʻyicha imtihon kengashi, 1947-y. dek. da esa taʼlimni rivojlantirish boʻyicha Karnegi jamgʻarmasi hamda kollejlarga qabul qilish boʻyicha imtiqon kengashi tomonidan pedagogik Testlashtirish xizmati tashkil qilindi.
Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlariga kirishdagi Testlashtirish usuli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni va OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 1992-y. da joriy qilindi. Bu farmon taʼlimni tubdan isloh qilish va demokratlashtirish jarayonini boshlab berdi, oliy oʻquv yurtlariga qobiliyatli yoshlarni tanlab olishda ijtimoiy adolatni taʼminladi. Oʻzbekiston T. tizimi xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini oʻziga singdirib, milliy anʼana va mintaqaviy oʻziga xosliklarni hisobga olgan holda rivojlanib bordi. Ilgʻor mamlakatlardagi Testlashtirishning 1 va 2 variantli modellari hamda universal savollar kitobchasi bilan bogʻlangan Testlashtirish tizimi Oʻzbekistonda yanada rivojlantirildi. Shuningdek, yuqori darajada maxfiylikni muhofaza qilish, yoshlarning bilim va akliy darajasini baholashda muvofiqlik hamda aniklikni taʼminlash uchun 1996-y. T. ning koʻp variantli tizimi ishlab chiqilib joriy etildi. Davlat test markazining koʻp variantli texnologiyasi hamda yaxlitlashgan avtomatlashtirish tizimining dasturlari OʻzR davlat patent idorasi tomonidan berilgan 30 dan ortiq mualliflik guvohnomalari bilan qimoyalangan. Koʻp variantli Testlashtirish natijalarining taxlili oʻquv fanlarini oʻzlashtirish darajasi, uning boʻlimlari boʻyicha olingan bilimlarning chuqur va mustahkamligini izchil kuzatishga, taʼlim jarayonini tubdan takomillashtirish istiqbollarini belgilashga imkon yaratadi, yangi pedagogik texnologiya, darelik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi. Testlashtirishning koʻp variantlilik texnologiyasi, testologiyaning ilmiy asoslarini tadqiq qilish, Testlashtirish natijalarini didaktik asosda taxlil etish, shuningdek, Testlashtirishning turli tarmoklarda qoʻllanilishi boʻyicha 1996 y . dan buyen 18 kitob nashr etildi.
Metod va metodika haqida tushuncha. Metod – (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod – psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an`anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash-sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma`lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual-psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Jahonda psixodiagnostik metodlarning mingdan ortiq turi mavjud bo‘lib, ularni sxematik qarab chiqilmasa, farqlab olish juda ham mushkul. Psixodiagnostik metodlarning umumiy sxematik klassifikatsiyasini quyidagicha ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar.
Savolnomali psixodiagnostik metodlar.
Ob'ektiv psixodiagnostik metodlar, bunga inson xulq-atvor reaktsiyalari analizi va faoliyat mahsuldorligini o‘rganish ham kiradi.
Psixodiagnostikaning eksperimental metodlari.
Kuzatish asosidagi psixodiagnostik metodlar, albatta, kuzatish olib borish hamda olingan natijalardan psixodiagnostik xulosalar chiqarishning muvaffaqiyatli garovidir. Bunday kuzatishda standart sxemalar va sharoitlar kiritiladi, bunda nimani kuzatish, qanday kuzatish, kuzatish natijalarini qanday qilib belgilab borish, qanday baholash hamda sharhlash asosida xulosa chiqarish aniq belgilab olinadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan psixodiagnostik talablar – standartlashtirilgan kuzatish deb Yuritiladi. Bunga misol sifatida, qandaydir topshiriqning echimi bo‘yicha kichik guruhning ish faoliyatini ko‘rib chiqamiz (R.Beyls metodi bo‘yicha).
Sharoitni engillashtirish
Muammo echimini taklif qilish
Savollarga javob berish
Ma'lumotlar berish
Tushuntirib berish
Yordam berishni taklif qilish
Yordam so‘rash
Tushuntirib berishni so‘rash
Ma'lumotlar berishni so‘rash
Savollarga javob berishni so‘rash
Muammo echimini so‘rash
Muammoni yanada chigallashtirish.
Bu sxema xulq-atvorni kuzatishning 12 xil tipini qamrab olgan, unda 6ta ijobiy va 6ta salbiy ko‘rinishlar ifodalangan.
Kuzatish natijalarini miqdoriy tahlil qilishda statistik metodlarni quyidagicha tartibda qo‘llash lozim:

Download 37.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling