2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja
Download 89.26 Kb.
|
2-mavzu
Hayotiy mazmun. Badiiy asarning mazmuni bosh g‘oya bilan ham, hamma “g‘oyalar xazinasi“ bilan ham cheklanmaydi. Har bir badiiy asar hayotning katta yo kichik umumlashtirilgan manzarasidir. Hayotda esa g‘oyalar alohida yashamaydi, ular turm ushning murakkab jarayonida o‘z ifodasini topadi. Shu sababli adabiy asarning mazmunida uning g‘oyaviy mazmunidan tashqari hayotiy mazmun ham bor. Yana ham to‘g‘rirog‘i, badiiy adabiyotda g‘oyaviy mazmun hayotiy mazmun doirasi ichida yashaydi. “O‘tgan kunlar”da biz mustaqillik uchun kurash g‘oyasining hayotda azaliy va abadiy hodisaga – yaxshilik bilan yomonlikning kurashiga doir mo‘l “material daryosi“ ichida “g‘arq bo‘lib ketgani“ ning guvohi bo‘lamiz: avval Otabek bilan Homid, keyin Kumush bilan Zaynab orasidagi kurash manzaralari roman matnidan shunchalik ko‘p joy oladi. Shuningdek, romanda biz bir xalqning turli tabaqalari orasidagi noittifoqlikning turli ko‘rinishlari, ota-ona orzusiga bo‘ysunish, karvonsaroydagi muhit, qutidor va Usta Olim kabi ko‘pgina kishilarning oilaviy hayoti, Qo‘qon xoni saroyidagi, Marg‘ilon va Toshkent hokimlari o‘rtasidagi tartiblar, Toshkentda bek zulmiga qarshi bosh ko‘targan aholining ahvoli, Yusufbek hoji xonadonidagi munosabatlar va hokazolar bilan tanishamiz. Kumush va Otabek to‘yining batafsil tasviri xalqimizning XIX asrdagi hayotining eng go‘zal tom onlari bilan tanishtiradi. Xullas, “O‘tgan kunlar” romanining muallifi bizga zamona hayotining keng manzarasini berishga harakat etadi. Bu manzara romanning hayotiy mazmunini tashkil qiladi. Asarning hayotiy mazmunini kengaytirishga yozuvchilar ongli ravishda intiladilar. Chunki hayotning butun manzarasini hamma zaruriy tafsilotlar orqali tasvirlash asardagi g‘oyaviy niyatni badiiy g‘oyaga aylantirishga, demak, asarni ishonarli va ta’sirchan qilishga imkon beradi. Zamonaviy asar mazmunining abadiyati. “O‘tgan kunlar”romanida XIX asr, uning voqealari va kishilari tasvirlangan. Romanning asosini tashkil etgan uch sujet chizig‘i – feodal tuzum davridagi zulm va noittifoqlik, “odat“ va vatanparvarlik bilan bog‘liq voqealar o‘sha, XIX asrga mansubdir. Bu asr esa allaqachon o‘tib ketgan. Ammo “O‘tgan kunlar” romani bugun ham o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otadi. Buning sababi nima? Buning sababi har bir odamning o‘tm ish davrlar hayotini bilishga qiziqishigina emas. Buning sababi romanda tasvirlangan hayot manzarasining bugungi kun uchun ma’rifiy va estetik ahamiyatga egaligidir. “O‘tgan kunlar”da hayot tasviri yaxshilik bilan yomonlikning kurashi tarzida ifoda etiladi. Yaxshilik bilan yomonlikning kurashi esa hayotning azaliy va abadiy qonunidir. Shuningdek, Abdulla Qodiriy feodal tuzumning eskirgani va nobopligini fosh etar ekan, unda adolatning poymol etilganini ko‘rsatadi, xalqning va uning eng yaxshi vakillari (masalan, Yusulbek hoji, Otabek)ning adolat uchun kurashini ma’qullaydi, hatto feodal tuzumning cho‘qqisida turgan xon uchun ham adolat zarur va go‘zal narsa ekanini ko‘rsatadi. Xudoyorxon Kumushning arzini eshitishni zarur topadi. Shu suhbatdan so‘ng Otabek va Qutidorni o‘lim jazosidan ozod qiladi. (Ammo uning buyrug‘i Musulmonqul ig‘vosi natijasida amalga oshmay qoladi.) Abdulla Qodiriy “ota-ona orzusi“ deb atalmish odatning halokatli oqibatini tasvirlar ekan, bu bilan umuman insonning baxtini himoya etadi. Abdulla Qodiriy Yusufbek va Otabek obrazlari orqali xalqparvarlik va vatanparvarlikni olyijanob fazilatlar sifatida madh etar ekan, umuman inson hayotida bu ijobiy xislatlarning katta roli borligini tasdiq etadi. Abdulla Qodiriy tomonidan madh etilgan bu umuminsoniy fazilatlarning hammasi faqat XIX asr kishilari uchungina emas va faqat “O‘tgan kunlar” yaratilgan XX asr kishilari uchungina emas, hamma zamon kishilari uchun barobar qimmatga egadir. Adabiy asar mazmunining ana shu umuminsoniy xususiyati unga abadiyat baxsh etadi. Shu bilan birga, bu umuminsoniy fazilatlar har bir asarda tasvir etilayotgan zamon kishilarining ruhiyatini, ichki dunyosini yoritish orqali ifoda etiladi, odam psixikasi esa kam o‘zgaruvchan hodisadir. Shuning natijasida uzoq o‘tmishdagi kishilar taqdiri yangi zam on kishilari uchun doimo qiziqarli bo‘lib qoladi. Bu hol ham adabiy asarning umrboqiyligini ta’minlovchi omillardan biridir.
Download 89.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling