Yaratilgan sanasi: Mon, 1 Sep 2023 09: 40: 53 +0500 Page 1-savol
-savol: Yaratilgan sanasi: Mon, 11 Sep 2023 09:40:53 +0500
Download 55.72 Kb. Pdf ko'rish
|
OTMlardagi "Zakovat" to‘garagi (29.05.2023)
12-savol:
Yaratilgan sanasi: Mon, 11 Sep 2023 09:40:53 +0500 Page 4 Diqqat bilan eshitinglar, hozirgi savol matnida bir so‘z tushirib o‘qiladi. “Alibaba” kompaniyasining asoschisi xitoylik milliarder Jek Ma muvaffaqiyatga bo‘lgan yo‘li to‘g‘risida gapirar ekan, bir xatosini eslab o‘tadi. Bunday deyishiga kompaniya nomi ham muhim rol o‘ynagan. Savol: Yuqoridagi gapda tushirib qoldirilgan bir so‘zni yozib bering. Javob:Ming. Izoh: Uning muvaffaqiyatga bo‘lgan yo‘li oson bo‘lmagan. Kompaniyasining nomi mashhur “1001 kecha” ertaklar to‘plamiga kiruvchi “Alibobo va 40 qaroqchi” ertagi boshqa qahramoni ismi bilan bir xil. 13-savol: 732-yilda arablar va xazar xoqonligi o‘rtasidagi urushda arablarning qo‘mondoni Mervan bir maqsadda o‘zlaridagi barcha otlarning dumini keshishga buyruq bergan. Bu urush “U” deb ham atalgan. Amir Temur va Ilyosxo‘ja o‘rtasidagi jang ham “U” deb nom olgan. Savol: Uni 2 so‘z bilan yozib bering. Javob:Loy janggi. Izoh: Loy otlarning dumiga yopishib, ularning harakatlanishini sekinlatgan. Shu sababli qo‘mondon otlarning dumini kesishga buyruq bergan. Manba: https://tatarica.org/ru/razdely/istoriya/srednie-veka/znachimye-sobytiya/arabo-hazarskie-vojny 14-savol: Yaponiyada “Matsudzakaya” firmasi birinchilardan boʻlib oʻz mijozlariga magazinga kirishda BU ISHNI QILMASLIKKA ruxsat bergan. Shotlandiyalik zarbli musiqa asboblarini chaluvchi Evelin Glenni musiqani his qilish uchun, aksincha, doimo BU ISHNI QILADI. Bunga uning bir kamchiligi sabab sifatida aytiladi. Savol: Ushbu kamchilikni yozib bering. Javob:Karlik / Eshitmaslik. Izoh: Bu yapon firmasining magazinlarida mijozlardan oyoq kiyimlarini yechishni talab qilish toʻxtatilgan. Evelin Glenni eshitish bilan muammosi boʻlib, poldagi vibratsiyadan musiqani yaxshi his qilishi uchun oyoq kiyimini yechib oladi. Manba: Jurnal "Vokrug sveta", 2006, N 3, s.94. Kanal "Kultura", 2005, 15-dekabrya, programma "Novosti kulturы". 15-savol: 1929-yil 1-dekabrda Minsk shahrida erkaklar uchun 4 oylik o‘quv kursi tashkil qilingan. O‘quv kursida quyidagilar o‘rgatilgan: belarus tili, mexanika asoslari, elektrotexnika va boshlang‘ich kimyo, ot boqish, birinchi tibbiy yordam, sug‘urta ishi. Savol: Bunday kurslarda kimlar tayyorlangan? Javob:O‘t o‘chiruvchilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling