Tijorat bankining tashkiliy-tarkibiy tuzilishi


Download 177.5 Kb.
bet1/6
Sana14.02.2023
Hajmi177.5 Kb.
#1195925
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
TIJORAT BANKINING TASHKILIY-TARKIBIY TUZILISHI


TIJORAT BANKINING TASHKILIY-TARKIBIY TUZILISHI.
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Tijorat banklari tushunchasi, tarkibiy tuzilishi.
2. Tijorat banklari tamoyillari va asosiy vazifalari.
3. Tijorat banklarining jalb qilingan mablagʻlari.
4. Oʻzbekistondagi banklar tizimi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.


KIRISH
Bank (lotincha: ansa — sarrof peshtaxtasi) — kredit-moliya muassasasi; asosan, vaqtincha boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.
BANK– bu tijorat muassasi bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslardan bo’sh turgan pul mablag’larini jalb qilish va uni o’z nomidan, to’lovlilik, muddatlilik, qaytarib berishlik shartlari asosida qarz berishlik shartlari asosida qarz berish va boshqa operatsiyalarni bajaradi.Tijorat banklari O’zbekiston Respublikasi bank tizimining ikkinchi pog’onasi bo’lib, kredit resurslarining ancha qismi shu banklarda yig’iladi va ular yuridik va jismoniy shaxslarga bank xizmatini ko’rsatadilar. Tijorat banklari faoliyatining huquqiy asosiy bo’lib, 1996-yilda qabul qilingan “banklar va banklar faoliyati to’g’risida”gi qonun, Prezident farmonlari va boshqa qonunlar hisoblanadi. Hozirgi kunda O’zbekistonda 30dan ortiq tijorat banklari faoliyat ko’rsatmoqda. mulk shakli bo’yicha aksioner bank hisoblanadi. Tijorat bankining oliy organi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi hisoblanadi. Bu yig’ilishlarda aksiyadorlarning vakillari va aksiyador korxonalarning rahbarlari ishtirok etadilar.Bank boshqaruvini direktorlar kengashi amalga oshiradi. Unga qo’shimchatarzda bank boshqaruvini kuzatish va nazorat qilish mas’uliyati ham yuklatilgan. Direktorlar kengashi a’zolarining tarkibi va saylanish muddati tijorat bankning nizomi bilan belgilanadi.Aksiyadorlik tijorat banki filialining tarkibiy tuzilishi. Tijorat banklarini tashkil qilish 11 fevral 1999 yilda qabul qilingan “Banklarni ro’yhatga olish va ularga litsenziya berish tartibi to’g’risida”gi Nizom asosida olib boriladi. 2012 yilda respublika bank tizimidagi islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishga qaratildi, jumladan:
- bank nazorati tizimini yanada takomillashtirish, bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini tatbiq etish bilan bog‘lik tadbirlarni davom ettirish;
- mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatini etakchi xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan me’yor, andoza va ko‘rsatkichlar asosida baholash amaliyotini kengaytirish;
- tijorat banklarining resurs bazasini ularning kapitallashuv darajasi hamda aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh pul mablag‘larini depozitlarga jalb qilish orqali yanada oshirish;
- tijorat banklari aktivlarini, shu jumladan, ularning investitsion faolligini hamda ishlab chiqarishni texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha loyihalarni kreditlash hajmlarini oshirish;
- tijorat banklari balansiga olingan iqtisodiy nochor korxonalar faoliyatini tiklash, ular bazasida tashkil etilgan yangi korxonalarni strategik investorlarga sotish ishlarini yanada faollashtirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlari, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish hajmini kengaytirish;
- xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlanishining hozirgi real holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish ishlari amalga oshirildi.


Download 177.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling