Texnologik xarita


Download 107.84 Kb.
bet1/3
Sana05.01.2022
Hajmi107.84 Kb.
#213598
  1   2   3
Bog'liq
5-topshiriq


NAZORAT SAVOLLARI

1.Buyumning texnalogik xaritasida nimalar ko’rsatiladi.?

2.Arralar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi.?

3.Yog’ochlarning nuqsonlari va quritish usullari haqida yozing.



Texnologik xarita - ayrim turdagi qishloq xoʻjaligi. mahsulotini yetishtirish bilan bogʻliq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga boʻlgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. koʻrsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish boʻyicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. Texnologik xarita jadval shaklida boʻlib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urugʻlik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va boshqa koʻrsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xoʻjaligi.da qabul qilingan uslubiyat boʻyicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. Texnologik xarita asosida barcha mahsulotlar boʻyicha bevosita xarajat (sarf)lar, boʻlinmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urugʻlik, ozuqa va boshqa moddiy resurslarga boʻlgan ehtiyojlar aniqlanadi. Texnologik xarita yordamida boʻlinmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi.

Texnologik xarita barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari (oʻtloq va yaylovlarni yaxshilash va boshqalar) boʻyicha tuziladi. Texnologik xaritalarni xoʻjalik mutaxassislari (iqtisodchitashkilotchilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va boshqalar) xoʻjalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. Texnologik xaritalar operativ (muayyan mavsum uchun), yillik (bir yil uchun) va istiqbol (eng ilgʻor progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini oʻzlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq toʻlashda yangi usullarni joriy qilish va boshqa nazarda tutiladi) turlarga boʻlinadi. Fantexnika taraqqiyotining ilgʻor yutuklarini qoʻllashni eʼtiborga olib tuzilgan Texnologik xaritalardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, oʻzgarishlarni kiritish bilan bir necha yil foydalanish mumkin




Download 107.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling