Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Download 22.18 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi22.18 Kb.
#142362
Bog'liq
topshiriq 1 Nurhonov Nurjahon 651 18


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

«651-18 guruh Kasbiy Ta’lim» fakulteti


2010/2021 o’quv yili
Talim psixologiyasi fanidan
Amaliy Mashgulot
Mavzu:.  Topshiriq. Savollarga javob yozing va tizimga joylang.


Bajardi:Nurkhonov Nurjakhon

Toshkent – 2020 y.

Savollarga javoblar:


  1. Psixologik bilimdonlikning taʼlim jarayonidagi oʼrni. Talaba shaxsining psixologik taraqqiyoti.

Javob: Pedagogik psixologiya - taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi. Pedagogik psixologiyaning maqsadi — shartsharoit va boshqa psixologik omillardan kelib chiqqan holda oʻqitishning oqilona rivojlantiruvchi taʼsirini kuchaytirish.

Ta’lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi:

faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topgan usullari va
jarayonlarining o‘zlashtirilishiga;


maqsadga muvofik keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri
tanlash va foydalanishga bog‘liq.


  1. Individual - tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi.

Javob: Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, har bir shaxs o’ziga xos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o’xshash bo’lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo’yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o’xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo’lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko’p jihatdan aynan o’xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba’zi tafovutlar aniqlangan.

Shaxs – qaytarilmas, u o’z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o’rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berish o’rinli deb hisoblaymiz. Bu – “individ” va “individuallik” tushunchalaridir. “Individ” tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani to’ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi. Bu tushuncha uni bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o’z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o’ziga va o’ziga o’xshashlarga xos bo’lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ – insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy kategoriyadir.



  1. Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar.

Javob: Qobiliyatlardagi tug’ma va orttirilgan sifatlar.

Ba’zan o’ta iqtidorli va qobiliyatli bola haqida gap ketsa, undagi bu sifat tug’ma ekanligiga ishora qilishadi. Talantli, genial olim, san’atkor yoki mutaxassis haqida gap ketsa ham xuddi shunday. Umuman qobiliyatlarning tug’ma yoki orttirilgan ekanligi masalasi ham olimlar diqqat markazida bo’lgan muammolardan. Psixologiyada tug’malik alomatlari bor individual sifatlar layoqatlar deb yuritildi va uning ikki xili farqlanadi :   tabiiy layoqat va ijtimoiy layoqat. Birinchisi odamdagi tug’ma xususiyatlardan — oliy nerv tizimi faoliyatining xususiyatlari, miyaning yarim sharlarining qanday ishlashi, qo’l — oyoklarning biologik va fizilogik sifatlari, bilish jarayonlarini ta’minlovchi sezgi organlari — ko’z, quloq, burun, teri kabilarning xususiyatlaridan kelib chiqsa (bo’lar nasliy ota — onadan genetik tarzda o’tadi), ijtimoiy layoqat — bola tug’ilishi bilan uni o’ragan muhit, muloqot uslublari, so’zlashish madaniyati, qobiliyatni rivojlantirish uchun zarur shart — sharoitlar (ular ota — ona tomonidan yaratiladi)dir. Layoqatlilik belgisi — bu o’sha individga aloqador bo’lib, u bu ikkala layoqat muhitini tayyoricha qabul qiladi.




  1. O’smirlik va o’spirinlik davrlarida shaxs ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.

Javob: Qurilishi jihatidan psixologlar shartli ravishda to‘rt o‘zaro bog'liq tomonlarni ko'rsatib o'tadilar: 1. O 'z-o'zini bilishi. 2. O'z-o'ziga munosabat. 3. O 'z-o'zini his qilish. 4. O'z-o'ziga ta’sir. Bularning har biri o'ziga turli imkoniyatlarni qamrab oladi. Biroq o'z-o'zini bilish — o'z-o'zini his qihsh va boshqalarning manbaidir. O 'z-o'zini bihsh yaxlit holda o'z ustida ishlash mazm unini, o'z-o'zini tarbiyalash dasturini belgilaydi. Ayni paytda, u shaxsning batafsil dasturini tuzish, o'quvchilarda tarbiyalanayotgan tegishli maqsadlar, ideallarga erishish uchun zarurdir. Demak, o'z-o'zini bilish asosidagi o'zlikni anglash, umuman olganda, o'z-o'zini boshqarishga, tarbiyalashga olib borishi m umkin ekan.

  1. Yetakchi faoliyat turlari. «Men» - obrazi va o‘z-o‘ziga baho.

Javob: Shaxsning «Men» obrazi Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning shakllanishiga jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham m a’lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, ijtimoiy fenomen sifatida qaraladi. Uning ichiga; • Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi va shaxsan uning o'zigagina tegishli bo'lgan barcha narsalarini oluvchi «Men» bo'lsa; • Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir shaxsni o'zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak, shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo'lsa, uning uchun shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo'ladi; • Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kimligini namoyon qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig'indisi hisoblanadi; • Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o'zini anglashi, o'z-o'ziga baho berishi doirasidan iboratdir. Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni shaxsning markaziy bo'g'ini sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy atama fanga amerikalik psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi orqali ifodalanadi
Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling