2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja
Download 89.26 Kb.
|
2-mavzu
Xarakterlilik, ya’ni biror hodisaning mohiyatini to‘la ifoda etib bera olish xususiyati har bir badiiy asarning mazmunini badiiy g‘oyaga aylantiruvchi kuchli quroldir. Feodal hukmronlarning xalqqa cheksiz jabri, odamni qul hisoblashi, xalqning turli tabaqalari (qipchoqlar va qorachoponlar) orasidagi ittifoqsizlik va bundan foydalanishga intilishlari, ota-onaning farzandlar taqdiriga zo‘rlik bilan aralashuvi, xalqning mustamlaka qulligiga tushishni istamasligi XIX asrning xarakterli xususiyatlaridir. Badiiy g‘oya – muallifning tasvir predmetiga m unosabatini yorqin ifoda etuvchi g‘oyadir. Bunday g‘oya yozuvchining hislarini ifoda etgani va shu hislarni o‘quvchiga ham yuqtira olgani uchun emotsional (ta’sirchan) kuchga ega bo‘ladi. Darhaqiqat, “O‘tgan kunlar” muallifi romanda tasvirlangan har bir kishiga nisbatan qanday munosabatda bo‘lsa, o‘quvchilarda ham ularga ana shunday munosabat tug‘dira oladi. Badiiy g‘oya – bo‘rttirilgan g‘oyadir. XIX asr hayotida feodal tuzumning chiriganini va bolalarni ota-ona orzusi bilan zo‘rlab uylantirish odatining halokatli ekanini tushungan kishilar juda kam bo‘lgan. Ammo Abdulla Qodiriy o‘z diqqatini xuddi shunday kishilarga qaratadi, ularning fazilatlari va fojiali hayotini bo‘rttirib ko‘rsatadi. Feodal davrni “tariximizning eng kir, qora kunlari“ tarzida tushunishning o‘zi hayotning mohiyatini chuqur anglash va bo‘rttirib ifoda etish natijasidir. Bo‘rttirilganlik, ayniqsa, Otabek obrazida yaqqol namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, badiiy asardagi g‘oya turmush hodisalari ustidan chiqariladigan oddiy mantiqiy xulosa emas, balki hayotni bevosita mushohada qilish, sinchiklab tadqiq etish va obrazli, emotsional ifodalash yakunidir. Bu yakun adabiy asar “tanasi“ning har bir hujayrasiga singib ketgan bo‘ladi. Shu sababli badiiy asardagi g‘oyani faqat bu asarning butun obrazli mazmuni orqaligina anglash mumkin. Badiiy g‘oya va g‘oyaviy mazmun. Adabiy asarning bosh g‘oyasi juda m uhim bo‘lishi mumkin, ammo bu asosiy g‘oya badiiy asardagi butun “g‘oyalar xazinasi“ni to ‘la ifoda etolmaydi. Darhaqiqat, “O‘tgan kunlar” romanida davr xususiyatlari va davr kishilari hayotiga oid juda ko‘p g‘oyalar ifoda etiladi. “Tariximizning eng kir, qora kunlari“ tezisi faqat feodal davr dahshatlarini (masalan, qorachoponlar va qipchoqlar orasidagi noittifoqlik, ota-ona zulmi yoki Azizbekning Toshkent aholisiga jabrini) tasvirlash bilangina cheklanmaydi. Biz feodallarning xudbinligini va hokimiyat uchun shafqatsiz kurashining guvohi bo‘lamiz. (Bu jihatdan, masalan, Musulmonqul obrazi juda ham xarakterlidir.) Bir butun xalqning turli qatlam va qabilalari orasidagi noittifoqlikning zarari bizga qipchoqlar va qorachoponlar orasidagi nizodan, bu nizoning feodal hukmronlar manfaatiga xizmat etayotganidan ma’lum bo‘ladi. Biz shunday dahshatli zulm sharoitida hayotning yorug‘ tomonlari mavjudligiga ham guvoh bo‘lamiz: Yusufbek hoji, Otabek, Mirzakarim qutidor, Kumush, Hasanali, Normuhammad qushbegi shu hayotdagi ijobiy kuchlami mujassamlantiradilar. Yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash oilaviy muhitda ham davom etadi: o‘z shaxsiy nafsi uchun kurashuvchi Homid va sofdil yigit Otabek romanda hayotning ikki – qora va yorug‘ tomoni tarzida kurashadilar va bu kurashda yorug‘lik ma’naviy jihatdan ustun keladi. Feodal tuzum davridagi zulmning oilaviy muhitdagi fojiali oqibatlari haqidagi g‘oyaning ifodasi sifatida Kumush bilan Otabekning go‘zal va hazin hayoti ko‘z oldimizdan o‘tadi. Yusufbek va Otabekning o‘z xalqiga jonkuyarligi, Kumushning oqilaligi, go‘zalligi va muhabbatda sadoqati yozuvchining haqiqiy inson haqidagi orzularining ramzi bo‘lib xizmat qiladi. Mana shu qisqacha sanoq ham har bir badiiy asarning mazmuni katta bir g‘oyalar olami ekanini tushunish uchun yetarlidir. Badiiy asardagi xilma-xil g‘oyalar majmuasi asarning g‘oyaviy mazmunini tashkil etadi.
Download 89.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling