Title text addition


Download 6.83 Mb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi6.83 Mb.
#1788329
  1   2   3
Bog'liq
taqdimot Gomer


Title text addition
The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film
Oliy ta'lim fan va innavatsiyalar vazirligi Urganch Davlat Pedagogika Instituti Filologiya va tarix fakulteti O'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 221-guruh talabasi Ro'zimova Maftunaning O'zbek adabiyoti fani mustaqil ta'limi uchun tayyorlagan taqdimoti
Antik adabiyot tushunchasi.Gomer ijodi.("Illiada" va "Odissiya" asarlari misolida)
Antik adabiyot (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi „Iliada“ va „Odisseya“ dostonlari boʻlib, bular „Gomer dostonlari“ deb ham ataladi. Gomerdan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va qadimgi Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerliklarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000-yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.
Title text addition
The user can demonstrate on a projector or computer, or print the presentation and make it film
Gomer
Homer (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος, Hómēros) yunon shoiri, „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. XII asr bilan VII asr ora-ligʻida deb koʻrsatiladi. Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin faqat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar)

Download 6.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling