Til millatning ma’naviy boyligidir


Download 51.56 Kb.
Pdf ko'rish
Sana03.10.2020
Hajmi51.56 Kb.

TIL  -MILLATNING  MA’NAVIY

BOYLIGIDIR

Til nafaqat muomala vositasi – balki xalqning madaniyati, urf-

odati,  uning  turmush  tarzi,  tarixidir.  Aynan  til  tufayli

insoniyat u yoki bu xalqqa mansubligidan faxrlanib yashaydi.

Barcha  tillarni  tan  olish  va  hurmat  qilish  tinchlik  va

do‘stlikning  birdan  bir  manbaidir.  Shu  sababli  ham  har  bir

xalq o‘z tilini saqlab qolishga harakat qiladi. Tarixga nazar

solsak, jahonni zabt etgan sarkardai davronlar, avvalo, mazlum

xalq ma’naviyatining mayog‘i bo‘lmish tiliga tajovuz etishga

harakat  qilganlar.  Mazkur  bo‘htonlardan  ko‘hna  tilimiz  ham

«benasib»  qolmadi.  Bag‘ri  kuyuk  bu  tilning  ne-ne  «paylari

uzilib,  qobirg‘alari  sinib»  (A.Oripov)  ketmadi  deysiz…  Ammo

xalq  dahosi,  zahmatkash  farzandlari  yetovida  xuddi  qaqnus

singari  qayta  tug‘ilib,  kamol  topaverdi.  Bugungi  hurlik

zamonida, tilimizning qonuniy himoyasi qayta tiklangan davrda

tilimiz o‘zining butun-basti bilan keng quloch yoymoqda.

Insoniyat tarixida bugungi kungacha 9000dan ortiq til yo‘qolib

ketgan.  Hozirgi  kunda  Yer  sayyorasida  6809  ta  til  saqlanib

qolgan.  Aholi  eng  ko‘p  foydalaniladigan  til  sifatida-xitoy,

ingliz  va  ispan  tillari  e’tirof  etiladi.  Lingvistlarning

fikricha,  hozirda  ko‘p  qo‘llanilayotgan  til  ingliz  tili

bo‘lsa,  XXI  –  asr  o‘rtalariga  borib  xitoy  tili  asosiy  til

bo‘lib qolishi taxmin etilmoqda.  Har bir mamlakatning bayroq,

gerb, madhiya singari davlat ramzlarini belgilovchi eng muhim

omillaridan biri – uning milliy tilidir. Shuning uchun, har

bir  xalq  o‘zining  milliy  tili  taraqqiyoti  va  taqdiri  uchun

qayg‘uradi. Xalqlar qanday bo‘lmasin o‘zining tili o‘zi uchun

azizdir.  O‘zbekiston  Respublikasining  Birinchi  Prezidenti  

I.A.Karimov tashabbusi va shijoati bilan 1989 yil 21 oktyabrda

o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Hali sobiq Ittifoq

tarkibida turgan vaqtimizdayoq, bunday ishni amalga oshirish

chinakam jasorat va shu bilan birga istiqlolga qo‘yilgan ilk



qadam edi. Ona tilimizga Davlat tili maqomi berilgan muborak

kun o‘zbekka o‘zligini qaytargan, taqdiri va kelajagini tayin

etgan qonun millatimiz tarixiga zarhal harflar bilan yozildi.

Ushbu qutlug‘ qonun o‘laroq, o‘zbek tilining maqomi yuksalib,

ming  yillik  xalq  tilining  xira  tortgan  ko‘zlari  qaytadan

ochildi,  go‘yo.

Til  –  xalqning,  millatning  eng  buyuk  qadriyatlaridan  biri

hisoblanadi.  Shuning  uchun  xalqning  ozodlikka,  o‘zligini

anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini

oshirish  muhim  o‘rin  tutadi.  Inson  tug‘ilib,  voyaga  yetar

ekan,  u  ona  tili,  ona  Vatan,  ona  zamin  kabi  milliy

qadriyatlarini  shu  til  vositasida  anglaydi  va  his  qiladi.

Shuning  zamirida  unda  milliy  ong,  vatanparvarlik,

millatparvarlik,  mustaqillik  kabi  tushunchalar  paydo  bo‘ladi

va singib boradi. Til har bir xalqning ulkan boyligi, bebaho

mulki,  qalbi  va  ovozi  hisoblanadi.  2016  yil  13  mayda

I.A.Karimov tomonidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

o‘zbek  tili  va  adabiyoti  universiteti  faoliyatini  tashkil

etish to‘g‘risidagi farmoni Vatanni, millatni sevuvchi har bir

insonni quvontirdi. Unda o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti,

uning  hozirgi  zamon  globallashuv  davridagi  tutgan  o‘rni

masalalariga  e’tibor  qaratilishi  xalqimizning  yuragidagi

gaplar edi. Bu farmonni mamlakatimizda olib borilayotgan tilga

oid siyosatning mantiqiy davomi deyish mumkin.

Bundan tashqari, olim va mutaxassislar tomonidan ilm – fan va

turli  sohalarga  oid  ensiklopediya  va  lug‘atlar,  darslik  va

o‘quv  qo‘llanmalar  chop  etildi.  Mumtoz  adabiyotimiz

namunalari,  80000  dan  ziyod  so‘z  va  so‘z  birikmalari,  fan,

texnika,  sanoat,  madaniyat,  va  boshqa  sohalarga  oid

atamalarni,  shevalarni  o‘z  ichiga  olgan  «O‘zbek  tilining

izohli  lug‘ati»  bu  borada  amalga  oshirilgan  ishlarning  eng

muhimidir.  Davlatimiz  rahbari  Sh.Mirziyoyev  rahnamoligida

milliy madaniyatimizning ko‘zgusi bo‘lgan ona tilimizni yanada


boyitish,  davlat  va  jamoat  tashkilotlarida  davlat  tili

haqidagi qonun ijrosini ta’minlash, yoshlarimizni ona tiliga

hurmat  va  muhabbat  ruhida  tarbiyalashga  qaratilgan  keng

ko‘lamli  ishlar  amalga  oshirilmoqda  va  izchil  davom  etmoqda.

Shu  jumladan  institutimiz  miqyosida  davlat  tiliga  bo‘lgan

hurmat va ehtirom har bir jabhada sezilib turadi. Rasmiy ish

qog‘ozlari  imloviy  savodxonlik  talablari  asosida  yuritiladi.

Har  bir  tadbir  milliy  tilimizga  bo‘lgan  hurmat  asosida

mazmunli  tashkil  qilinadi.  O‘zbek  adabiy  tilining  boy

imkoniyatlari  asosida  ilmiy-amaliy  anjumanlar  to‘plamlari

tahrirdan o‘tkaziladi. Davlat tiliga bo‘lgan bunday muhabbat

institutda  tahsil  olayotgan  talaba-yoshlarda  milliy

g‘ururimizni,  o‘zligimizni  qalban  his  qilish  yo‘lidagi

ma’naviy-tarbiyaviy  ishlarimizning  in’ikosi  hisoblanadi.

Millatimizning  milliyligini  amalga  oshirishdagi  ko‘p  yillik

orzular bugungi kunda o‘zligini namoyon qilmoqda. Tilimizning

tarovati-yu  nafosatini,  imkoniyati-yu  salohiyatini  e’tirof

etish  bilan  birga  ta’limiy,  ma’naviy  ishlarimizni  yanada

boyitish  borasida  mehnat  qilaveramiz.  Zero,  shu  asosda  o‘z

vatanparvarlik  burchimizni  ado  etgan  bo‘lamiz.  Til  xalqni

birlashtiradi,  tarbiyalaydi,  o‘qitadi,  urf-odat  va

an’analarini saqlaydi. Shunday ekan, ona tilimizning xalqaro

miqyosdagi  nufuzini  oshirishga  uni  milliy  va  umumbashariy

tushunchalar  asosida  boyitishga,  taraqqiy  etgan  tillar

qatoriga qo‘shishga harakat qilish har bir fuqaroning muqaddas

burchi bo‘lishi kerak.



 

M.Қo‘ziboyeva,

Tillar, pedagogika va psixologiya

kafedrasi mudiri.

Download 51.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling