2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja


Download 89.26 Kb.
bet3/10
Sana09.05.2023
Hajmi89.26 Kb.
#1447884
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2-mavzu

Badiiy g‘oya. Badiiy asarda yozuvchi ifodalagan asosiy fikr, tasvir predmetiga bergan bahosi “asarning g‘oyasi“ deb ataladi. Yuqorida qayd etilganidek, “O‘tgan kunlar”ning g‘oyalaridan biri – o‘zbek xalqining tarixidagi feodal o‘tmishni, aniqroq aytganda, XIX asrda hukmron bo‘lgan ijtimoiy tuzumni, u vaqtdagi urug‘chilik va qabilaviy nizolarni “tariximizning eng kir, qora kunlari“ tarzida ko‘rsatishdir. Agar biz “O‘tgan kunlar” romani g‘oyalaridan biri haqida shu aytilganlar bilan cheklansak, xato qilgan bo‘lamiz. Chunki XIX asrda Turkistonda hukmron bo‘lgan feodal tuzumga berilgan bunday bahoni tarixchilar tomonidan shu davrga bag‘ishlab yozilgan har qanday asardan topishimiz mumkin. “Tariximizning eng kir, qora kunlari tezisi “O‘tgan kunlar” romani mazmunining mantiqiy tafakkur tiliga ko‘chirilishidir; bu holda esa badiiy asarning g‘oyasi oddiy g‘oyaga aylanadi. Yuqorida biz Otabekni mustamlakachilikka qarshi jangda halok bo‘lgan vatanparvar tarzida talqin etdikki, bu ham asar g‘oyalaridan birini oddiy badiiy g‘oyaga aylantirislmmg yaqqol misolidir. Ammo shuni unutmaslik kerakki, badiiy asar g‘oyasi oddiy g‘ovalardan tamoman farq etadi. Agar asar oddiy mantiqiy g‘oyalarning illustratsiyasi (tasviri) bo‘lsa, bunday asarni yozish juda ham oson ish bo‘lib qolar edi. Badiiy asarda g‘ova tasvir etilgan kishilarning ruhiyati, taqdiri, voqealar va narsalarning mohiyati ichiga shunchalik singib ketadiki. bu g‘ovaga muallif tomonidan ishora qilinmagan holda ham, o‘zimiz o‘sha muallif chiqargan xulosaga kelamiz. “O‘tgan kunlar”ning so‘z boshisida asarning asosiy g‘oyalaridan biriga ishora qilingan bo‘lsa, “Mehrobdan chayon“da bunday ishora yo‘q, ammo, baribir, biz Abdulla Qodiriyning so‘nggi Qo‘qon xonlari davridagi hayotga bergan bahosini payqab olamiz. Badiiy asardagi g‘oya san’at asarining mazmuniga asos bo‘lgan umumlashtiruvchi, emotsional obrazli fikrdir. Oddiy g‘ovalardan farqli o‘laroq, adabiy asardagi g‘oya “badiiy g‘oya” deb ataladi. Badiiy g‘oya obrazli fikrdir. U faqat obyektiv tasvir etilgan hayot manzarasi, kishilar taqdiri, voqealar mantiqi va mohiyatidan kelib chiqadi. Biz “O‘tgan kunlar”da XIX asrdagi o‘zbek xalqi hayotining keng va haqqoniy manzarasini ko‘ramiz: Otabek, Yusufbek hoji, Kumush va boshqalar orqali oddiy sarbon va shohi to‘quvchidan tortib, xon saroyidagi amaldorlargacha bo‘lgan xalqning hamma tabaqalari ko‘z oldimizdan o‘tadi. Biz faqat shu hayot manzarasini yozuvchi bilan birgalikda bevosita mushohada etish natijasidagina feodal o‘tmishning “eng kir, qora“ kunlar bo‘lgani haqidagi haqiqatga yetamiz, romanning bosh g‘oyasi vatanparvarlikka da’vat ekanini fahmlaymiz. Hayotiylik, obrazlilik badiiy asar g‘oyasining juda zaruriy, muqarrar xususiyatidir. Badiiy g‘oyaning yana bir xususiyati uning umumlashtiruvchiligidir. Badiiy g‘oya hayotdagi hodisa va kishilarni tipiklashtirib, individuallashtirib ifoda etadi. Badiiy g oya hayotdagi hamma hodisa va kishilarni ko‘rsatish yo‘li bilan emas, balki bu hodisa va kishilarning eng muhim xususiyatlarini tasvirlash orqali ifodalanadi. Otabek, Yusufbek hoji, Kumush, Homid, Musulmonqul, Azizbek, O‘zbek oyim va boshqalar XIX asr kishilari orasida eng xarakterli, ya’ni shu davrning mohiyatini yorqin ifoda etuvchi kishilardirlar.

Download 89.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling