Toksik ko’rinishlarni yuzaga chiqishi zaharli moddalarning toksiklik retseptorlariga yuqori kontsentratsiyaga etib borishi va uning tezligiga bogliq bo’ladi


Download 17.13 Kb.
Sana18.12.2022
Hajmi17.13 Kb.
#1031961
Bog'liq
Bekzat


Toksik ko’rinishlarni yuzaga chiqishi zaharli moddalarning toksiklik retseptorlariga yuqori kontsentratsiyaga etib borishi va uning tezligiga bogliq bo’ladi. Ushbu holda jabrlangan organizm detoksikatsiyaning barcha yo’llari va usullarini ishga soladi. Zaharli moddaning organizm bilan munosabati toksik agentning xususiyatlariga, aniq toksik muhitga va jabrlanuvchiga bogliq bo’ladi. Bu holatda jabrlanuvchining ichki omillari va kimyoviy travmaning shakllanish reaktsiyasiga tasir ko’rsatadigan tashqi omillarni alohida takidlash kerak. Zaharlanishning rivojlanishi aniqlovchi omillar tasnifi. Zaharlanishning ko’rinishlariga tasir qiladigan asosiy (ichki) va qo’shimcha (tashqi) omillar faqat shartli ravishda bo’lib, qo’shimcha omillar zaharning fizikkimyoviy va toksiklik darashalariga ahamiyatli bo’lmasada, kasallikning kechishiga va klinik ko’rinishlariga malum darajada tasir ko’rsatadi. Klinik amaliyotda keng ishlatiladigan, misol uchun rengenologiyada qo’llaniladigan bariy sulfat to’zi umuman zaharsiz. Lekin boshqa barcha suvda eriydigan bariy tuzlari o’ta zaharli xisoblanadi
Umumiy zaharlash tasiriga ega bo’lgan zaharlovchi moddalarga tsianid kislota va xlortsianlar kiradi. TSianid kislotani shvTB olimi Karl SHeele birinchibo’lib 1782 yilda sintez qilgan. Aytishlaricha, u 4 yildan so’ng xuddi shu zaharlimodda bilan tajriba o’tkazayotgan vaqtda zaharlanib halok bo’lgan. TSianidkislotaning zaharlash xususiyati qadim zamonlardan malum. Masalan, YUnonistonkohinlar tabaqasi shaftoli daraxti bargidan zaharli essentsiya tayyorlab, aybdorkishilarni shu modda bilan o’ldirganlar.Bundan tashqari, tsianid kislota va uning tuzlaridan sanoatda kengfoydalaniladi: qishloq xo’jaligida mevali daraxt zararkunandalariga qarshi kaltsiytsianamid, erkin tsianamidlar ishlatiladi. Kon sanoatida rudalardan oltin va kumusholishda, engil sanoatda gazlamalarga ishlov berishda va rang bilan bo’yashda kengishlatiladi- SHu sababdan, tsianid kislota ko’p miqdorda ishlab chiqariladi va unitashish, foydalanish, ishlatish jarayonida odamlar zaharlanishi mumkin.2000 ga yaqin o’simlik va daraxtlarning mevasi tarkibida tsianid kislotabirikkan geteroglikozidlar shaklida uchraydi. Achchiq bodom danagida 2,5—3,5%,shaftoli danagida 2—3%, o’rik va olxo’ri danagida 1—1,8% va olcha danagida 0,8%tsianid kislota amigdalin glikozidi sifatida uchraydi. Kishilar ko’pincha shu danakmagzini istemol qilganda zaharlanib kolishlari mumkin.
Toksinlar — mikroorganizmlarning hayot faoliyatida hosil boʻladigan zaharli moddalar. Hayvonlar va odam organizmiga tushganda ularni kasallantirish yoki halok qilish xususiyatiga ega. Bakteriyalar paydo qiladigan T. ancha toʻla oʻrganilgan. Bakterial T. ekzotoksinlar (bakteriyalar toksinni tashqi muhitga ajratib chiqaradi) va endotoksinlarga (ular bakteriyaning struktura komponenti boʻlib, bakteriya hujayralari yemirilganidan keyin atrofmuhitga tarqaladi) boʻlinadi. Ekzotoksinlar va endotoksinlar oʻz xususiyatlariga koʻra bir-biridan farq qiladi. Ekzotoksinlar juda zaharli. Tozalangan T. bir necha yuz marta faol boʻladi. Ekzotoksinlarning organizmga taʼsiri maʼlum yashirin davrdan soʻng yuzaga chiqadi. Endotoksinlar ancha tez taʼsir qiladi, lekin ularning zaharliligi ekzotoksinlarnikicha emas. Koʻpchilik ekzotoksinlar 60—80° da 10—20 min.da parchalanadi. Endotoksinlar issiqqa juda chidamli — ancha yuqori trada yoki uzoq vaqt qaynatilganda parchalanadi. T. muzlatilganda va muzdan tushirilganda kuchi qirqilmaydi. Ular quritilgan holatda ham yaxshi saqlanadi. Formalin va issiq taʼsirida ekzotoksinlarning zaharlilik xususiyati yoʻqoladi, biroq bunda immunitetning kuchaytirish xususiyati saklanib qoladi. Bir qancha infeksion kasalliklarning oldini olish va davolashda qoʻllanadigan anatoksinlarni olish shunga asoslangan.
Ekzotoksinlar organizmga kiritilganda kuchli oʻziga xos xossaga ega boʻlgan antitelolar (qarang Immunitet) paydo qilish xususiyatiga ega. Ana shu xususiyat davolash va profilaktika maqsadida ishlatiladigan zardobni olish va qoʻllash imkonini beradi.
Hayvonlar va oʻsimliklardan olinadigan bir qancha mahsulotlarning biologik xususiyatlari bakterial T.ga juda yaqin, mas., oʻsimlik zaharlari, ilon, chayon, qoraqurt zahari va boshqa Toksikologiya (yun. toxikon zahar va ...logiya) — tibbiyot sohasi; zaharli moddalarning fizik va kimyoviy xususiyatlari, ularning tirik organizmlarga taʼsiri mexanizmi, zaharlanish alomatlarini oʻrganadi. Zaharlanishning oldini olish va davolash vositalarini, shuningdek, zaharlarning kichik dozalarda davo taʼsiriga ega ekanligini aniqlash va undan foydalanish yoʻllarini izlab topish ishlari bilan shugʻullanadi.

T.ning asosiy maqsadi, asosan, etiologiyasi kimyoviy omil hisoblanadigan noepidemik kasalliklarning kelib chikish sabablarini aniklash, oldini olish va davolash hamda moddalarning inson organizmiga uzoq muddat davomida zararli taʼsirini oʻrganish va bartaraf etishga karatilgan.


T. kommunal gigiyena fanining asosiy boʻlimlaridan boʻlib, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining tibbiy profilaktika ftlarida oʻqitiladi. T.ning fan sifatida rivojlanishida Sh.T.Otaboyev, T.I.Iskandarov va boshqalarning hissasi katta.
Oʻzbekiston olimlari tomonidan hayvonlar ustida oʻtkazilgan tajriba natijalariga asoslanib moddalarning zaharliligi va xavfliligini bagʻolash boʻyicha tasnif ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, zaharli moddalarning organizmga tushish yoʻllari, oʻlimga olib boruvchi oʻrtacha dozasi (konsentratsiyasi) va boshqalarni bir-biriga bogʻlagan holda xavflilik sinflariga boʻlish tavsiya qilingan.
"Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanitariya nazorati toʻgʻrisida"gi qonunga asosan, hukumatimizning toksikologiya sohasidagi mutaxassis olimlari (Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti, II ToshTI kommunal gigiyena kafedrasi va Markaziy ilmiy tadqiqot lab. toksikologiya boʻlimi xodimlari) tomonidan barcha yangi kimyoviy moddalarning zaharlilik va xavflilik darajalari oʻrganiladi. Mac, fosgen kislotasi birikmalarining zaharlilik darajasi, ularning kimyoviy tuzilishiga bogʻliqlik qonuniyatlari aniqlandi (G.T. Iskandarova). Mazkur qonuniyatlarga muvofiq, kimyogar va biolog olimlar hamkorligida kam zaharli va yuqori samarali defoliantlar ishlab chiqildi.
Download 17.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling