Yaratilgan sanasi: Mon, 1 Sep 2023 09: 40: 53 +0500 Page 1-savol


Download 55.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana11.09.2023
Hajmi55.72 Kb.
#1675934
  1   2   3   4   5
Bog'liq
OTMlardagi "Zakovat" to‘garagi (29.05.2023)



Yaratilgan sanasi: Mon, 11 Sep 2023 09:40:53 +0500
Page 1
1-savol:
Matsutake nomli qo'ziqorin antropogen landshaftlarda yaxshi o'sadi. Aytishlaricha, Undagi vayron bo'lgan
yerlarda birinchi bo'lib matsutake qo'ziqorini o'sgan ekan. Savol: U o'rnidagi toponimni yozib bering.
Javob:Xirosima.
Izoh: Yaponlar tomonidan qadrlanadigan matsutake qo'ziqorini kesib tashlangan o'rmonlar o'rnida yaxshi
o'sadi. Ma'lumotlarga ko'ra, atom bombasidan so'ng Xirosimada hududida birinchi bo'lib aynan matsutake
qo'ziqorini o'sgan ekan.
Zachot: Nagasaki.
Manba: https://thenewinquiry.com/no-mushroom-cloud/
2-savol:
Haynrix Hayne uchun ULAR jang oldidan chalinuvchi harbiy musiqalarni eslatib yuborgan. ULARNING
orasidagi eng mashhuri 1842-yilda yaratilgan. Savol: Uning muallifi kim?
Javob:Mendelson.
Izoh: Gap marsh musiqasi haqida.
Zachot: Feliks Mendelson-Bartoldi.
Manba: http://www.niv.ru/biblio/biblio.pl?id=004&nt=049
http://en.wikipedia.org/wiki/Wedding_March_(Mendelssohn)
3-savol:
200 yildan ko‘proq vaqt oldin bir rus jurnalida quyidagicha hikoya chop etilgan: Imperator Iosif II sayr
chog‘ida bir qizni uchratadi. Qizning otasi urushda halok bo‘lgan va oilasi pulsiz qolgan edi. Ertasi kuni qiz
saroyga imperator qabuliga kelganidagina unga yordam qilgan inson imperator ekanligini tushindi. Savol:
Bu qizning otasida qanday harbiy unvoni bo‘lgan?
Javob:Kapitan.
Izoh: Versiyalarga ko‘ra Pushkin “Kapitan qizi” asarini shu voqeyadan ilhomlanib yozgan va asarda
Imperator Iosifni Yekaterina II ga o‘zgartiradi.
4-savol:
Ikkinchi jahon urushidan bir oz oldin mashhur kinoaktyor Eroll Flinn ikkita harbiy bazada “Dive Bomber”
sarguzasht filmini suratga olish uchun ruxsat oladi. Ulardan biri San-Diegoda edi. Bir oz vaqtdan soʻng
Flinnga baʼzi ayblovlar qo‘yilganini hisobga olib , ikkinchi baza qayerda bo‘lganiga yozib bering.



Download 55.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling