2-mavzu: adabiy asarda mavzu, G‘oya, sujet va kompozitsiya reja
Download 89.26 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Personaj nutqi
Portret va peyzaj. “O‘tgan kunlar” romani, yuqorida aytilganidek, Otabekning karvonsaroydagi hujrasinigina emas, balki uning tashqi qiyofasini ham tasvirlashdan boshlanadi. Kishilaming asarda badiiy so‘z vositasida chizilgan tashqi qiyofasi portret deb ataladi. Portretga yana qahramonning gap ohangi, o‘ziga xos qiliqlari va turli ruhiy holatlar munosabati bilan uning yuzida bo‘ladigan o‘zgarishlar (mimika) ham kiradi. Keyingi sifatlarni Adabiy asarlarning ba’zilarida tasvirlangan asosiy voqeadan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin sodir bo‘ladigan, asarning mazmunini to‘ldiradigan voqealar tasvir etiladi. Bunday tasvir “epilog“ deb ataladi. (Epilog lotincha “oxirgi so‘z“ demakdir. Biz Otabekning bundan keyingi tasviridan bilib olamiz va ko‘z oldimizda “O‘tgan kunlar” romani qahramonlaridan birining portreti paydo bo‘ladi.
Personaj nutqi. Badiiy asarda turli-tuman personajlar qatnashar ekan, albatta, ularning har biriga xos nutq ham yaratilishi kerak. Bu nutq tipikligi va individualligi, obrazliligi bilan har bir shaxsning dunyoqarashini, tajribasini, xulq-atvorini, ma’naviyatini, salohiyatini, boring-chi, butun borlig’ini mubolag’ali va ishonchli qilib ochib berishi-ko’rsatishi lozim. Chunki har bir odamning nutqida uning bo’yi-basti(ruhiy kayfiyati, his-tuyg’ulari ham) aks etadi, shuning uchun ham so’z-xarakter ko’zgusi sanaladi. Personaj nutqi dialog va monolog vositasida voqye bo’ladi. Dialog(lat.dialogos-ikki kishi o’rtasidagi so’zlashuv) – ikki yoki undan ortiq personajlar o’rtasidagi nutq shaklidir. U asarda har bir qahramonning xarakterini, ruhiyatini, o’y-orzularini ifodalaydi, o’zining jo’shqinligi, ma’nodorligi qisqaligi va ixchamligi bilan diqqatni jalb etadi: Siz... qochqoqsiz, - dedi Siz... Men? Siz quvloqsiz. - Ajab qilaman, dedi Kumush va shapalog’i bilan erining yuziga sekingina urib qo’ydi. Bu yoqqa ham... U yoqqa Zaynab ursin. Zaynabni... urishga haqqi yo’q. Kumushning ko’zida haligacha ko’rinmagan bir shodlik o’ynaydi: To’g’ri aytasizmi? To’g’ri aytamanh - Mana bo’lmasa, - dedi Kumush. Otabekning ikkinchi yuzini silagandek qilib qo’ydi. Yana kulumsirashib, termulishib qoldilar... (322-bet). Ushbu dialog qa’rida qahramonlarning shu paytgacha tortgan iztiroblariyu azoblari, ahdu paymonlarga sodiqliklari, sevgi-muhabbat tuyg’usining hayajoni judayam qabariqli va qisqa tarzda, dilbar ko’rinishda ifodasini topgan. Shuning bir qirrasini ko’raylik: Kumush “U yoqqa Zaynab ursin” deganida, Otabek “Zaynabning... urishka haqqi yo’q” javobini aytadi. Bu bilan Kumush muhabbatiga hamon oshnoligini, o’sha bilan yashayotganini, uni hyech vaqt unutmaganini, Zaynabga nisbatan “tirik haykal”ligini... bildiradi, xarakterining sobitligini isbotlaydi, qalbidagi hokim tuyg’uning haroratini uzatadi. ha, badiiy dialog holatni, o’y-xayolni talqin qilmog’i - uning ochiq mazmunidan yashirin mohiyati sari borishga kitobxonni “majbur” qilishi – bosh talabdir. Download 89.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling