Til sathlari. Tilning leksik-semantik sathi. Grammatik sath. TiL birliklarining Alohida Tizim Sifatida O’zaro Mutanosibligi


Download 4.52 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi4.52 Kb.
#1828700
Bog'liq
2 5422629183111054074

3-amaliy mashgʼulot Mavzu: Til sathlari. Tilning leksik-semantik sathi. Grammatik sath. TiL birliklarining Alohida Tizim Sifatida O’zaro Mutanosibligi

Reja:

  • Til sathlari
  • Tilning leksik semantik sathi
  • Grammatik sath
  • Til birliklarining alohida tizim sifatida oʼzaro mutanosibligi

Tilshunoslik tarixida tilning fonologik, morvemik, leksik, grammatik sath birliklari ko‘p hollarda avtonom holda, ularning aloqadorligi va o‘xshash nuqtalarining mavjudligi, ya‘ni izomorflik e‘tiborga olinmagan holda o‘rganildi.

Sistemaviy tilshunoslikning maydonga kelishi, uning tilni o‘rganishda aniq metodlarga tayanishga intilishi til sathlari o‘rtasidagi izomorfizmga jiddiy e‘tibor qaratilishiga sababchi bo‘ldi. Izomorfizm tilning turli xil sathlararo munosabatlarda kuzatiladi. 

Til sistema sifatida ichki tuzilishga, strukturaga ega. Tilning ichki tuzilishi (strukturasi) ko’p sathlidir. Tilning qimmat jihatdan bir xil birliklarining yig’indisi lingvistik sath deb yuritiladi. Masalan, fonologik sath morfemik sath kabi. Ma’lum bir tildagi fonemalarning o’zaro munosabati majmui fonologik sathni, morfemalar munosabati majmui esa morfemik sathni tashkil etadi.

Lingvistik satx, tushunchasi hozirgi tilshunoslikda keng tarqalgan bo’lsa ham, lekin tilni sathlarga bo’lishda xilma-xillik ko’zga tashlanadi. Shunday bo’lishga qaramasdan, deyarli barcha tilshunoslar tilning quyidagi sathlarini bir dek tan oladilar: 

1) fonologik sath 2) morfemik sath 3) leksik sath 4) morfologik sath 5) sintaktik sath 6) ustsintaktik (supersintaktik) sath.

Yuqoridagi sathlarning har biri o’zining birligiga ega: fo­nologik sath birligi-fonema; morfemik sath birligi-morfe­ma; leksik sath birligi leksema; morfologik sath-birligi so’z shakl; sintaktik sath birligi sintaksema; ustsintaktik sath birligi matn.

Ko’rsatib o’tilgan sathlar quyidan yuqoriga qarab qatiy tartibda joylashadi. Har bir yuqori sath birligi o’zidan bir daraja quyi sath birliklarining sintagmatik munosabatidan tashkil topadi (bundan faqat leksik sath birligi mustasno), fonemalarning sintagmatik munosabatidan morfemik sath bir­ligi morfema hosil bo’ladi

Morfemalarning sintagmatik munosabatidan esa morfolo­gik sath birligi bo’lgan so’z shakl vujudga keladi. So’z shakl, o’z navbatida, morfemalarga (to’g’rirog’i, morfema variantlariga) bo’linadi va boshqalar

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 4.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling