Tmc instituti mtc 22-05 gurux talabasi maxmudova dilobarning elementar matematika fanidan mustaqil ishi Mavzu: Bolalarni vaqtni chamalashga o'rgatish vazifalarstrreplA: Kichik guruhlarga vaqt oraliqlari haqidagi tasavvurlarini o‘stirish


Download 7.46 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi7.46 Kb.
#1685353
Bog'liq
bolalarni vaqtni chamalashga o\'rgatish

Tmc instituti mtc 22-05 gurux talabasi maxmudova dilobarning elementar matematika fanidan MUSTAQIL ISHi

Tmc instituti mtc 22-05 gurux talabasi maxmudova dilobarning elementar matematika fanidan MUSTAQIL ISHi

Mavzu: Bolalarni vaqtni chamalashga o'rgatish vazifalari

R E J A: 1. Kichik guruhlarga vaqt oraliqlari haqidagi tasavvurlarini o‘stirish. 2.Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish.

3.“Kun va tun”o ‘yinini o‘ynatish. 


O‘quv mashg’ulotining maqsadi: Kichik guruh yoshidagi bolalarning vaqtni chamalash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish bilan tanishtirish ,bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.

Vaqt tushunchalarini shakllantirish ishini kundalik turmushda o‘tkazish kerak. Aniq kun tartibi bolalarda sutka qismlari haqida tasavvurlarni shakllantirish uchun real sharoitdir. Sutka davomida tarbiyachi bolalar e’tiborini ular mashg’ulotlari harakterlari bilan bog‘liq har xil vaqt oraliqlari o‘rtasidagi munosabatlarga qaratadi. Tarbiyachi sutka qismini aytadi va bolalarning shu qismga mos keluvchi mashg’ulot turlarini sanab o‘tadi, masalan: “Xozir ertalab. Siz gimnastika qildingiz, yuvindingiz, nonushta qilasiz”. Yoki “Xozir kunduzi. Kunduzi ota onalarimiz ishlashadi, biz esa shug‘ullanamiz”. Tarbiyachi bitta bola bilan, kichik-kichik guruhlar bilan suhbatlashibulardan  kechasi, ertalab, kunduzi nima qilganliklarini so‘raydi. 


Kichik guruhlarga vaqt oraliqlari haqidagi tasavvurlarini o‘stirish.
1
2
3
4
7
Maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir vaqt oralig‘i uchun xarakterli bo‘lganmashg’ulot turlari tasvirlangan rasmlar o‘zlariga ko‘rsatiladi va ulardan so‘raladi: Rasmda tasvirlangan bolalar nima qilishmoqda? Buni ular qaysi vaqtda qilishmoqda? Ushbu savollarga javob berish taklif qilinadi: Sen qachon dam olasan? Sayr qilasan? Uhlaysan? Kichkintoylarga kunduzi, kechasi, ertalab, kechqurun tasvirlangan rasmlarni sutkaning berilgan qismi uchun xarakterli bo‘lgan amaliymashg’ulotlari tavsiflangan hikoyalardan, she’rlardan parchalar o‘qishdan ham foydalanish mumkin.
Kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish.
Tarbiyachi bolalar bilan birgalikda ularning sutkaning u yoki bu vaqtiga mos keladiganmashg’ulotlari va tabiat hodisalari tasvirlangan syujetli rasmlarni qaraydi,illyustrativ materiallardan foydalanib va ularsiz didaktik o‘yinlar o‘tkazadi, suhbatlashadi, hikoya hamda ertaklar o‘qiydi. Tarbiyachi asta-sekin bolalar sutka qismlarining harakterli belgilarini farqlashlariga, ularni gapirib berishlariga erishadi. Ishni vaqtning oraliqlari, ya’ni, kunduz-kecha, ertalab kechqurun, yaqqol tasvirlangan rasmlarni qarashdan boshlagan ma’qul. Bunda tarbiyachi bolalarning vaqtning u yoki bu oralig‘idagimashg’ulotlari haqidagi xotiralarini faollashtiradi. Masalan, kun tasvirlangan rasmni ko‘rsatadi va so‘raydi:”Rasmda nima tasvirlangan?” 
Bolalar: Bolalar o‘ynashmoqda. Quyosh yoritmoqda. Qushlar uchmoqda. Tarbiyachi: Qachon quyosh yorqin nur sochadi?
Bolalar: Kunduzi.
Tarbiyachi: Bolalar, siz kunduzi nima qilasiz?
Bolalar: O‘ynaymiz, ovqatlanamiz, shug‘ullanamiz va boshqa ishlarni qilamiz.

Ertalab bolalarni hovlida qabul qilish vaqtida ularni diqqatini quyoshning osmondagi joylashuviga qaratiladi.

Ertalab bolalarni hovlida qabul qilish vaqtida ularni diqqatini quyoshning osmondagi joylashuviga qaratiladi.

Tarbiyachi: Bolalar osmondagi quyoshga diqqat bilan qarang, u qayerda joylashgan? Hozir ertalab. Siz ertalab turib nima ishlar qilasiz?

Bolalarning taxminiy javoblari: Ertalab turamiz, yuz qo‘limizni yuvamiz, o‘rnimizni tuzatamiz va bog‘chaga kelamiz.

Tarbiyachi: Quyosh ham uyqudan uyg‘onadi, faqat sizlarga qaraganda bir muncha ertaroq. Hozir esa u sekin -asta balandga ko‘tarilmoqda. Kunning shu vaqti nima deb nomlanar ekan?(ertalab) Keling birgalikda qumda uyg‘onayotgan quyoshni rasmini chizamiz.

-Hozir uning ko‘zlari qanday? -To‘liq ochiq emas. -Nurlarichi, uzunmi yoki qisqami? -Nima uchun?

Oldingizda 3 xil rangdagi to‘g‘ri to‘rtburchak shakillari turibdi. Shulardan qaysi biri ertalabga to‘g‘ri keladi

( och havo rang to‘g‘ri to‘rtburchak)

Quyosh hozirgina uyg‘ongani uchun ham hamma yoqni isitib ulgurganicha yo‘q. To‘g‘ri to‘rtburchak shaklni tanlang. Qumni qo‘lingizga oling, u issiqmi yoki sovuq? Modelga hali yaxshi uyg‘onmagan quyosh rasmi qistirilib qo‘yiladi.

Shu tariqa bolalarda vaqta bo’lgan tushunchasini oshirib boramiz.


“Kun va tun”o‘yinini o‘ynatish
Etiboringiz uchun raxmat.
Download 7.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling