Тexnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar

Download 18.04 Kb.
Sana12.06.2020
Hajmi18.04 Kb.
#118156
Bog'liq
Tayyor

Sherdanova Nazira
“Тexnologiya fanini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalar” fanidan yakuniy nazorat yozma ish varianti savollari

27-variant

1. Yangi pedagogik texnologiyalarni hayotga tatbiq etish yo‘llari.

2. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasining shaxsiyatli yondashuv.

3. Ta’limning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyasining shaxsiyatli yondashuv.

JAVOBLAR
1) Pedagogik texnologiya (PT) - shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3- ming yillikda davlatmiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chanqoqlik Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.

«Ta`lim to’g’grisida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta`lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish zarurligi qayta-qayta ta`kidlanadi. Chunki mamalakatimiz tez sur`atlar bilan taraqqiy etib, jahon hamjamiyatida iqtisodiy -siyosiy mavqei kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta`lim - tarbiyada umumiy taraqqiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta`lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barham berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg’or texnologiyalarni ta`lim-tarbiya jarayoniga tadbiq etishning dolzarbligini ko’rsatib beradi:

  • «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro’yobga chiqarish uchun, ma`lum sabablarga ko’ra jahon hamjamiyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun, aholi ta`limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg’or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;

  • an`anaviy o’qitish tizimi yozma va og’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli «axborotli o’qitish» sifatida tavsiflanib, o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta`lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchi rolini o’zgartirish zarurligi;

  • fan-texnika taraqqiyotining o’ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko’payib borayotganligi va ularni yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;

  • kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo’lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o’tib borayotganligi;

  • Barkamol avlodni tarbiyalash talabi ularga eng ilg’or bilim berish usuli hisblangan ob`ektiv borliqqa tizimli yondashuv tamoyilidan foydalanishni talab qilishi.

Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo’llanilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so’zidan olingan bo’lib, «ta`lim texnologiyasi» degan ma`noni bildiradi.

Pedagogik texnologiya tushunchasi va unga berilgan ta`riflar. "Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan -texnos- san`at, hunar va logos- fan, ta`limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi . Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon -bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir.

Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalarning yig’indisi.

Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

Texnologik xarita- ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma`lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalarning vaqti, shartlarini belgilaydi.

Ana shu ta`rif va tushunchalarni o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’quvchi (talaba)larga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta`sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta`lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi.

O’qitish texnologiyasi- birinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli- harakat aspektini anglatadi. Bu, ta`lim jarayonini o’zgaruvchan sharoitlarda, ajratilgan vaqt davomida istiqbollashtirilgan natijalariga kafolatli erishishga va konkret ta`lim-tarbiya jarayonlarini amalga oshirishni instrumental ta`minlovchi usul va vositalar (texnologik operatsiya)larning tartibli birligini o’zida mujassamlashtirgan ta`lim modelini ishlab chiqish va amalga oshirishning texnologik jarayoni;

ikkinchidan, pedagogik texnologiyaning jarayonli- bayonli aspektini ifodalaydi. Bu maqsadni amalga oshirish va istiqbolda belgilangan natijalarga erishish bo’yicha pedagogik hamda o’quv faoliyatini loyihasini bajarishning bayonidir (texnologik xarita).

Ta`lim texnologiyasi- pedagogik texnologiyaning ilmiy aspektini belgilash uchun ishlatiladi. Bu texnik va inson resurslarini hamda ularni o’z oldiga ta`lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi hamkorligini hisobga olgan holda dars berish va bilimlarni o’uzlashtirishning barcha jarayonlarini yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli usuli.

«Pedagogik texnologiya» tushunchasining vujudga kelishi, ta`limning ilk tashkiliy va metodik shakllarining vujudga kelishi bilan bogliq. Individual ta`lim o’quv-tarbiya jarayonining eng qadimiy tashkiliy shakli bo’lib, u dastavval qadimgi Yunonistonda paydo bo’lgan edi. O’qituvchi bir o’quvchi bilan ishlab, ta`limni bevosita tashkil etgan, boshqargan, nazorat etgan. O’qituvchi matnlarni o’qib bergan yoki bolalariga o’qitib so’zlatgan. Qoida va ta`riflarni yodlash, jismoniy mashqlarni bajarish musiqa asboblarida u yoki bu kuyni ijro etish yo’llari bilan bolalar hayot, san`at, notiqlik, jismoniy madaniyatga oid bilimlarni o’zlashtirgan
2) Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi:

1. Shaxsga ta’limning maqsadi sifatida yangicha qarash: bola ta’lim muassasasida – to‘la huquqli shaxs, pedagogik jarayonda sub’yekt; shaxsning rivojlanishi – ta’lim tizimining maqsadi; har bir erkin, o‘z fikrini mustaqil ifodalovchi, barkamol shaxsni tarbiyalash ta’lim maqsadining asosi kabi g‘oyalarlarni aks ettiradi.

2. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bolalarga nisbatan muhabbatli bo‘lish, ularning taqdiri bilan qiziqish; bolaga o‘z kuchi va iqtidoriga ishontirish; pedagogik munosabatlar jarayonida u bilan hamkorlikka erishish, o‘qituvchi va o‘quvchining huquq jihatldan tengligi; bolaning erkin tanlash huquqi; xato qilish huquqi; o‘z shaxsiy nuqtai nazariga ega bo‘lish kabi holatlarni ifodalaydi. Aksincha, to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburlash inkor etiladi.

3. Individual yondoshishning yangi talqini. Uning mazmuni o‘quv fanini o‘quvchiga emas, balki bolani o‘quv faniga yo‘naltirishdan iborat. Individual yondashish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: materialni o‘rtacha o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallashdan chetlanish, shaxsning ijobiy sifatlarini ko‘ra bilish, shaxsni psixologik-pedagogik diagnostika qilish.

4. Shaxsning ijobiy «Men-konsepsiyasi»ni shakllantirish. Men-konsepsiyasi – bu shaxsning o‘zi haqidagi tasavvurlari asosida shaxsiy hulqini shakllantiruvchi tizim bo‘lib, ijobiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqaman, Men har ishga qodirman, Men hamma narsani bilaman) shaxsni muvaffaqiyatlarga rag‘batlantirib, shaxsninng ijobiy namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Salbiy Men-konsepsiyasi (Men o‘zimga yoqmayman, Men hech narsani bajara olmayman, Men hech kimga kerak emasman) uning turli faoliyat yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishishiga halaqit beradi, o‘qish natijalarini yomonlashtiradi, shaxsda salbiy sifatlarning shakllanishiga olib keladi. O‘qituvchining vazifasi har bir o‘quvchi timsolida komil shaxsni ko‘rish, uni tushunish, qabul qilish va unga ishonishdan iborat («Hamma bolalar iste’dodli» tarzida).

5. “Nimaga?” va “qanday ta’lim?” masalasini hal etishga yangicha yondashish. Uning mohiyati ta’lim mazmunini shaxs rivojlanishining vositasi sifatida tushunishdan iborat.

6. Zamonaviy ta’lim muassasalarida tarbiyalash konsepsiyasi. Hamkorlik pedagogikasi quyidagi muhim g‘oyalarni aks ettiradi: bilimlar maktabini tarbiya maktabiga aylantirish, o‘quvchi shaxsini yaxlit tarbiya tizimining markaziga qo‘yish, tarbiyaning insonparvarlik xususiyatiga egaligi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarning shakllanishi, bolaning ijodiy qobiliyati hamda uning individualligini rivojlantirish, individual va jamoaviy tarbiyani uyg‘unlikda olib borish. Iqtidorli o‘qituvchilar pedagogik faoliyatida shakllangan ko‘nikma, malakalar yig‘indisini O‘zbekiston Respublikasini “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ni amalga oshirishda ko‘p ijodkor, izlanuvchi pedagoglar o‘zlarining tajriba maktablarini yaratdilar. Nazariya va tajriba o‘zaro birlashib pedagogikaning taraqqiyotini tayinlovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Har qanday fan o‘z oldidagi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishda muayyan ustuvor g‘oyalarga tayanadi. Ana shu g‘oyalar yig‘indisi fanning metodologiyasi, ilmiy-g‘oyaviy asoslari hisoblanadi. O’qitish jarayoni uchun metodologiya - falsafiy, ijtimoiy xulosalar, umumlashmalar xizmat qiladi.
Shaxs shakllanishi va rivojlanishi to'g'risida tushuncha.
Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'yekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi - uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki, kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
3) ) Shaxsga yo‘naltirilgan (rivojlantiruvchi) texnologiyalar asosida quyidagi g‘oyalar muhim o‘rin tutadi:

Do'stlaringiz bilan baham:

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling