Tibbiy psixodiagnostikalarda qo’llaniladigan metod va metodikalar


Download 167.77 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2023
Hajmi167.77 Kb.
#1383350
  1   2   3
Bog'liq
Tibbiy psixodiagnostikalarda qo’llaniladigan metod va metodikalar

Tibbiy psixodiagnostikalarda qo’llaniladigan metod va metodikalar

Tayyorladi:1-davolash ishi 220-A guruh talabalari

Toshpultova Asila

Bahodirova Yulduzxon

GURUHIY PSIXODIAGNOSTIKA: METOD VA METODIKALAR


Reja 1. Guruhiy psixodiagnostika metodlari haqida umumiy tushuncha 2. Amaliy psixologiyaning ayrim metodologik va uslubiy masalalari 3. Psixodiagnostik metodlar va diagnostik yondoshish 4. Psixodiagnostik metod turlari 5. Psixodiagnostik metod yo‘nalishlari 6. Psixodiagnostik metodlarning umumiy chizmasi

,

  • Ijtimoiy psixologik amaliyotda guruh ichida kuzatish va guruhdan tashqari kuzatish turlari farqlanadi. Birinchisida tekshiruvchi odam, guruh ichiga a’zolar qatorida kirib olib, kechayotgan jarayonlarni tizimiylashgan tarzda o‘rganib boradi. Tashqi kuzatuvning o‘zi yashirin yoki ochiq bo‘lishi mumkin. Chunki, ba’zan biror tashkilot a’zosi yoki yaxlit guruh faoliyati zimdan kuzatib boriladi. Sinaluvchi bu haqda bilmaydi yoki oynali moslama orqasidan turib, kuzatiladi. Ba’zi hollarda videokameraga yozib olinib o‘rganiladi. Shuningdek, bu masalaning huquqiy va etik jihatlari ham bor. Chunki kuzatilayotganlar jinoyatchi hisoblanishmaydi, ular uchun prokuror sanksiyasi ham kerak emas. Lekin ma’lumotlar tabiiy sharoitda, maksimal tarzda ob’ektiv bo‘lishi uchun yuqoridagidek jarayon tashkil etiladi. Shuning uchun, odob nuqtai nazaridan korxona rahbari kuzatish bo‘layotganligi haqida jamoa a’zolarini xabardor qilib qo‘yadi.

,

  • tashqaridan ochiq kuzatishning ham afzallik va kamchilik tomonlari mavjud. Chunki, bunda tashqaridan taklif qilingan mutaxassis yoki ekspert korxona ish faoliyatini to‘la o‘rganayotganligi haqida oshkora aytishga majbur bo‘ladi. Bu holat xodimlarni vaziyatga nisbatan biroz sun’iy tutishga majbur qiladi. Ya’ni, ilgari ishga kechikadiganlar endi o‘z vaqtida keladigan bo‘lib qoladilar. Afzalligi – kuzatishning tabiiy, mehnat faoliyati sharoitida tashkil etilganligidadir. Umuman kuzatish metodining kamchiligi sifatida, tizimiylashgan tarzda, qisqa davr ichida, rasmiy ma’lumotlarni olib bo‘lmasligini e’tirof etish mumkin. Bu o‘rinda formallashtirish ayrim hodisalar va sifatlarga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Masalan, sotsiometrik kuzatuvda guruh a’zolarini bir-birlariga murojaatlari va muomalalari soni hamda ularning qaytarilishi inobatga olinadi. Jumladan, butun kuzatuv jarayonida guruh doirasida A shaxsga qarata eng ko‘p marta murojaat qilingan bo‘lsa, bu qiymatni boshqalarga nisbatidan A ning jamoadagi statusini belgilash mumkin bo‘ladi.

Download 167.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling