2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja


Download 89.26 Kb.
bet1/10
Sana09.05.2023
Hajmi89.26 Kb.
#1447884
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu


2-MAVZU: ADABIY ASARDA MAVZU, G‘OYA, SUJET VA KOMPOZITSIYA
Reja:

1. Badiiy g‘oya. G‘oyaviy, hayotiy mazmun. Zamonaviy asar mazmuni.


2. Adabiy asarda inson tasviri. Xarakter va tip. Qahramon. Adabiy asarda tarixiy shaxslar, prototip.
3. Konflikt-sujet o‘zani. Sujetning tarkibiy qismlari. Portret va peyzaj.
4. Badiiy tafsil va sujet. Fabula. Kompozitsiya. Mazmun va shakl birligi.
5. Jonli, alabiy va badiiy til. Xalq tili.
6. Mualliflar va personajlar nutqi. Dialog. Monolog. Mubolag‘a.


Tayanch tushunchalar: Xarakter va tip, Konflikt-sujet, sujetning tarkibiy qismlari, portret va peyzaj, fabo‘la, kompozitsiya, mazmun va shakl birligi.


Darsning mazmuni
Badiiy asar «abadiyatni bezaydigan, umri boqiy va mag‘zi to‘q, go‘zallik» (A.Kaxxor) ekan, demak, hayot adabiyotga saralanib, tozalanib, poklanib — badiiylashtirib (badiiy haqiqatga aylantirilib) kiritiladi; «ya’ni u qayta bichiladi, qayta tiqiladi» va bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi voqeylik (V.Belinskiy) yaratiladi. Bu voqeylik mazmuni xarakterlar olami orqali harakatda va rivojda ifoda etiladi. Bu hayot to‘laligi va boqiyligi bilan kitobxonda kuchli hayajon va zavq, uyg‘otadi.
Badiiy asar hayotning o‘ziga xos yaxlit, mustaqil bir parchasini qaytadan jonlantirarkan, juda ko‘plab betakror va murakkab jarayonlarni boshidan kechira- di, ayni paytda, har biri yakka olam (asar) bo‘lib dunyoga keladi.
Mavzu va g‘oya, obraz va xarakter, syujet va kompo­zisiya, badiiy til va uslub, tur va janrlar kabi vositalar, asarning mukammalligini, badiiyligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ular har bir asarda betakror tarzda uyg‘unlashadilar va jonli bir «vujud»ni – badiiyatning aniq, bir farzandini dunyoga keltiradilar. Bu jarayonni qismlarga bo‘lib tekshirish g‘oyatda qiziqarli va dolzarbdir.
Demak, adabiyot haqidagi tushuncha va mushohadalar to‘liq bo‘lishi uchun aniq badiiy asarning tahlilini zaruratga aylantiradi; ana shu asos badiiylikning qonuniyatlarini yanada ravshanlashtiradi, badiiy ijodning biz hozirgacha e’tibor qilmagan mag‘izli xususiyatlarini ayonlashtiradi.
Bularning birlamchisi badiiy asar (dunyodagi hamma narsa)da tashqi va ichki hayotning mavjudligi va ular o‘rtasidagi vobastalikning uzviy aloqasidir.
«Adabiy asarning joni – uning mazmuni, lekin bu jonning jon bo‘lishi uchun jasad ham kerak. Jonni jasadsiz tasavvur qilish mumkin emas» (A. Qaxxor).

Download 89.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling