Til — millat ko‘zgusi


Download 22.05 Kb.
bet1/2
Sana08.01.2022
Hajmi22.05 Kb.
#234768
  1   2
Bog'liq
Til — millat ko‘zgusi

Til — millat ko‘zgusi


Har yili 21 oktyabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida o‘zgacha g‘urur, faxr va iftixor bilan  keng nishonlanadi.  Albatta, har bir millat o‘z ona tiliga ega. Ulkan boylik, bebaho qadriyat sifatida e‘zozlanadigan tilda ajdodlarining bebaho merosi, tarixi, o‘tmishi va buguni yashaydi. O‘zligini anglagan har bir millat va elat uchun til bebaho va tengsiz boylik sanaladi.

Ona tiliga bo‘lgan e‘tibor yuksak qadrlandi. Darhaqiqat, ona tilini sevgan, ardoqlagan inson qalbida o‘tmishi, an‘ana va qadriyatlariga, buyuk ajdodlariga bo‘lgan cheksiz ehtiromi mujassam bo‘ladi. Istiqloldan ilgari qo‘lga kiritilgan bebaho boyligimiz, qadriyatimiz – o‘z ona tilimizni  har tomonlama rivojlanishini  ta‘minlanish  faoliyatimiz mezoni sifatida dolzarb sanaladi  va albatta, yoshlarga ta‘lim-tarbiya berish jarayonida ham ushbu muhim omillarga alohida ahamiyat qaratib kelmoqdamiz. Shu maqsadda 2018 yil 11 oktyabrь kuni  Buxoro davlat universiteti, Buxoro tumanidagi 1-umumta‘lim maktabi va O‘zMTDP Buxoro viloyati Kengashi  hamkorligida  21 oktyabr – O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Til — millat ko‘zgusi” mavzusida   adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda partiya viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, partiya faollari,  BuxDU professor-o‘qituvchilari, 1-umumta‘lim maktabi jamoasi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir davomida o‘zbek tilining  millat ko‘rki  sifatida qadrlanishi umumta‘lim maktabi o‘quvchi yoshlari tomonidan tayyorlangan she‘rlar, hikmatli so‘zlar va sahna ko‘rinishlarida namoyon bo‘ldi. Tadbir davomiyligida  o‘zbek farzandlari-yoshlarimiz  qalbida yana bir bor ona tilimiz orqali Vatanga, ona yurtga bo‘lgan yuksak sadoqat va buyuk muhabbat mustahkam qaror topdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar  mutaxassislar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob olishdi.  Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidir. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”. Abdulla Avloniy. “Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili bu millatning ruhidir. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar”.Ona tili — bu millatning ruhidir» — deya ta’kidlab o‘tilgan. ... Tilshunos olimlarning fikriga ko‘ra, turkiy tillar eramizning IV asrida uch guruhga bo‘lingan hamda qarluq, qipchoq, o‘g‘uz guruhlari vujudga kеlgan. Bular orasida eng qadimgi yozuv tili qarluq guruhi zaminida shakllangan azaliy o‘zbеk tilidir. Tarixda eng ko‘p adabiy va ilmiy asarlar ham shu tilda ijod qilingan.




Download 22.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling