1. O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari. Fitogormonlar ta'sirinish molekulyar mexanizmi


Download 43.5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi43.5 Kb.
#1497987
  1   2
Bog'liq
O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish


O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari
Reja:


1. O’simliklarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari.
2. Fitogormonlar ta'sirinish molekulyar mexanizmi.
3. Fitogormonlar va fitoregulyatorlarni olish biotexnologiyasi.
4. Qishloq xo’jaligi amaliyotida fitoregulyatorlarni qo’llash.
O’simlikdarni o’stirish va rivojlantirish regulyatorlari birikmalar bo’lib, juda kam miqdori o’simliklarning moddalar almashinuviga ta'sir etib, ularnng o’sish va rivojlanish jarayonlarini o’zgartiradi. Ular oldin ko’p yillik o’simliklarning qalamchala rida ildiz hosil qilish uchun so’ng, donli o’simliklarning egilib qolishining oldini olishda foydalanilgan edi, hozirgi vaqtda esa qishloq xo’jaligi o’simliklarini intensiv o’stirish texnologiyasida qo’llaniladi. Fitoregulyatorlar yordamida o’simliklarning noqulay tashqi sharoitga chidamliligini, qishloq xo’jaligi o’simliklarining hosildorligini oshirish, maxsuldor navlarning ba'zi kamchiliklarini yo’qotishga muvaffaq bo’linmoqda. Agronomlar, fiziologlar, ximiklar hosildorlikni oshirish uchun yangi zararsiz preparatlar va texnologiyalar ishlab chiqishmoqda.
Fitogarmonlar asosan o’simliklarning genetik apparatiga tasir qiladi. Hozirgi vaqtda bu ta'sir, birinchidan bir qator gormonal genlarning ekspressiyasi stimulyasiyasi hisobiga, ikkinchidan DNKning metillanishiniig umumiy kamayishi hisobiga namoyon bo’lishsh aniqlangan. Figogormonlarniig o’simlik genetik apparatiga ta'siri :љuyidagilar da namoyon bo’ladi: fitogormonlar oqsil retseptori bilan birlashadi va bevosita retseptor-garmon birikmasi ko’rinishida yoki qator oraliq reaksiyalar orqali DNK bilan birlashgan oqsil bilan va nasl informatsiyalarining o’qilishiga qarshilik qiluvchi repressor-oqsillar bilan birlashadi. Buning natijagida repressorlar bilan DNK molekulasi orasidagi o’zaro boђliqlik buziladi va ozod bo’lgan genlar ma'lumot o’qilishini va udarga taaluqli oqsil fermentlarp biosintezini amalga oshiradi. Fitogarmonlarning bunday harakati tanlov asosida yuzaga keladi, yani ma'lum fitogarmonlar DNKning butun molekulasidan emas balki alohida geplardan repressor to’siqlarni oladi.
Genomga fitogormanlar tasirining ikkinchi usuli shundan iboratkn, uning ta'sirida DNKning metillanish darajasi kamayadi va buniig hisobiga genetik ma'lumotlarning o’qilishini umumiy qobiliyati o’sadi. Bu ta'sir mexanizimi hali oxirigacha o’rganilmagan bo’lib, faqat sitokininlarni DNKga o’rnashib olib, metil guruhlarping (SN3) birlashishiga qarshilik qilishi ma'lum.
3.Tadqpqotchilar oldida doimo u yoki bu fitoregulyagorlarni olish muammosi turadi. Ularning in vitro sintezini amalga oshirish uchun ko’p mablaђ talab qilinadi. Bunday hollarda mikroorganizmlar yordamida zarur molekulalar sitez qilinadi. Xuddi shu uslub bilan hamma gibberinlar, abssiz kislotasi ishlab chiqarish, amalga oshiriladi.
Keyingi vaqtlarda mikroorganizmlardan ajratib olingan, umumiy stimullovchi ta'sirga ega yuqori effektiv ftoregulyatorlar papdo bo’ldi. Misol uchun, simbiont-2 preparatini olsak, bu birikma auksinlar va sitokininlar tipi bo’yicha effektiv ta'sirni namoyon љiladi. Ko’p tarqalgan mikrobiologik sintez preparatlar vitaminlar, tipi bo’ypcha, bioximik reaksiyalarni aktivlashtirib, natijada hosildorlikni oshpradi yoki biror foyda li xossalarni namoyon bo’lishiga ta'sir etadi.
4.Љishloq xo’jaligi amaliyotida fitoregulyatorlarni љo’llash o’simliklarning o’sish jarayonlarini faol boshqarish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda retardant-moddalar keng tarqalgan bo’lib, bu moddalar sabzavotlar, mevalar va toklarning bo’yiga ortiqcha o’sishini to’xtatib generativ a'zolarning rivojlanishini tezlashtirishga, boshoqli o’simliklarning egilib љolmasliginini oldini olishga erishish mumkin. Retardantlar ta'siri o’simliklar gormonal sistemasiga ta'siri bilai boђliq. Nihollarning vegetativ rivojlanishi fitogormonlar kompleksi bilan boshqariladi, ammo gibberelin asosiy stimullovchi ta'sir ko’rsatadi. Retardant moddalar vaqtiicha biosintezni susaytirib, gibberelinning fitogarmonal ta'sirini to’xtatish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda o’simliklarning o’sish jarayonlarini boshqarish bilan bir qatorda ularning fiziologik tinch holatini boshqarish imkoniyatlari ham mavjud. Bu holat odatda, kartoshka va piyozning saqlanishini yaxshilash uchun ularning fiziologik tinch holatani kuchaytiradi yoki teskari holatini yuzaga keltiradi, yani Janubiy rayonlardan kartoshkadan ikki marta hosil olish uchun tuganaklarning tinch holati buziladi. O’simliklarning fiziologik tinch holatini, shuningdek o’sish jarayonini fitogarmonal sistemalar orqali nazorat љilinadi. Bunda abssizov kislotasi tinch holatni stimullaydi, gibberelin va sntokinilar bu holatdan chiqishni ta'minlaydi. Nihollar, uruђlar, zahira organlarida vegetatsion davr oxirida fitogor mon-ingibitorlar (abssizov kislota)ning maksimal miqdori to’planadi. Yarovizatsiya, stratifikatsiya yoki saqlash davrida abssizov kiolota parchalanadi va o’simliklardagi bor bo’lgan va yangidan sintezlanuvchn gibberelinlar va sitokininlar, o’sish jarayonini boshlanishpi ta'minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, o’simliklarning o’stirish va rivojlantirish fitoregulya torlari, o’simliklarning ontogenezini boshqarishda asosiy qurol bo’lib xizmat qiladi

Download 43.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling