Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish


Download 17.15 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi17.15 Kb.
#1497606
Bog'liq
1-Amal


  1. Mavzu: “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transportida)” ta’lim yo‘nalishining davlat ta’lim standarti va malaka talablari mazmuni, tarkibi bilan tanishish, mutaxassislik bilan tanishish

Reja
1.Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar 2.Bakalavrlar kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan malaka talablar
3. Bitiruvchilarning kasbiy kompetentlik talablari
1.Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (OT DTS) Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transportida) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli bakalavrlar tayyorlashning asosiy ta’lim dasturlari o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi mazkur ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda DTS asosida ta’lim dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb xisoblanadi. OT DTSning asosiy foydalanuvchilari: - mazkur ta’lim yo‘nalishi va tayyorgarlik darajasi bo‘yicha fan, texnika va ijtimoiy soha yutuqlarini hisobga olgan holda asosiy ta’lim dasturlarini sifatli ishlab chiqish, samarali amalga oshirish va yangilash uchun mas’ul oliy ta’lim muassasalarining professor - o‘qituvchi jamoalari; - ta’lim yo‘nalishining asosiy ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish bo‘yicha o‘quvtarbiya faoliyatini samarali amalga oshiruvchi barcha xodimlari va talabalari; - o‘z vakolat doirasida bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasiga javob beradigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv xodimlari (rektor, prorektorlar, o‘quv bo‘limi va dekanat); - bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasini baholashni amalga oshiruvchi Davlat attestatsiya komissiyalari; - oliy ta’lim muassasasini moliyalashtirishni ta’minlovchi organlar; - oliy ta’lim tizimini akkreditatsiya va sifatini nazorat qiluvchi vakolatli Davlat organlari; - ta’lim yo‘nalishini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega bo‘lgan abiturientlar va boshqa manfaatdorlar. 60711400– Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. O‘quv reja va fan dasturining me’yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1- jadvalda keltirilgan.
60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlovchi oliy ta’limning o‘quv reja va fan dasturi asosida amalga oshiriladi, uning nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan shaxsga «bakalavr» malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat(lar) beriladi. O‘quv reja va fan dasturining me’yoriy muddati va mos malaka(daraja)si 1- jadvalda keltirilgan.
1-jadval O‘quv reja va fan dasturining muddati va bitiruvchilarning malaka(daraja)si O‘quv reja va fan dasturining nomi Malaka (daraja) O‘quv reja va fan dasturini o‘zlashtirishning me’yoriy muddati Bakalavriatning o‘quv reja va fan dasturi Bakalavr 4 yil 2. 60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar 2.1. Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar:  dunyoqarash bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi;  Vatan tarixini bilishi, ma’naviy milliy va umuminsoniy qadriyatlar masalalari yuzasidan o‘z fikrini bayon qila olishi va ilmiy asoslay bilishi, milliy istiqlol g‘oyasiga asoslangan faol hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lishi;  tabiat va jamiyatda kechayotgan jarayon va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo‘lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqidagi bilimlarni egallashi hamda ulardan zamonaviy ilmiy asoslarda hayotda va o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;  insonning boshqa insonga, jamiyatga va atrof muhitga munosabatini belgilovchi huquqiy hamda ma’naviy mezonlarni bilishi, kasb faoliyatida ularni hisobga ola bilishi;  axborot yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish usullarini egallagan bo‘lishi, o‘z kasb faoliyatida mustaqil asoslangan qarorlar qabul qila olishi;  tegishli bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha raqobotbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lishi;  yangi bilimlarni mustaqil egallay bilishi, o‘z ustida ishlashi va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olishi;  sog‘lom turmush tarzi va unga amal qilish zaruriyati to‘g‘risida ilmiy tassavvur hamda e’tiqodga, o‘zini jismoniy chiniqtirish uquv va ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim. Bakalavr:  ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotli shaxslar egallashi lozim bo‘lgan lavozimlarda mustaqil ishlashga;  tegishli bakalavriat yo‘nalishi doirasida tanlangan mutaxassislik bo‘yicha magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;  kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadilar. 5 2.2. 60711400 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga qo‘yiladigan malaka talablari Ilmiy - tadqiqot faoliyatida: texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarishni takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; temir yo‘l transportida poezdlar harakatini avtomatlashtirish va xavfsizligini ta’minlash texnologiyasini mukammallashtirish natijasida olinadigan iqtisodiy foydani ilmiy baholay olish; texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish sohasidagi maxsus adabiyotlar, ilmiy texnikaviy ma’lumotlar, chet elda va respublikamizda erishilayotgan fan va texnika sohasidagi yutuqlarni o‘rganish; amalga oshirilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo‘yicha faoliyatning ishlab chiqarish va texnologik masalalarini fan va texnikaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda echish; ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va ishlanmalarni ishlab chiqishda qatnashish; mavzu (topshiriq) bo‘yicha ilmiy texnik ma’lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil etish va tizimlashtirish; tadqiqot natijalari va ishlanmalarini tadbiq etishda qatnashish qobiliyatlariga ega bo‘lish kerak. Loyihaviy-konstruktorlik faoliyatida stansiyalarda, peregon va uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlovchi qurilmalar loyihasini tizimli yondashuv asosida avtomatlashtirilgan ravishda ishlab chiqishni takomillashtirish; texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarishni loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish; bajarilayotgan tajriba-konstruktorlik va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, axborot va imitatsion modellarni ishlab chiqish va tadqiq qila olishi; avtomatika va telemexanika amaliyotida xalqaro, kasbiy standartlar va hisoblash vositalarini tayyorgarlik yo‘nalishiga mos ravishda qo‘llash qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. Foydalanish va servis xizmatini ko‘rsatish faoliyatida: temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalari va vositalaridan foydalanish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; temir yo‘ldagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatishning namunaviy usullarini ishlab chiqish va qo‘llash qobiliyatlariga ega bo‘lish kerak. Ishlab chiqarish faoliyatida: namunaviy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish tizimlarini ishlab chiqish va ularni qo‘llash; temir yo‘l stansiyalarida, peregon va uchastkalarda harakat xavfsizligini ta’minlovchi signallashtirish, markazlashtirish va blokirovkalash qurilmalarini loyihalashda zamonaviy texnologik usullarni tadbiq etish; 6 “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, signallashtirish va aloqa masofasi, temir yo‘l stansiyalari va peregonlarida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlovchi tizimlarini ishlab chiqish, namunaviy texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; inson sog‘ligini va uning ishchanlik qobiliyatini saqlash bo‘yicha hamda mehnat jarayonida xavfsizlikni ta’minlash usullari va tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega bo‘lish kerak. Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida: temir yo‘l transportidagi stansiya, peregon qurilmalari shuningdek dispetcherlik va tepalik markazlashtirish tizimlariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; temir yo‘l avtomatika va telemexanikasida zamonaviy axborot texnologiyalar tizimini yaratish va ulardan foydalanish jarayonlarining monitoringi va sifatini baholash usullari va mexanizmlarini ishlab chiqish; atrof-muhitni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi talablariga muvofiq avtomatlashtirish va boshqarish jarayonlarini nazorat qilish; temir yo‘l sohasidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish bo‘yicha muhandislik va konstruktorlik echimlarini amaliyotga tatbiq qilish; ijrochilar jamoasi ishini, ularni texnikaviy tayyorgarlik darajasini oshirishni tashkil etish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining ixtisosligiga mos ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyatida (kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun): o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo‘nalishida nazarda tutilgan o‘quv fanlari bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish; o‘quv fanlarini o‘qitish uslubiyotini egallash; zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish; o‘qitilayotgan fanlar bo‘yicha darslarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan o‘quvuslubiy hujjatlarni tuzish, tayyorlash va rasmiylashtirish; o‘qitilayotgan fan bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanish; mustaqil ta’lim va ijodiy qidiruv natijasida o‘qitilayotgan fan hamda pedagogik faoliyat sohasidagi uslublar, vositalar va shakllar tizimida o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borish qobiliyatlariga ega bo‘lishi lozim. “O‘zbekiston temir yo‘llari” Aksiyadorlik jamiyati 5311000 – Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (temir yo‘l transporti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun yangidan yaratiladigan malaka talablariga kiritiladigan kadrlar iste’molchilarining ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari kasbiy faoliyatlariga qo‘yiladigan umumiy malaka talablari (kasbiy kompetentlik talablari) Bitiruvchi quyidagi kasbiy kompetensiya va qobiliyatlarga ega bo‘lishi kerak: - texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirishsohasidagi kasbiy bilimlarini amalda qo‘llash; 7 - fan va texnikaning zamonaviy rivojlanishi sharoitlarida texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish sohasidagi yangi bilimlarni tezkor egallash; - chizmalarvasxemalarniqurishningasosiyqoidalari; - elektrotexnik hamda elektrotexnologik qurilma va uskunalardagi elektromagnit jarayonlarni tahlil qilish; - temir yo‘l avtomatika va telemexanika elementlari va qurilmalarining ishlash prinsiplari, tuzilishi, sxemalari va konstruksiyalarini bilish va to‘g‘ri tanlash; - metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish bo‘yicha davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlash; - rels zanjirlardagi, peregon, avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, elektr markazlashtirish, dispetcherlik markazlashtirish va aloqa qurilmalaridagi maxsus o‘lchovlar, nazorat,diagnostika va boshqarish vositalarini loyihalash, tanlash va qo‘llash; - zamonaviy raqamli optik aloqa vositalari, hamda raqamlimobilaloqanitashkil etish; - temir yo‘l transportidagi stansiya, peregon qurilmalari, shuningdek dispetcherlik va tepalik markazlashtirish tizimlari asosida qurilgan zamonaviy mikroprotsessor qurilmalariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; - temir yo‘ldagi avtomatika va telemexanika diskret qurilmalarini loyihalash, qurish, ta’mirlash va xavfsiz ishlashini ta’minlash; - peregondagi harakatni boshqarish tizimlarining tamoyili va tuzilmaviy sxemalarini chizish, stansiya qurilmalari bilan bog‘lanishini tashkil qilish, lokomotivni avtomatik signallashtirish, dispetcherlik nazorati hamda rels zanjirlarining elementlarini to‘g‘ri aniqlash; - ishlab chiqarish va mehnat faoliyatlarida yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o‘rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish; - temir yo‘l avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlarining ishonchligi va xavfsizligi; - poezdlar harakatini boshqarishning dispetcherlik markazlashtirish tizimlari, poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda qo‘llanilayotgan telemexanika tizimlarining ishini tahlil qilishni bilish; - temir yo‘l stansiyalarida strelka va signallarni teleboshqarish tizimlarini loyihalashtirish va texnik xizmat ko‘rsatish, texnikaviy sxemalarni bajarish va o‘qish; - O‘zbekiston temir yo‘llaridan texnik foydalanish qoidalarini bilish; - temir yo‘l avtomatika va telemexanika qurilmalari va vositalaridan foydalanish, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish; - temir yo‘l transporti avtomatika, telemexanika va aloqa tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish, samarali texnik xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan signallashtirish, markazlashtirish, blokirovka qurilmalari va texnikaviy vositalarni tanlash; - temir yo‘ldagi avtomatika, telemexanika va aloqa qurilmalarining uzluksiz elektr ta’minotini ta’minlash. 8 - ish sifati uchun mas’uliyatni his qilish, o‘z bilimlari va mahoratidan sifatni boshqarish bo‘yicha foydalana olish; - innovatsion g‘oyalardan foydalanishga tayyor bo‘lish; ilmiy manbalarga asoslangan holda, innovatsion va fundamental tadqiqotlar olib borish va boshqalar.

Nazorat savollari


1. Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti (OT DTS) nima?
2. Bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qanday talablar qo’yiladi?
3. Bakalavrlar kasbiy faoliyatiga qo‘yiladigan malaka talablar nimalardan iborat?
4. Bitiruvchilarning kasbiy kompetentlik talablarini ayting
Download 17.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling